К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA MUZEYLAR TARIXI

O‘ZBEKISTONDA MUZEYLAR TARIXI · Annaeva Zarifa Musurmonqulovna · Madieva Maftuna Chori qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: mustaqillik, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, meros, o‘tmish, muzey, ma’rifiy. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, muzeylarga innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek, muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ-261-sonli “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bugungi kunda respublikamiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi. Respublikamizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Yangi muzeylarning tashkil etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko‘rsatib turgan barcha katta-kichik muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil 1 51 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ etish masalasiga ham alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, O‘zbekiston tarixi muzeyining qaytadan ochilishi, muzey ekspozitsiya zallarining yangi loyiha va rejalar asosida jihozlanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Barcha viloyat hududlarida joylashgan boshqa muzeylar faoliyatida ham yangilanish, yaxshilanish sari qadam qo‘yilayotgani sezilib turibdi. Chunki muzeylar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan har tomonlama rivojlangan, ma’naviy yetuk, komil inson tarbiyasida o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Muzeylarda saqlab, namoyish etilayotgan tarixiy hujjat va xalq madaniyatiga oid ashyolar yangi avlodga ajdodlari o‘tmishi, hayoti, yuksak ma’naviyatidan darak berib, uning vositasida Vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-bobolari qoldirgan madaniy merosga nisbatan hurmat, e’zoz, ularga munosib vorislar bo‘lish tuyg‘usini uyg‘otadi. Shuningdek, yoshlarni odobu axloqqa, halolligu poklikka, botirlikka, mardlik, vatanni himoya qilish, ajdodlaridek mohir, sabr-qanoatli, aqlli, adolatli, haqgo‘y, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqiradi. Madaniy merosimizni har tomonlama o‘rganish jamiyatimiz kelajagi bo‘lgan yigit va qizlarda milliy g‘ururning, milliy iftixor tuyg‘usining shakllanish jarayonini amalga oshiradi. Muzeylar faoliyatini yaqindan o‘rganish, ularning mazmun va ma’no jihatdan rang- barang turlarini ajrata bilish, xalq ommasi orasida keng targ‘ib etishning xilma-xil usullarini joriy qilish “Muzeyshunoslik” degan keng bir sohaning vazifalaridan hisoblanadi. Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi. Mazkur ziyo maskani mamlakatimizdagi keksa madaniyat muassasalardan biri bo‘lib, 1933 yili Termiz shahrida Surxondaryo tumanlararo Davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror doirasida tashkil etilgan. Muzey dastavval «Surxondaryo viloyati yutuqlar ko‘rgazmasi» deb atalgan bo‘lsa 1933 yil 7 noyabrdan boshlab «Termiz shaxridagi Surxondaryo davlat tumanlararo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida ma’lumot beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifiy., iqtisodiy, o‘tmish, madaniy, meros, siyosiy, mustaqillik, muzey
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти