Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O‘QUVCHILARIGA ISH QOG‘OZINI O‘RGATISH AHAMIYATI (ARIZA MISOLIDA)
Matluba Ahmedova
Педагоги · 2026
Аннотация
This article explores the teaching of official documents in school textbooks. In particular, it presents an analytical discussion on effective methods and pedagogical technologies that can be applied during the instruction of such documents. The study examines the content of current textbooks intended for school students, analyzing the exercises, tasks, and texts related to the official style, as well as the quality of their instruction. Additionally, the article evaluates the impact of these materials on students' language competence. Keywords: official documents, application writing, school textbooks, teaching methodology, written speech, legal awareness. Аннотация:. В данной статье рассматривается преподавание официальных деловых документов в школьных учебниках. В частности, проводится аналитический обзор эффективных методов и педагогических технологий, которые могут быть применены в процессе обучения данному виду текстов. Исследованы материалы действующих учебников, предназначенных для школьников, проанализированы задания, упражнения и тексты, относящиеся к официально-деловому стилю, а также качество их преподавания. Кроме того, дана оценка влиянию этих материалов на формирование языковой компетенции учащихся. Ключевые слова: официально-деловые документы, написание заявлений, школьные учебники, методика преподавания, письменная речь, правовое сознание. https://scientific-jl.com/ped 1 02 Volume-82, Issue-2, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Bugungi kunda rasmiy hujjatlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida bu borada qilinadigan keng ko‘lamli ishlarning to‘laqonli tarixini chizib berar ekan, bu ishlarning pirovard natijalarini quyidagicha ifoda etdi: “Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishim lozim”.1 Shuning uchun ham bu turdagi hujjatlarni oʻrgatish maktab o‘quvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat tilida ish yuritish savodxonligini rivojlanishi bilan o‘quvchilarning rasmiy yozishmalarni to‘g‘ri tuzish, fikrini aniq ifodalash qobiliyati ularning ijtimoiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Rasmiy hujjatlarni, jumladan, ariza yozishni o‘rgatish, o‘quvchilarning rasmiy uslubga doir bilimlarini rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va muammoga yechim topish qobiliyatini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Maʼlumot- axborot hujjatlari guruhiga oid boʻlgan ariza qoʻlda yoziladigan hujjatlarning eng asosiysi hisoblanadi. Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng keng tarqalgan va koʻp qoʻllaniladigan ish qogʻozidir. Maktab oʻquvchilaridan tortib to yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha aʼzosi ariza yozishdan holi emas2. Tahliliy maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda shikoyat, da'vo arizalari koʻproq rasmiylashtirilmoqda. Ammo ularning yozilish qoidalari aksar holatlarda xato yozilishi inobatga olinib, darslarda o‘rgatishga ehtiyoj bor. Maktab darsliklarida arizaning yoritilishi. O‘quvchilarni rasmiy ish hujjatlari, ayniqsa, ariza yozishga o‘rgatishda o‘quv dasturi va darsliklarning o‘rni beqiyosdir. Ona tili darsliklarida ariza yozish ko‘pincha alohida mavzu shaklida kiritilgan bo‘lib, unda arizaning mazmuni, tuzilishi va yozilish usuli haqida ma’lumotlar beriladi. Yangi nashrdagi darsliklarda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Masalan, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar, savollar, mashqlar orqali o‘quvchi ariza yozish tajribasini amalda sinab ko‘rishga undaladi. Eski darsliklarda esa ko‘proq nazariy tushunchalar berilgan, lekin topshiriqlarning o‘quvchining muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi kamroq kuzatiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, darsliklardagi ba’zi matn va topshiriqlarda arizaning zarur qismlari – murojaat qilinayotgan muassasa yoki shaxs, muammo bayoni, so‘rov 1 O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganing 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktabr. 2 M. Aminov, N. Mahkamov .Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma.160-bet. O‘zbekiston nashriyoti, Toshkent. 2021 https://scientific-jl.com/ped 1 03 Volume-82, Issue-2, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 yoki iltimos mazmuni, sana va imzo – to‘liq yoritilmaydi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatiladi. Bu holatda o‘qituvchining roli yanada muhimlashadi: u darslikdagi kamchiliklarni to‘ldirib, real va dolzarb namunalar orq
Доказательный фрагмент
«This article explores the teaching of official documents in school textbooks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the teaching of official documents in school textbooks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- official documents, application writing, school textbooks, teaching, huquqiy ong, metodika, Kalit so'zlar: rasmiy ish hujjatlari, ariza yozish, maktab darsliklari, yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025