Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL O‘RGATISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMASINING AHAMIYATI VA UNING SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Ro‘ziqulova Sevinch Abror qizi
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktab darsliklarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, metodlari va yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada tinglab tushunishni shakllantirish uchun takrorlash mashqlari, sinonim va antonim so‘zlar ustida ishlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi samarali metodlar haqida ham so‘z boradi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga murojaat qilinib, tinglab tushunish ko‘nikmalarini mustahkamlashda faol eshitish, tanqidiy fikrlash va mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarining muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shu bilan birga, o‘zbek tilidagi tinglab tushunish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Tinglab tushunish ko‘nikmasi, metodlar, til o‘rganish jarayoni, kommunikativ ko‘nikmalar, fonetik aniqlik, diqqatni jamlash, audio materiallar, interaktiv metodlar, leksik boyitish, samarali ta’lim usullari, faol eshitish, tanqidiy fikrlash, mustaqil tahlil, ilg‘or tajribalar, ta’limda innovatsiyalar, o‘zbek tilidagi qiyinchiliklar, pedagogik yechimlar. Annotation: This article analyzes the importance, methods, and approaches to developing listening comprehension skills in school textbooks. It discusses repetition exercises, working with synonyms and antonyms, as well as effective methods used in foreign countries to enhance listening comprehension. Referring to the experience of developed countries, the article highlights the significance of active listening, critical thinking, and independent analysis in strengthening listening skills. Additionally, it addresses the main problems encountered in the process of listening comprehension in the Uzbek language and suggests ways to overcome them. Keywords: Listening comprehension skills, methods, language learning process, communicative skills, phonetic accuracy, concentration, audio materials, interactive methods, vocabulary enrichment, effective teaching methods, active listening, critical thinking, independent analysis, advanced practices, innovations in education, challenges in the Uzbek language, pedagogical solutions. Bugungi kunda to‘rtta ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilmoqda, darslik qo‘llanmalar va bir necha o‘quv materiallar yaratilmoqda. Bu borada, ko‘plab olimlar ilmiy ishlar qilishgan. Jumladan, Gulshan Asilova Maktab https://scientific-jl.com/ped 1 08 Volume-82, Issue-2, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 darsliklarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish juda ham muhimk omil hisoblanadi. Tinglab tushunish til o‘rganishda eng murakkab ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda o‘rganuvchi nafaqat so‘zlarning ma’nosini anglab yetishi, balki ular orasidagi bog‘lanishlarni, gaplarning umumiy mazmunini tushunishi kerak. U tinglab tushunish haqida shunday deydi: “Tinglab tushunishni rivojlantirish uchun autentik audio materiallardan foydalanish muhimdir, chunki ular o‘rganuvchiga haqiqiy nutqning xususiyatlarini o‘rgatadi va nutq madaniyatini shakllantiradi.”1 Negaki, til o‘rganish jarayonida eshitish orqali o‘rganish va amaliy jarayonlarda qo‘llasdh juda keng ahamiyat kasb etadi. Hattoki, u o‘zining ona tili bo‘lsa ham bu ko‘nikmasiz tilning grammatik jarayonlarini va nozik xususiyatlarini o‘rgana olmaydi. Tinglab tushunish ko‘nikmasi adabiy til me’yorlarini chuqurroq o‘rganishda, yurtimizning barcha hududlaridagi sheva elementlarini farqlashga yordam beradi. Tinglab tushunish topshiriqlarini bajarish jarayonida diqqali bo‘lishni va yozma savodxonlik kabi ko‘nikmalarni ham anchagina rivojlantiradi. Topshiriqlar o‘quvchi uchun tezkorlikda fikrlash va mantidiy, tanqidiy fikrlash kabi ko‘nikmalarni ham sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqolada, maktab darsliklarida qanday tinglab tushunish topshiriqlari mavjudligi va yondashuvlar borligi, ularning turlari haqida kengroq ma’lumot berilib, tinglash ko‘nikmalarini qanday oshirish haqida ham tavsiyalar beriladi. Amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto o‘zbek tili ona tili bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zida ham tinglab tushunish jarayonida turli muammolar uchraydi. Eng asosiy muammolardan biri — o‘quvchilarning fonetik jihatdan so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishi va talaffuzdagi farqlarni farqlay olmasligidir. Masalan, “oʻ” bilan “u”, “e” bilan “i”, “h” bilan “x” tovushlari orasidagi farqlarni to‘g‘ri anglay olmaslik, matnni noto‘g‘ri tushunishga olib keladi. Bu holat ayniqsa murakkab matnlar, badiiy ifodalar yoki ilmiy nutqlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda dastlabki bosqichda to‘g‘ri talaffuz qoidalarini o‘rgatish muhim hisoblanadi. O‘quvchilar orasida fonetik savodxonlikni shakllantirish uchun takrorlash mashqlari, diqqat va xotira mashqlari, tovushlar va urg‘u bilan bog‘liq amaliy topshiriqlar joriy qilinishi kerak. Ayniqsa, sinonim va antonim so‘zlar ustida ishlash, matnlardagi hazil va mutoyibalarni ilg‘ay olish, ilmiy iboralarni anglab olish orqali o‘quvchining mantiqiy fikrlash da
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktab darsliklarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, metodlari va yondashuvlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktab darsliklarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, metodlari va yondashuvlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Listening comprehension skills, methods, language learning process, pedagogik yechimlar., kommunikativ ko‘nikmalar, mustaqil tahlil, audio materiallar, ta’limda innovatsiyalar, til o‘rganish jarayoni, fonetik aniqlik, faol eshitish, samarali ta’lim usullari, interaktiv metodlar, ilg‘or tajribalar, Kalit so‘zlar. Tinglab tushunish ko‘nikmasi, o‘zbek tilidagi qiyinchiliklar, leksik boyitish, metodlar, diqqatni jamlash, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026