К содержанию
РецензированоUZ2025

ARAB MATBUOTI SARLAVHALARINING IFODA SHAKLLARI VA ULARNING O‘ZBEK TILIDAGI MAZMUNIY TALQINI

Ibrohimov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations. This article also provides the dictionary meanings of some words that will help the reader to improve his translation skills. The cited article contributes to the development of translation studies in Uzbekistan to a certain extent. Key words: Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern technology, dictionary meanings. Mustaqillikka erishilgach, respublikamizda xorijiy tillarni o‘rganish va tarjimashunoslik sohalariga jiddiy e’tibor qaratilib, soha rivoji yo’lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning takomillashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 19-mayda chiqarilgan PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari tog‘risida”gi1 qarori muhim ahamiyat kasb etdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi roli va obro‘si tobora rivojlanib borishi natijasida arab mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, kimyo- texnologiya, diniy-ma’rifiy va shuningdek, bir qator sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik ko‘lami kengayib bordi. Mamlakatimiz ko‘plab arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish ustida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa bugungi kun arab tilshunosligi va tarjimashunosligi tadqiqotchilari zimmasiga muhim mas’uliyat yuklaydi. 1 https://lex.uz/docs/-5426736 1 54 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu keng ko‘lamli diplomatik munosabatlar arab tarjimashunosligi rivoji uchun muhim rol o‘ynamoqda. Bu esa tadqiqotchilar oldida arab ommaviy axborot vositalari uslubiyatining o‘ziga xosligi va uning arab-o‘zbek tillari chog’ishtirma tarjimashunosligi va tilshunosligidagi talqinini o‘rganishdek ustuvor vazifa kasb etmoqda. Maqolada arab ommaviy axborot vositalari maqola sarlavhalarining ifodalanishi va uning o‘zbek tilidagi talqini borasida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu maqola Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2020-yil 29-oktabrdagi 6097-sonli Prezident farmoni2 ijrosini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarida matn va sarlavha uyg’unligi muhim hisoblanadi. Matnni idrok qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayondir. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning 80 foizi faqat sarlavhalarga e’tibor berishadi. O‘quvchi birinchi bo‘lib sarlavhaga murojaat qiladi, gazeta matnining samaradorligi ko‘p jihatdan uning sarlavhasi bilan belgilanadi, ma’lumki, mohirona nashr etilgan sarlavha yordamida, ya’ni aniq risola yordamida ishontirish osonroq bo‘ladi. Shu sababli, jurnalist uchun, nashr uchun sarlavha tanlash juda muhimdir. Umuman olganda, bitta jumlada nafaqat maqolaning asosiy mazmunini yetkazish, balki o‘quvchini jalb qilish va qiziqtirish kerak. Shuning uchun avvalo sarlavhalar arab matbuot tizimida qanday qo‘llanilishi va unga qo‘yiladigan talablarning ba’zilariga to‘xtalib o‘tsak. Birinchidan, sarlavha maqola mavzusi va mazmuniga mos bo‘lishi zarur. Ikkinchidan, sarlavha juda ham uzun bo‘lmay, bir necha so‘zlar bilan maqola mazmunini ochib bera olishi kerak, uchinchidan, matn uchun tanlangan sarlavhada – o‘quvchi e’tiborini tortish uchun – jozibadorlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Ruhshunoslarning izlanishlariga ko‘ra, retsipientning qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan o‘ziga xos mexanizm mavjud. Bu mexanizm katta hajmdagi matnni uni qisqa shaklga kiritgan holda qabul qilishga yordam beradi. Bu mexanizm yordamida qisqa matnni o‘zlashtirish jarayonida keng ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu hodisa inter va introsensor ma’no ko‘chishi mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, nutqiy faoliyat yordamida olinayotgan ma’lumotni oldindan bilishga yordam beradi. L.M.Murzin matn kompessiyasi haqida ta’kidlashicha: “Qisqartirilgan va qisqartirilmagan matn bir xil ma’noni kashf etadi.” Arab ommaviy axboroti vositalarida ham ushbu talablardan kelib chiqib sarlavha tanlanadi. Quyida ularga ba’zi misollar ko‘rib chiqamiz, Saudiya Arabistonining «An- Nahar News» gazetasida «O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri3. Ushbu xabar arab OAVda 4 عم تاضوافملا تهنأ ناتسكبزوأ ةيملاعلا ةراجتلا ةمظنم ةيوضع نأشب ةكلمملا deb keltiriladi. Arabcha sarlavhadagi “ةكلمملا” so’zi ko’proq saudiyalik o’quvchiga yo’naltirilgani bois, o’zbekcha tarjimasida mamlakat nomi to’liq (Saudiya Arabistoni) keltirib o’tilgan. 2 https://lex.uz/docs/5073447 3 https://dunyo.info/uz/mir-ob-uzbekistane/ozbekiston-va-saudiya-arabistoni-mamlakatimizning-zhahon-savdo- tashkil 4 https://www.annahar-news.com/news/single/4605 1 54 6 Internatio

Доказательный фрагмент

«This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides examples of article titles in the Arabic media, as well as their Uzbek translations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arabic language, Uzbek language, article, title, preface, mass media, modern, so‘zboshi, maqola, arab tili, zamonaviy texnologiya, lug‘aviy ma’nolar., ommaviy axborot vositalari, sarlavha, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники