К содержанию
РецензированоUZ2025

UMUMIY O`RTA TA’LIMIDA TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANINI O’QITISHDA HAYOTIY KONTEKSTLARNING AHAMIYATI

UZBEKISTAN” JURNALI · KONTEKSTLARNING AHAMIYATI · Djabborov Dilshod Turdiqulovich · Joniqulova Malohat Xonnazar qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

The article emphasizes the need to increase the number of hours of fine arts classes in schools and the benefits of increasing class hours for developing students' aesthetic education, creative thinking and interest in art, as well as strengthening their practical skills. Keywords. Aesthetic education, creative thinking, practical skills. Umumiy ta'lim sifatini oshirish. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari umumiy ta'lim sifatini oshirishda yordam beradi. Tasviriy san'at asarlari orqali turli madaniyatlar, tarixiy davrlar va jamiyatning ijtimoiy masalalari haqidagi bilimlarni oshirish mumkin. Bu esa, o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi. Tasviriy san'at darslari o'quvchilarga o'z fikrlarini ifoda etish imkoniyatini beradi. Ko'proq dars soatlari, o'quvchilarga o'z fikrlarini ifoda etish, umumiy ta'lim sifatini oshirish va estetik ta'limni qo'llab-quvvatlashda yordam beradi. O'z fikrlarini ifoda etish, - o'z ijodiy uslubini shakllantirish va estetik qadriyatlarni tushunishda va tushintirishida muhim ahamiyatga egadir. San'at 142 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 asarlari orqali turli madaniyatlar, tarixiy davrlar va jamiyatning ijtimoiy masalalari haqidagi bilimlarni oshiradi. Bu esa, bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, yod g`oyalarga ko`r-ko`rona qo`shilmasdan, oldin o`ylab ko`rishga va tahlil qilishiga yordan beradi. Ruhiy sog’liq va stressni kamaytirish. Dars soatlari ko‘paytirilsa, faqat rasm chizishni emas, balki ranglar uyg‘unligi, kompozitsiya, milliy san’at turlari hozirgi paytda o`quvchilar o`rtasida ko`p uchraydigan stress holatlarini oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu ularda mustaqil fikrlash, ijod qilish, o‘z qobiliyatini anglash kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Har qanday san’at turi o‘quvchilarning ruhiy holatini yaxshilash, stressni kamaytirish va o‘zini ifoda etish imkoniyatini beradi. Tasviriy san'at, bolalar uchun muhim bir chiqish yo'li bo'lib, ularga o'z his- tuyg'ularini ifoda etish imkonini beradi. O'qish jarayonidagi stressni kamaytirish uchun tasviriy san'at darslarini ko'paytirish samarali natija beradi. Tasviriy san'at darslari nafaqat individual rivojlanish, balki jamoaviy ish ko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Loyihalar asosida jamoaviy ishlash orgali o'quvchilar bir-birlarini qo'llab-quvvatlashni o'rganadilar. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari o'quvchilarga turli texnikalarni o'rganishda va ular bilan ishlashda juda katta yordam beradi. Tasviriy san'at darslari o'quvchilarga estetik qadriyatlarni ko`rsatishga yordam beradi. Metodik uslublardan foydalanish. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi darslari o'quvchilarga o'z fikrlarini va his-tuyg'ularini ifoda etish imkoniyatini beradi. Muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslari amaliy jarayomlar bilan olib borilsa, ertangi kunda yoshlarni hayotda o`z o`rnilarini topishda yordam beradi. Turli usullarlar, umumiy ta'lim sifatini oshirish va estetik ta'limni qo'llab- quvvatlashda muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Agar biz tasviriy san`at va muhandislik grafikasi dars mashg‘uloti, ya’ni 45 minutli vaqt ichida barcha imkoniyat, shart-sharoit, vosita, didaktika, metodik uslublardan foydalanib, kafolatlangan natija uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning barchasi tasviriy san’at darslarining pedagogik texnologiyasi bo‘ladi. Madaniy va milliy identitetni mustahkamlash. Tasviriy san’at fani nafaqat chizish ko‘nikmasini beradi, balki o‘quvchilarni o‘z milliy qadriyatlari, san’at an’analari va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtiradi. Ayniqsa, o‘zbek xalqining boy madaniy merosi — naqshlar, miniatyura san’ati, hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati va tarixiy obidalarni o‘rganish orqali o‘quvchilar o‘zini millatning 143 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ajralmas bir qismi sifatida his qilishni boshlaydi. Bu quyidagi jihatlar orqali amalga oshadi: -Milliy naqshlar va ramzlar – darslarda o‘quvchilar doira, islimiy, girih naqshlar, xalq amaliy san’ati turlarini o‘rganib, ularni chizish orqali milliy o‘ziga xoslikni chuqur anglaydilar. -Tarixiy obrazlar – Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi tarixiy siymolar obrazlarini chizish orqali yoshlar o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. -Arxitektura orqali yurt go‘zalligini tasvirlash (masalan, Registon maydoni, Ichan qal’a, Chorvoq tabiati) yosh avlodda vatanparvarlik, faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantiradi. Bu jarayonlar ta’limning faqat bilim emas, balki tarbiya berishdagi rolini kuchaytiradi. Tasviriy san’at orqali yoshlar nafaqat chizadi, balki milliy o‘zligini anglaydi va qadrlaydi. Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, maktablarimizda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi darslarining ajratilgan soatlariga jiddioyroq e`tibor berish, - bu bizning ertangi kunimizda muhim bo`lgan inson omiliga, madaniy-

Доказательный фрагмент

«The article emphasizes the need to increase the number of hours of fine arts classes in schools and the benefits of increasing class hours for developing students' aesthetic education, creative thinking and interest i…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article emphasizes the need to increase the number of hours of fine arts classes in schools and the benefits of increasing class hours for developing students' aesthetic education, creative thinking and interest i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aesthetic education, creative thinking, practical skills, amaliy ko’nikma., ijodiy fikrlash, Estetik tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники