К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSH AVLODNI AXLOQIY TARBIYALASHDA MAKTAB VA OILANING HAMKORLIGI

VA OILANING HAMKORLIGI · Najmidinov Davronbek

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yosh avlodni axloqiy jihatdan yetuk shaxs etib tarbiyalashda maktab va oilaning o‘zaro hamkorligi, bu ikki muhim ijtimoiy institutning vazifalari, o‘zaro aloqalari hamda ularning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy tarbiya jarayonida ota-onalar va pedagoglarning birgalikdagi harakatlari orqali farzandlarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Amaliy misollar asosida samarali hamkorlikning afzalliklari yoritiladi. Kalit so‘zlar: Axloqiy tarbiya, maktab, oila, hamkorlik, yosh avlod, ota-ona, pedagog, ijtimoiy institut, ijtimoiylashtirish, ma’naviy qadriyatlar. Zamonaviy jamiyatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli sohalardagi faoliyatlarning tobora murakkablashib borayotgani inson tafakkuri, dunyoqarashi va ruhiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat, o‘z navbatida, inson shaxsining mavjud bilim va ko‘nikmalari, kasbiy mahorati hamda malakalari yetarli emasligini namoyon etmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda odamlar estetik did, intellektual farosat, odob-axloq va emotsional madaniyat kabi tarbiyaviy sifatlarga ko‘proq ehtiyoj sezishmoqda. Bu kabi insoniy fazilatlar esa tasodifiy shakllanmaydi, balki ular eng avvalo, oilada poydevor topadi. Shubhasiz, estetik, axloqiy va ma’naviy tarbiya kundalik hayotning ajralmas ehtiyojiga aylanmoqda. Ushbu tarbiya elementlari aynan oilaviy muhitda shakllanib, keyinchalik ijtimoiy tarbiya orqali mustahkamlanadi. Oilaviy tarbiya va ijtimoiy tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi, bir-birini to‘ldiruvchi xususiyati orqali shaxsda komil inson fazilatlari shakllanadi. Bu esa, albatta, tarbiyada yuksak natijalarga erishishga xizmat qiladi. Pedagogik nuqtai nazardan qaralganda, oilaviy tarbiya eng dolzarb va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos ijtimoiy guruh bo‘lib, u yerda bolani tarbiyalashda aynan o‘sha guruhga xos xususiyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Oila — bu shaxs kamoloti bosqichlarining ilk maydoni, unda bola birinchi bor mehr, e’tibor, odob-axloq, insoniy qadriyatlar bilan tanishadi. O‘zbek xalqi uzoq tarix davomida boy ma’naviy va tarbiyaviy meros yaratgan. Bu meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki aksincha, yangi avlodni insonparvarlik, vatanparvarlik, yuksak axloq va mehr-oqibat ruhida https://scientific-jl.com/ped 1 98 Volume-82, Issue-2, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Hozirgi zamonning murakkab va tez o‘zgaruvchan sharoitida bolalarning zamon talablariga mos bilim olishlari, hunar o‘rganishlari, mustaqil fikrlay oladigan yetuk shaxs bo‘lib kamol topishlari uchun eng avvalo ota- onalar javobgardir. Zero, tarbiyaning negizi oiladan boshlanadi. Oila — bu jamiyatning ilk tayanch nuqtasi, insonparvarlik maktabidir. Shu boisdan, oilaviy tarbiya mustahkam bo‘lsa, jamiyatning kelajagi porloq bo‘ladi. Ya’ni. yosh avlod tarbiyasi har doim jamiyatning dolzarb masalasi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, globallashuv va texnologik o‘zgarishlar davrida bolalarning axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu borada maktab va oilaning o‘zaro hamkorligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har ikki muassasa farzand shaxsining shakllanishida asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Oila – bolaning ilk ijtimoiylashuvi boshlanadigan muhitdir. Bu yerda u mehr- muhabbat, hurmat, sabr, halollik kabi qadriyatlarni o‘rganadi. Ota-onaning namunali xulqi, oiladagi sog‘lom muhit farzandning axloqiy yetukligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi salbiy muhit, ya’ni ota-onaning farzandlariga befarqlik bilan munosabatda bo‘lishi, o‘zaro doimiy nizolar, janjallarning mavjudligi bolalarning sog‘lom tarbiyasi va psixologik rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila — bolaning ilk tarbiya maskani bo‘lib, aynan shu muhitda bola ilk bor hayotiy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va insonlar bilan muomala madaniyatini o‘zlashtira boshlaydi. Afsuski, ba’zi ota-onalar farzandlariga nisbatan ortiqcha e’tibor va erkalik bilan yondashib, ularning har qanday istaklarini hech qanday chegaralarsiz qondirishga harakat qilishadi. Bu esa bolalarda nazoratsizlik, o‘zini tutolmaslik, o‘jarlik va hattoki mas’uliyatsizlik kabi salbiy fazilatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Vaqt o‘tgan sari bu holat ularning jamiyatdagi tutgan o‘rniga, atrofdagilar bilan munosabatlariga ham salbiy ta’sir etadi — bola hayotga tayyor bo‘lmagan, tartib- intizomdan yiroq, muammoli shaxs sifatida voyaga yetadi. Shunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, biz — kattalar, ota-onalar, tarbiyachilar va ustozlar — yosh avlodga sog‘lom, adolatli va izchil tarbiya berishga mas’ulmiz. Ularning qalbiga bolalikdanoq halollik, rostgo‘ylik, insof, hurmat va sabr- toqat kabi umumbashariy fazilatlarni singdirish lozim. Farzandlarimizga mehr- muhabbat bilan yondashish, ularni tinglash, tushunish, ammo ayni paytda hayotiy qoidalarga rioya qilishga o‘rgatish — ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yaxshi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yosh avlodni axloqiy jihatdan yetuk shaxs etib tarbiyalashda maktab va oilaning o‘zaro hamkorligi, bu ikki muhim ijtimoiy institutning vazifalari, o‘zaro aloqalari hamda ularning ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yosh avlodni axloqiy jihatdan yetuk shaxs etib tarbiyalashda maktab va oilaning o‘zaro hamkorligi, bu ikki muhim ijtimoiy institutning vazifalari, o‘zaro aloqalari hamda ularning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, Kalit so‘zlar: Axloqiy tarbiya, ota-ona, pedagog, yosh avlod, oila, ijtimoiy institut, hamkorlik, ma’naviy qadriyatlar., ijtimoiylashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники