К содержанию
РецензированоEN2025

TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI · RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI. · ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ (Guliston davlat pedagogika instituti magistranti) · ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ. (Guliston davlat pedagogika instituti magistranti)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article describes in detail the pedagogical and psychological foundations of improving the creative abilities of students. Recent achievements in the field of science and technology allow for significant changes and innovations in the field of education, introducing modern teaching tools. In order to understand and comprehend the essence of reforms in the field of education, it is advisable to conduct various tasks, cases aimed at developing cognitive activity, creative interviews and trainings, portfolios, creative castings, and organize the activities of circles. In this process, the development of students' abilities is of primary importance. Keywords: portfolio, ability, Creativity, creative interviews and trainings, creative casting. Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallashi ayni shu xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatining o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi ham hisoblanadi. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchida ham zaruriy ko‘nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo‘qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib 251 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning o‘zini ifoda etish va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini shakllantirish bugungi kunda ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Ijodiy fikrlash va ijodiy faoliyat, nafaqat ilmiy va badiiy sohalarda, balki kundalik hayotda ham zaruriy ko‘nikmalar hisoblanadi. Talabalar uchun ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda psixologik va pedagogik jihatlar muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun psixologik-pedagogik asoslarni tushunish zarur. Ijodiy qobiliyatlar va ularning rivojlanishi Ijodiy qobiliyatlar insonning yangi, original fikrlarni yaratish, muammolarga yechim topish va yangi vaziyatlarga moslashish qobiliyatidir. Ijodiy fikrlash jarayonida talabalar o‘zlarining tasavvur va intuitsiyalaridan foydalanadilar, mantiqiy va noan’anaviy usullar bilan muammolarni hal qiladilar. Psixologik nuqtai nazardan, ijodiy qobiliyatlar tafakkur, his-tuyg‘u, motivatsiya va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish faqatgina intellektual jarayon sifatida emas, balki shaxsning umumiy rivojlanishining bir qismi sifatida qaraladi. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda talabalar turli xil vositalardan, metodlardan foydalanishlari kerak. Bularning ichida eng samaralilari – o‘quv jarayonining qiziqarli va stimul beruvchi bo‘lishi, o‘quvchilarni yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni sinab ko‘rishga rag‘batlantiradigan ta’lim usullaridir. Shuningdek, ijodiy qobiliyatlar o‘rganilishi mumkin bo‘lgan psixologik, shaxsiy va tashkiliy omillarga ham bog‘liqdir. Psixologik asoslar Psixologik jihatdan, ijodiy qobiliyatlar talabada bir qator psixologik jarayonlar orqali rivojlanadi. Ular orasida fikrlash, tasavvur, sezgi, intuitsiya, emotsional intellekt va motivatsiya mavjud. Ijodiy fikrlash, albatta, mantiqiy tafakkurga tayanadi, ammo shu bilan birga, insonning ichki sezgilaridan ham foydalanadi. Bu sezgilar yangi g‘oyalar va yechimlarning paydo bo‘lishida muhim ro`l o‘ynaydi. Motivatsiya ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan, motivatsiyaga ega bo‘lgan sohalarda ijodiy jihatdan ko‘proq rivojlanadilar. Shuningdek, o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch, ularning kreativ potentsialini 252 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 amalga oshirishga yordam beradi. Agar talaba o‘z qobiliyatlariga ishonmasa, unda ijodiy qobiliyatlarining to‘liq rivojlanishi qiyinlashadi. Emotsional intellekt, ya’ni o‘z his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, boshqalar bilan samarali muloqot qilish, ijodiy faoliyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ko‘nikmalar talabalarni o‘z fikrlarini boshqalar bilan baham ko‘rishga, ularning fikrlarini qadrlashga va yangi g‘oyalar yaratishga undaydi. Pedagogik as

Доказательный фрагмент

«This article describes in detail the pedagogical and psychological foundations of improving the creative abilities of students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes in detail the pedagogical and psychological foundations of improving the creative abilities of students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
portfolio, ability, Creativity, creative interviews and trainings, ijodiy kasting., kreativ intervyular hamda treninglar, Ijodkorlik, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники