К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘SMIR YOSHIDAGI SHAXSLARDA AXLOQIY QAROR QABUL QILISH JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · Abu Rayhon Beruniy nomidagi · Sultanov Sherzod Azatjanovich

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘smir yoshidagi shaxslarda axloqiy qaror qabul qilish jarayonining psixologik asoslari, ijtimoiy va emotsional omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, axloqiy tanlovni belgilovchi ichki va tashqi omillar, oilaviy va maktab muhiti, shaxslararo munosabatlarning bu jarayonga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: axloqiy qaror, o‘smirlik davri, psixologik xususiyat, ijtimoiy normativlar, tanlov, emotsional ong. Bugungi kunda ijtimoiy muhitning murakkabligi, axloqiy me’yorlar va qadriyatlarning qayta baholanayotgani, yoshlarning axloqiy qarorlar qabul qilish mexanizmlarini chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, o‘smirlik davri inson hayotidagi psixologik va ijtimoiy jihatdan eng o‘zgaruvchan bosqich hisoblanadi. Bu davrda shaxsda mustaqil fikrlash, qadriyatlarni shakllantirish, jamiyatga moslashuv va o‘zini anglash kuchayadi. Inson shaxsi butun hayoti davomida rivojlanadi, biroq o‘smirlik davri bu jarayonning eng muhim va murakkab bosqichlaridan biri sanaladi. Aynan shu davrda shaxsda o‘ziga xos dunyoqarash, mustaqil fikrlash, o‘zligini anglash, hayotda tutgan o‘rni va maqsadlarini belgilash ehtiyoji kuchayadi. O‘smirlik — shaxsning individual xususiyatlari va ijtimoiy holatlari kesishgan palla bo‘lib, bu jarayonda u ko‘plab axloqiy, hissiy va ijtimoiy muammolar bilan to‘qnashadi. Shu sababli ham o‘smir yoshida qabul qilinadigan axloqiy qarorlar uning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishini belgilovchi omil sifatida alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyatda axloqiy qadriyatlar, me’yorlar va ijtimoiy talablarda sodir bo‘layotgan keskin o‘zgarishlar fonida o‘smirlarning axloqiy qaror qabul qilish mexanizmlarini o‘rganish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Rivojlanayotgan informatsion muhit, ijtimoiy tarmoqlar, media vositalarining ta’siri ortib borar ekan, o‘smirlar nafaqat oilaviy va maktab muhitidan, balki keng virtual makondan ham 170 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 axloqiy signallarni qabul qilishmoqda. Bu esa ularning qaror qabul qilish jarayonini yanada murakkablashtiradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘smirlar axloqiy tanlovda emotsional beqarorlik, qarama-qarshi istaklar, guruh bosimi, shaxsiy qadriyatlar va tashqi baholovchilar ta’siri ostida harakat qiladilar. Ular ko‘p hollarda muayyan ijtimoiy vaziyatda “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” qarorlarni ajratishda qiynaladi. Bu esa o‘z navbatida, axloqiy qaror qabul qilishda yo‘naltiruvchi psixologik va pedagogik yondashuvlarga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.[4] O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va oilaviy muhitida yoshlarning axloqiy kamoloti masalasiga e’tibor kuchaymoqda. Biroq bu jarayonda o‘smirlarning axloqiy qaror qabul qilish faoliyatining chuqur psixologik mexanizmlari hali yetarlicha o‘rganilmagan. Jumladan, qaror qabul qilishga ta’sir qiluvchi omillar, shaxsiy qadriyatlar tizimi, ijtimoiy muhit va shaxslararo munosabatlarning roli bo‘yicha kompleks yondashuvga ehtiyoj mavjud.Shu sababli mazkur maqolada o‘smir yoshidagi shaxslarda axloqiy qaror qabul qilish jarayonining psixologik xususiyatlarini tahlil qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, mavjud yondashuvlar asosida nazariy va amaliy tahlil berish maqsad qilib olingan. Ushbu masalaning o‘rganilishi nafaqat yoshlarning sog‘lom axloqiy kamolotiga xizmat qiladi, balki ularning ijtimoiy moslashuvchanligini oshirish, shaxsiy mas’uliyatni rivojlantirish va jamiyatga foydali fuqarolarni tarbiyalashga zamin yaratadi. Shuning uchun ham axloqiy qaror qabul qilish jarayoni — ijtimoiylashuv va shaxs rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.O‘smirlik — 11-18 yoshlar oralig‘idagi yosh davri bo‘lib, bu bosqichda quyidagi psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi:[3] O‘zini anglash va identifikatsiya kuchayadi; Emotsional o‘zgaruvchanlik ortadi; Qadriyatlar va ideal obrazlar shakllanadi; Mustaqil qaror qabul qilishga intilish kuchayadi. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, bu davrning asosiy inqirozi “shaxsiylik vs. identitet inqirozi” hisoblanadi. Bu esa o‘smirning har bir axloqiy qarorini ongli ravishda baholashiga turtki bo‘ladi.Axloqiy tanlovga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar:[2] Ichki omillar – shaxsiy qadriyatlar, e’tiqod, vicdan; 171 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Tashqi omillar – oila, do‘stlar guruhi, maktab muhiti, OAV; Kognitiv omillar – o‘z fikrini tahlil qilish qobiliyati, oqibatni bashorat qilish; Emotsional omillar – empatiya, qo‘rquv, jur’at. Oila — har bir insonning shaxs sifatida shakllanishida muhim psixologik va ijtimoiy tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy muhitdir. Ayniqsa, o‘smirlik davri — shaxsning o‘z “Men”-ini anglash, ichki ijtimoiy va axloqiy mezonlarini izlab topish bosqichi hisoblanadi. Bu davrda shaxsda mustaqil axloqiy pozitsiya, qadriyatlar tizimi shakllana boshlaydi va bu jar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘smir yoshidagi shaxslarda axloqiy qaror qabul qilish jarayonining psixologik asoslari, ijtimoiy va emotsional omillari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘smir yoshidagi shaxslarda axloqiy qaror qabul qilish jarayonining psixologik asoslari, ijtimoiy va emotsional omillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy normativlar, emotsional ong., psixologik xususiyat, axloqiy qaror, o‘smirlik davri, tanlov
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники