К содержанию
РецензированоUZ2025

Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga rivoyatlarni o‘rgatish yo‘llari (“Shiroq” rivoyati asosida)

UZBEKISTAN” JURNALI · Mavlonova Marjona Qobil qizi · Mavlonova Marjona Kobil kizi (Ways of teaching stories to elementary school students (based on the) · Мавлонову Маржона Кобил кизи (1st year Master's degree holder of Bukhara International University of)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article discusses the methodology of teaching stories, in particular, the story "Shiroq," which is one of the important genres of oral folk art, to primary school students. The educational, moral, and historical significance of legends is highlighted, and methods of their effective application in the lesson process, interactive methods, and ways of using figurative means are analyzed. Also, 187 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 based on the legend "Shiroq," approaches aimed at forming patriotism, courage, and historical memory in students are proposed. Keywords: legend, folklore, primary school, "Shiroq," patriotism, interactive method, lesson process, upbringing, historical memory Аннотация: В данной статье рассматривается методика обучения учащихся начальных классов притчам, в частности, притче "Ширак," являющейся одним из важных жанров устного народного творчества. Освещается воспитательное, нравственное, историческое значение преданий, анализируются методы их эффективного применения в процессе урока, способы использования интерактивных методов и изобразительных средств. Также предлагаются подходы, направленные на формирование у учащихся патриотизма, мужества и исторической памяти на основе легенды "Ширак." Ключевые слова: предание, устное народное творчество, начальная школа, "Ширак," патриотизм, интерактивный метод, учебный процесс, воспитание, историческая память Kirish: Rivoyat — bu xalq og‘zaki ijodining qadimiy va muhim janrlaridan biri bo‘lib, tarixiy voqealar, mashhur shaxslar, joy nomlari yoki diniy mavzular bilan bog‘liq, haqiqatga yaqin, ammo afsonaviy va badiiy yondashuvda bayon etiladigan hikoyalardir. Rivoyatning asosiy xususiyatlari: 1. Tarixiylik – rivoyatlarda ko‘pincha tarixiy shaxslar yoki voqealar tilga olinadi (masalan, Shiroq, Iskandar, Ahmad Yassaviy kabi shaxslar haqida). 2. Og‘zaki shaklda avloddan avlodga o‘tib kelgan – yozma manbalardan emas, xalq xotirasi va og‘zaki hikoya orqali yashab keladi. 3. Haqiqat bilan badiiyat uyg‘unligi – rivoyatlarda tarixiy asos bo‘lishi mumkin, lekin u ko‘pincha obrazli ifodalar, mubolag‘alar bilan boyitilgan bo‘ladi. 4. Tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilgan – rivoyatlar orqali yosh avlodga jasorat, vatanparvarlik, sabr-toqat, e’tiqod kabi fazilatlar singdiriladi. Misol: “Shiroq” rivoyati: O‘z vatanini dushmandan himoya qilish uchun o‘zini qurbon qilgan Shiroq ismli yigit haqida bo‘lib, bunda fidoyilik, jasorat, va vatanparvarlik g‘oyalari aks etgan. 188 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bu bola shaxsining shakllanishida eng muhim bosqichlardan biridir. Aynan shu davrda o‘quvchilarda vatanparvarlik, tarixiy xotira, axloqiy qadriyatlar va estetik did kabi fazilatlar shakllana boshlaydi. Bu jarayonda xalq og‘zaki ijodining, ayniqsa, rivoyat janrining o‘rni beqiyosdir. Rivoyatlar bolalarning tafakkurini rivojlantirish, ularning hayotga va tarixga bo‘lgan munosabatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Xalq rivoyatlari orqali o‘quvchilar milliy qadriyatlar, tarixiy voqealar va buyuk shaxslar haqida ma’lumot oladi, ularning ibratli hayotidan saboq chiqaradi. Xususan, “Shiroq” rivoyati orqali Vatan uchun jonini fido qilgan qahramon obrazini bolalar qalbiga singdirish mumkin. Bunday rivoyatlar yosh avlodni jasorat, fidoyilik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda qudratli vosita sanaladi. Shu boisdan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga rivoyatlarni, ayniqsa “Shiroq” rivoyatini o‘rgatishda qanday metodlar va uslublardan foydalanish lozimligi muhim ilmiy-metodik masala hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan shu yo‘nalishda samarali yondashuvlar tahlil qilinadi va amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. Asosiy qism: Yangi o‘zbek maktabi konsepsiyasi asosida ta’lim-tarbiya tizimini milliy qadriyatlar ruhida tashkil etish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida milliy o‘zlikni anglash, tarixga hurmat, vatanparvarlik, jasorat va ma’naviy poklik tuyg‘ularini shakllantirish uchun xalq og‘zaki ijodidan samarali foydalanish muhimdir. Bu borada rivoyatlar, ayniqsa, “Shiroq” rivoyati kabi tarixiy-axloqiy mazmunga ega asarlar alohida ahamiyat kasb etadi. “Shiroq” rivoyati bolalar uchun nafaqat qiziqarli badiiy hikoya, balki chuqur tarbiyaviy mazmun bilan boyitilgan, vatanparvarlik va fidoyilik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan muhim asardir. Uni dars jarayonida o‘rgatish orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, tarixiy xotiraga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirish mumkin. Shuningdek, rivoyatlarni o‘rgatish jarayonida interfaol metodlardan – dramatizatsiya, rasm chizish, sahnalashtirish, savol-javoblar kabi yondashuvlardan foydalanish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va nutq madaniyatini rivojlantirishda katta samara beradi. Shu bois, boshlang‘ich ta’limda r

Доказательный фрагмент

«This article discusses the methodology of teaching stories, in particular, the story "Shiroq," which is one of the important genres of oral folk art, to primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the methodology of teaching stories, in particular, the story "Shiroq," which is one of the important genres of oral folk art, to primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
legend, folklore, primary school, "Shiroq, " patriotism, interactive, tarbiya, tarixiy xotira, “Shiroq”, interfaol metod, dars jarayoni, rivoyat, vatanparvarlik, boshlang‘ich sinf, xalq og‘zaki ijodi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники