К содержанию
РецензированоUZ2025

ATOIY DEVONIDA ETNONIMLARNING QO`LLANILISHI

Nasillayeva Muxlisa Murodullo qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article analyzes the ethnonyms found in Atoiy’s Devon. The ethnic names occurring in the work are associated with various peoples and tribes, and their lexical-semantic and artistic-aesthetic functions are highlighted. The usage style and peculiarities of ethnonyms in the poet’s works are explored, and Atoiy’s poetic mastery in employing these ethnic elements is revealed. Keywords: Atoiy, Divan, ethnonym, lexical analysis, artistry, ethnic name, artistic image. Аннотация. В данной статье анализируются этнонимы, встречающиеся в диване Атоия. Этнические названия, представленные в сборнике, связаны с различными народами и племенами; раскрываются их лексико-семантические и художественно- эстетические функции. В статье рассматриваются особенности использования этнонимов в творчестве поэта, а также раскрывается поэтическое мастерство Атоия в их применении. Ключевые слова: Атоий, диван, этноним, лексический анализ, художественность, название народа, художественный образ. Kirish. Billamizki, Sharq mumtoz adabiyotida millat, xalq va etniklik masalalari badiiy tafakkurda oʻziga xos ko`rinishda ifoda topgan. Huddi shunday, turkiy adabiyotda shoirlar tomonidan qoʻllanilgan etnonimlar asarning tarixiy-madaniy manzarasini ochishda asosiy vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi. Shu kabi leksik birliklar orqali adiblar oʻz davrining etnik tarkibi, ijtimoiy tuzilmasi va madaniy qarashlarini badiiy talqinda ifoda etganlar. XIV asrda ijod etgan, Temuriylar davri adabiyotining yetuk namoyondasi bo`lmish Atoiy ijodida ham etnonimlar alohida e’tiborga loyiqdir. Uning devonida uchraydigan xalq nomlari -shoirning davr ruhini anglash, uning dunyoqarashi va tarixiy ongini tahlil qilishda muhim manba hisoblanadi. Bu maqolada Atoiy devonida ishlatilgan etnonimlar leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning badiiy-estetik vazifalari yoritiladi. Atoiy devonida uchraydigan etnonimlar shoirning obrazlar tizimida muhim semantik ma`no kasb etadi. Bu turdagi birliklar, ko‘pincha, majoziy va ijtimoiy-ma’naviy jihatni kengaytirishda vosita sifatida xizmat qiladi. Quyida shoir foydalanilgan asosiy etnonimlar asosida ayrim baytlar tahlil qilinadi. “Turk” so`zi etnonim sifatida qadimdan qo`llanilgan bo`lib, o`zbek xalqi ham turk deb nomlangan. O`rta va Markaziy Osiyo dagi barcha turkiy xalqlar turklar deb yuritilgan. 1 56 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bu nomning kelib chiqishi haqida ko`plab ma’lumotlar keltirilgan bo`lib, jahon olimlari izlanishlarida ham turkiylar haqida yetarlicha ma’lumot uchraydi. Xususan, xitoy yilnomlarida turk atamasi tukyu yoki tugyu deb keltirilgan. Ko`plab olimlar bu atamaning ma’nosini izohlashga harakat qilganlar. Jumladan, turk atamasi yaratish, inson (H.Vamberi), kuch, qudrat (Y.Nemet), qabilalar harbiy uyushmasi (V.V.Bartold) kabi ma’no anglatishi haqida qarashlar yuzaga kelgan. Shunday qilib, turk so‘zi o‘tmishda urug‘, elat, kuchli, qudratli, botir, jasur, qo`rqmas; alohida jangchilar guruhi, qurolsozlar, dubulg`a, sodda, turk xoqonligini tashkil qilgan, siyosiy jihatdan uyushgan, harbiy jihatdan qudratli qabilalar ittifoqi ma’nolarini anglatgan. [6. 6] Quyidagi baytda turk etnonimi go‘zal qiyofasi bilan oshiq qalbini zabt etuvchi obraz sifatida ishlatilgan. Shoirning ko‘nglini zabt etgan bu go‘zallik egasi “turk ekoch” deb ta’riflangan - bu esa nafaqat tashqi chiroy, balki aqlli va tadbirkor fe’l-atvorni ham anglatadi. O‘zni o‘lturmak musulmonlikdin ermastur, vale, Men o‘zumni o‘lturay sen turki kofirkesh uchun. [5.164] Keyingi baytda “turki kofirkesh” birikmasi kuchli majoziy yuklama bilan ifodalangan. Shoir islomiy aqida asosida joniga qasd qilish harom ekanini bilgan holda, turk go‘zali uchun o‘z jonini qurbon qilishga tayyorligini ifodalaydi. Bu yerda “kofirkesh” (kofirlarni ham o‘ziga rom qiluvchi) tarzida ishlatilgan etnonim go‘zalning ta’sir kuchini yuksak darajada ifodalaydi. Usruk ko‘zung karashmada har lahza qon to‘kar, Ey turki shergir, ne maydon suvorisen. [5.179] Endi Atoiy turk etnonimini shergir so`zi bilan bog`laydi. Baytda “turki shergir” birikmasi go‘zalni sherga qiyoslash, jasorat va go‘zallikni birlashtirish orqali kuchli obraz yaratgan. Yorning ko`zlari karashma qilib har lahza oshiqlar qonini to`kadi, buni ko`rgan shiq esa, yorni sherga o`xshatadi. Shoir “maydon suvorisi” deyish orqali yorning qon to`kishini jang maydonidagi suvoriyga o‘xshatadi. Turk etnonimi bu yerda jasorat va go‘zallik uyg‘unligining timsolidir. Chinu Mochinu Xo‘tanda ko‘zlaringtek rahmsiz, Bexato qon to‘kkuchi bir turki yag‘mo ko‘rmaduk. [5.127] Ushbu baytda turk etnonimi yag`mo so`zi bilan birgalikda qo`llaniladi. Yag`mo so`zi “Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati”da ikki ma’noda keltiriladi: birinchi ma’nosi-talon-taroj, g`arotgarlik, buzg`unchilik, ikkinchisi-qabila nomi.[3.602] Shoir ko‘zning rahmsizligi va jozibadorligini tarixiy tajovuzkor elatlar qiyosida tasvirlaydi. “Yag‘mo” so‘zi esa bu

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the ethnonyms found in Atoiy’s Devon.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the ethnonyms found in Atoiy’s Devon. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Atoiy, Divan, ethnonym, lexical analysis, artistry, ethnic name, artistic image, devon, badiiy obraz., leksik tahlil, xalq nomi, badiiylik, etnonim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники