Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JONDOR TUMANI TOPONIMIYASIDA NOM YASALISH MASALALARI
Narzilloyeva Manzura Shuxrat qizi
Педагоги · 202-207 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida joylashgan toponimlarning yasalish masalasiga bag‘ishlangan. Mavzu mazmunini yoritish uchun toponimlarning vujudga kelishida yangi nom yasash usuli, o‘zga tillardan nom o‘zlashtirish usuli mavjudligi, ularning morfologik va sintaktik usulda yasalishi, qo‘shma tarkibli toponim komponentlarining moslashuv, bitishuv, boshqaruv yo‘li bilan birikishi kabilar haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Buxoro, Jondor, toponim, mikrotoponim, N.Oxunov, N.Mingboyev, Z.Do‘simov. Toponimiya til lug`at tarkibining ajralmas qismlaridan biri sifatida maʼlum o`zgarishlarga uchrab turadi. Toponimiya jamiyatning ijtimoiy hayoti, mafkurasi va maʼnaviyatiga yaqin aloqada bo`lgan lug`aviy qatlam bo`lgani uchun millatning siyosati, jamiyatning dunyoqarashida yuz beruvchi yangilanish va o`zgarishlar mavjud joy nomlarini doimo baholash, qayta baholashga olib keladi. Bunga yaqqol misol sifatida O`zbekiston davlatining mustaqillik davrida olib borayotgan toponimik siyosatini keltirish mumkin . Ushbu siyosat tufayli O`zbekistondagi joy nomlari tarkibida ulkan o`zgarishlar sodir bo`ldi. Sho`rolar davri g`oyalari bilan bog`liq bo`gan ko`pgina nomlar isteʼmoldan chiqdi, aksincha, o`sha davrlarda kommunistik mafkura tazyiqi ostida siqib chiqarilgan, unutilishga yuz tutgan ko`pgina tarixiy, milliy hamda o`zbekona, xalqona nomlar qayta tiklandi. Shuningdek, o`zbek toponimiyasi tizimi mustaqillik davri ideallarini, intilishlarni ifoda qiluvchi yangi nomlar bilan boyidi. Har qanday tilning toponimik tizimi maʼlum bir davrninggina, maʼlum bir ijtimoiy-siyosiy qarashlarninggina mahsuli emas. Toponimiya tizimi til onomastik sistemasining ko„p asrlik rivoji mahsulidir. Shu sababli, o`zbek toponimiyasi tizimida eng qadimiy tarixiy toponimlar, yaqin o`tmish toponimlari, yangi davr toponimlari va tamoman yangi toponimlar yonma-yon yashamoqda. Ushbu holat Qumqo`rg`on tumani mikrotoponimiyasi tizimi uchun xam tegishli. Аlbatta, toponimiya tizimidagi barcha nomlarning qachon paydo bo`lganini aniq belgilashning iloji yo`q. Chunki ko`pgina nomlarning qachon va kim tomonidan berilgani hozirda unutilgan. Shu sababli joy nomlarining ijodkori xalq, deb baholanadi hamda bunday nomlar tabiiy toponimlar, xalqona nomlar deb yuritiladi. Nomlarning paydo bo`lish tarixi va asoslari unutilsa-da, har qanday toponimning til mahsuli sifatidagi xususiyatlari saqlangan bo`ladi. Bu ko`pgina nomning yasalishi va grammatik strukturasini tahlil qilish orqali belgilanadi. Joy nomlarini tizimli ravishda tasniflagan birinchi tadqiqotchilar sifatida toponimikani https://scientific-jl.com/ped 2 19 Volume-82, Issue-2, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 o'rganish bo'yicha yetakchi olimlardan biri bo'lgan Jorj R. Styuartni qayd etishimiz mumkin. 1954 yilda “Ismlar” jurnalida “Joy nomlarining tasnifi” nomli maqolasi chop etilgan. Uning "nomlash jarayoni"ga asoslangan tipologiyasi o'nta asosiy toponim turlarini farqlaydi: 1) tavsiflovchi nomlar va kompas-nuqta nomlari (ob'ektning sifatini yoki joylashuvini tavsiflovchi va tasniflovchi nomlar; 2) assotsiativ nomlar (turli ob'ektlar bilan assotsiatsiyani keltirib chiqaradigan nomlar); 3) hodisa nomlari (shaxs bilan bog'liq voqeadan ismlar, G. Styuart ham bu guruhga Xudoning harakatlari, kalendar nomlari, hayvonlar nomlari, inson harakatlarining nomlari, his-tuyg'ularni ifodalovchi ismlar, so'zlardan yasalgan ismlar kiradi); 4) egalik otlari (egalik haqidagi qandaydir fikrdan kelib chiqqan otlar); 5) esdalik nomlari (ajoyib odamlar xotirasiga yoki sharafiga qo'yilgan ismlar va mavhum fazilatlarni ifodalovchi ismlar); 6) ta'riflovchi nomlar (geografik ob'ektning ba'zi jozibali xususiyatlari bilan berilgan nomlar); 7) xalq etimologiyalari (soxta etimologiyali nomlar); 8) ishlab chiqarilgan nomlar (boshqa so'zlarning bo'laklaridan ongli ravishda tuzilgan nomlar yoki bosh harflardan, harflar yoki bo'g'inlarni o'zgartirish yo'li bilan yoki boshqa yo'llar bilan yaralgan nomlar); 9) xato nomlari (ismlar bir tildan ikkinchi tilga oʻtishda yoʻl qoʻyilgan xatolik, aytilgan gapni notoʻgʻri eshitmaslik yoki yozuvda tovushlarni notoʻgʻri talqin qilish natijasida paydo boʻlgan); 10) o'zgartirish nomlari (bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilgan nomlar) Berilgan barcha fikrlarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, toponimlar barcha mamlakatlarning asrlar davomida insoniyat tomonidan yaratilgan eng katta til va madaniy-ma’naviy boyligi sanaladi. Ingliz tilida juda ko'p joy nomlari mavjud. Geografik nomlarning o'ziga xosligi shundan iboratki, ular o’zlari aks ettirgan obyektlarni nomlash bilan birga, hozirgi kundalik hayotimizda o’tmishdan mafkuraviy bilimlarni olib kelib, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy va tarixiy faktlarni aks ettiradi. Toponimlar dunyodagi joy nomlari va insonlar o’rtasida munosabat yaratuvchi insoniyat kognitiv faoliyatining mahsuli sanaladi. Аyniqsa, isteʼmoldan chiqqan nomlar o`rnini to`ldirish, yangi obyektlarga yangi nomlar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida joylashgan toponimlarning yasalish masalasiga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Buxoro viloyatining Jondor tumani hududida joylashgan toponimlarning yasalish masalasiga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toponim, Kalit so‘zlar: Buxoro, N.Oxunov, N.Mingboyev, mikrotoponim, Jondor, Z.Do‘simov.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024