К содержанию
РецензированоUZ2025

QANDLI DIABET TURLARI, ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI, KLINIK KECHISHI. QANDLI DIABET KASALLIGINI DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI

Jo`rayeva Shahrizoda Obid qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada qandli diabet to`g`risida to`liq yoritib beriladi. Qandli diabet turlari, klinik kechishi, oldini olish va davolash usullari to`g`risida ma`lumot beriladi. Qandli diabet kasalligi bilan kasallangan bemorlar nimalarga e`tibor berishlari haqida aytib o`tilgan. Kalit so`zlar: Qandli diabet (QD), giperglikemiya, glikozuriya, diyetoterapiya. Kirish: Qandli diabet me`da osti bezi gormoni bo`lib, insulinning yetarlicha ishlab chiqarilmasligiga aloqador kasallik. Qandli diabet tizimli geterogen kasallik hisoblanadi va absolyut yoki nisbiy insulin yetishmovchiligi oqibatida rivojlanadi. Bu kasallikda birinchi navbatda uglevod almashinuvining buzilishi, so`ngra moddalar almashinuvining barcha turdagi buzilishiga, oqibatida organizmning barcha funksional tizimlarini izdan chiqadi. Bunda organizmning glukozani to`plash va yondirish xususiyati yo`qoladi.shu tufayli, foydalanilmagan qand qonda yig`ilib, giperglikemiya yuz beradi. So`ngra qand qondan siydikka o`tadi va glikozuriya ro`y beradi. Me`da osti bezining yallig`lanishi ya`ni pankreatit, me`da osti bezining jarohati, asab- ruhiy buzilishi, irsiy moyillik, jismoniy-ruhiy shikastlanish, me`da osti bezi o`smasi, me`da osti bezi ateroskelerozi, zaxm, keragidan ko`p ovqat yeyish, ortiqcha semirish, yuqumli kasalliklardan so`ng vijudga keladi. Qandli diabetning 2 turi mavjud: 1-turdagi QD- genetik moyillik, virusli infeksiya, tashqi muhitning o`tkir va surunkali turli ta`sirlaridan keyin kelib chiquvchi autoimmun kasallik hisoblanadi. Me`da osti bezi beta hujayralarining tez va progressiv nobud bo`lishi tufayli insulinning mutlaq yetishmovchiligi mavjud. Yo`q qilish tezligi odatda juda tez va ko`pincha bolalar va yoshlarda kuzatiladi. Beta hujaralarning autoimmun yo`q qilishiga genetik moyillik mavjud. 1-toifa bemorlar diabetik ketoatsidozga moyil. Klinik ko`rinishi: 1-turdagi qandli diabet simptomatikasi turli bemorlarda o`zgarib turadi. 1-turdagi qandli diabetning namoyon bo`lishi 14 yoshli bolalarga to`g`ri keladi. Odatda, qandli diabetning bu turi 40 yoshgacha manifestatsiya kuzatiladi. 1-turdagi qandli diabetda klinik belgilarning yuzaga chiqishi oddiy, ya`ni insulin sekretsiyasi yetarli bo`lmay qoladi. Bemorda osmotik diurez kuzatiladi va chanqoq markazi qo`zg`alishi bilan kechadi. 2-turdagi QD- bu diabetning eng keng tarqalgan shakli bo`lib, insulin sekretsiyasining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bu qandli diabet bilan og`rigan bemorlar insulin ta`siriga chidamli bo`ladi. Qandli diabetning bu turi ko`pincha bir necha yil davomida tashxis qo`yilmaydi, chunki giperglikemiya simptomlarda namoyon bo`ladigan darajada kuchli bo`lmaydi. Klinik ko`rinishi: QDning 2- turi simptomlari 1-turga nisbatan ancha sekin rivojlanadi. QDning 2-turi bilan og`rigan bemorlarning 10 tasidan 9 tasida semizlik qayd etiladi. QDning 1- turida bo`lganidek mexnatga layoqatlilikning pasayishi kuzatilmaydi. 1 46 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ QDning bu turi bilan og`rigan bemorlar o`zlarini mutlaqo sog`lom deb hisoblashadi. Insulin miqdori doim kerakli darajada ortadi va hujayralar sezilarli energetik defitsitni his etmaydi. Glikemiyaning yuqori darajasi ko`rish o`tkirligining buzilishiga ta`sir etishi mumkin. QD ni davolashning asosiy prinsipi va maqsadi quyidagilar hisoblanadi: • insulin tanqisligini kompensatsiyalash; • gumoral-metabolik o'zgarishlarni korreksiyalash; QD ning kechki asoratlarining oldini olish va davolash. Bu tamoyillar QD ni davolashning asosiy tarkibiy qismlariga asoslanadi, ularga quyidagilar kiradi: • individual jismoniy zo'riqish, • qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari, bemorlarni o'rgatish. Parhez QD bilan hastalangan bemorlarning umrbod kompleks davo terapiyasining asosi bo'lib hisoblanadi. QDning 1- va 2-turlarida parhezga yondashish tubdan farq qiladi. QDning 2- turidagi parhezdan maqsad tana vaznini me'yorlashtirish hisoblanadi, tana vaznini me'yorlashtirish QDning 2-turini davolashning asosiy tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Dietoterapiyasiz har qanday davoning samarasi past bo'ladi yoki umuman bo'lmaydi. QDning 1-turida parhez majburiy chegaralanish hisoblanadi, bu fiziologik insulin sekretsiyasi miqdoriga, hattoki intensiv insulinoterapiya bilan ham erishish qiyinligi bilan bog'liq. QDning 1-turdagi parhez davolash emas, balki QDning optimal kompensatsiyasini ushlab turishga yordam beruvchi ovqatlanish va yashash tarzidir. Bunda bemorni o'zi qabul qilmoqchi bo'lgan ovqatga mos insulin dozasini hisoblashga o'rgatish asosiy muammo hisoblanadi. Ideal holatda intensiv terapiya fonida bemor uchun parhez to'liq liberallashgan, ya'ni u huddi sog'lom odam kabi o'zi xohlagan narsasini, xohlagan miqdorda yeyish imkoniyatiga ega bo'ladi. Sog'lom odamdan yagona farqi, QDning 1-turi bilan og'rigan bemor insulin inyeksiyasini oladi va insulinni ovqatga qarab hisoblashni mukammal darajada bilishi hisoblanadi. Lekin tajriba va to'g'ri olib borilgan ins

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qandli diabet to`g`risida to`liq yoritib beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qandli diabet to`g`risida to`liq yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diyetoterapiya., giperglikemiya, glikozuriya, Qandli diabet (QD)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники