К содержанию
РецензированоUZ2026

LINGVISTIKADA AMALIY TILSHUNOSLIK FANINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Dehqonboyeva M.Q · Ilmiy rahbar: Xakimbayeva O.К

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada lingvistikada amaliy tilshunoslik tushunchasi, uning shakllanishi, asosiy yo'nalishlari, nazariy tilshunoslik bilan bog'liqligi hamda ularning farqlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada amaliy tilshunoslikning tarjima, lug'at tuzish, sun'iy intellekt kabi sohalardagi ahamiyati va uni o'rganish talabalar uchun qanday foydali ekani tushuntirib berilgan. Kalit so‘zlar: lingvistika, amaliy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, Mashinaviy tarjima dasturlari, ovozli yordamchilar, chatbotlar, nutqni avtomatik tanish tizimlari. Inson hayotida til asosiy vosita sifatida o‘rin tutadi, u orqali biz fikrlaymiz, his- tuyg‘ularimizni ifodalaymiz, bilim olamiz va boshqalar bilan muloqot qilamiz. Shu bois tilshunoslik fani har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Tilshunoslik tilning kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi va ishlatilishini o‘rganadi. Ammo tilshunoslik birgina yo‘nalishdan iborat emas, u ikki katta bo‘limga ajraladi: nazariy tilshunoslik va amaliy tilshunoslik. Bu ikki yo‘nalish bir-birini to‘ldiradi, ular birgalikda tilni chuqur tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Nazariy tilshunoslik tilning umumiy qonuniyatlari, ichki tuzilishi, til tizimlari va asosiy tushunchalarini o‘rganadi. Bu yo‘nalishda fonetika, morfologiya, sintaksis, semantika, stilistika kabi asosiy bo‘limlar mavjud. Nazariy tilshunoslik yordamida tilning qanday shakllanganini, qanday ishlashini tushunamiz, umumiy qoidalarni ishlab chiqamiz va til hodisalarini tushuntirishga harakat qilamiz. Amaliy tilshunoslik esa nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini o‘rganuvchi fandir. Agar nazariy tilshunoslik grammatik qoidalarni ishlab chiqsa, amaliy tilshunoslik ularni dars o‘tishda, tarjima jarayonida yoki matn tahlilida qanday ishlatishni o‘rgatadi. Shunday qilib, nazariya – poydevor, amaliyot esa shu poydevor ustida barpo etiladigan bino hisoblanadi. Bu ikki yo‘nalish alohida emas, balki bir-biriga chambarchas bog‘langan. Nazariy tadqiqotlar amaliy ishlar uchun asos bo‘lsa, amaliy tajribalar nazariy tushunchalarni boyitadi va yangilaydi. Masalan, nazariyada ishlab chiqilgan qoidalar ~ 69 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tarjima jarayonida duch keladigan muammolarni yechishda amaliy sinovdan o‘tkaziladi. Shu sababli ularni uyg‘un holda ko‘rish va tushunish tilshunoslik fanini to‘liq tushunishga yordam beradi. Nazariy va amaliy tilshunoslikning umumiy maqsadi: bir tilni o‘rganish va tushunish. Lekin ular bajaradigan vazifalar jihatidan farqlanadi: Nazariy tilshunoslik umumiy qoidalar, tushuntirishlar, ilmiy asoslarni ishlab chiqadi. Amaliy tilshunoslik esa shu nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qanday ishlatishni, amaliy muammolarni qanday hal qilishni ko‘rsatadi. Misol uchun, grammatik tushunchalar nazariy bilimga kiradi, biroq ularni darsda tushuntirish yoki tarjimada ishlatish - amaliy faoliyatdir. Amaliy tilshunoslik juda keng sohalarni qamrab oladi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Til o‘rgatish metodlari: samarali pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish, dars metodikasini yaratish. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: tarjimada yuzaga keladigan muammolarni hal qilish, kontekst asosida tarjima qilish. Fonetika: talaffuz, urg‘u, intonatsiya bilan ishlash. Pragmatika: gapning ma’nosini kontekstdan tushunish, vaziyatga mos til ishlatish. Diskurs tahlili: matn va nutqning maqsadini tushunish, uni tahlil qilish. Leksikografiya: izohli, ikki tilli, terminologik lug‘atlar yaratish, ularning amaliy qo‘llanishini tushuntirish. Texnologiyalar yordamida o‘qitish: mashinaviy tarjima, elektron lug‘atlar, sun’iy intellekt asosidagi vositalardan foydalanish. Leksikografiya – lug‘at tuzish amaliyoti amaliy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tilshunoslar izohli lugʻatlar, sinonimlar, antonimlar lug‘atlari, ikki tilli lug‘atlar yaratishda so‘zlarning to‘g‘ri izohini topish, ularning ishlatilish kontekstini belgilash uchun amaliy yondashuvlarga tayanishadi. Lug‘atlar nafaqat tarjimonlar, balki o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun ham juda muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda amaliy tilshunoslik sun’iy intellekt sohasida ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Mashinaviy tarjima dasturlari, ovozli yordamchilar, chatbotlar, nutqni avtomatik tanish tizimlarini yaratishda lingvistik bilimlar, ayniqsa, amaliy tilshunoslik asoslari kerak bo‘ladi. Tilning amaliy jihatlarini tushunmasdan, bunday texnologiyalarni yaratishning imkoni yo‘q. Amaliy tilshunoslik talabalar uchun quyidagi jihatlarda katta foyda beradi: - grammatikani faqat nazariy emas, balki amalda ham to‘g‘ri ishlatish; - talaffuz va nutq madaniyatini rivojlantirish; - tarjima ko‘nikmalarini oshirish; - matn tahlili va diskurs tushunchalarini o‘zlashtirish; - pedagogik yondashuvlarni o‘rganish; - sun’iy intellekt va texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini bilib olish. Bu fan nafaqat bilim beradi, balki talabalarni amaliy jihatdan ham tayyorlaydi, ularni mustaqil va ishonchli mutaxassis sifatid

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada lingvistikada amaliy tilshunoslik tushunchasi, uning shakllanishi, asosiy yo'nalishlari, nazariy tilshunoslik bilan bog'liqligi hamda ularning farqlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada lingvistikada amaliy tilshunoslik tushunchasi, uning shakllanishi, asosiy yo'nalishlari, nazariy tilshunoslik bilan bog'liqligi hamda ularning farqlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy tilshunoslik, Mashinaviy tarjima dasturlari, ovozli yordamchilar, lingvistika, nazariy tilshunoslik, nutqni avtomatik tanish tizimlari., chatbotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3