Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTONDA GAZETA VA JURNALLARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
UZBEKISTAN” JURNALI · KUNDAGI AHAMIYATI · Durdimurodova Dilnoza Umidjonovna
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Bugungi kunda ommaviy axborot va targ'ibotning asosiy vositalari gazeta va jurnallar desak mubolag'a bòlmaydi. Afsuski gazeta-jurnallarga aholi talabi, qanchalik tez va ko‘p sotilishi o‘rganilganda, xaridorlar soni yil emas, oy sayin kamayayotgani, jiddiy nashrlardan ko‘ra, ko‘ngilochar, teledasturlar jamlanmasi, turfa boshqotirma, krossvordlar to‘plangan gazetalar sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Kalit sòzlar: Gazeta, nashriyot, jurnal, madaniy-ma'rafiy, «Turkestanskiye vedomosti», «Turkiston viloyatining gazeti», krossword, “O‘zbekiston ovozi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Ishonch”. Gazeta ilk bor Rimda miloddan avvalgi I asrda (varaqa va byulleten shaklida), Xitoyda VII asrda (“Di bao” – “Poytaxt axboroti” nomi bilan) chiqqan. Gazetalarning siz va biz mutolaa qiladigan hozirgi ko‘rinishdagi turlari esa XVI- XVII asrlarda Yevropada paydo bo‘lgan. Ularni shaxslar, aksariyat matbaachilar, noshirlar, pochta xodimlari nashr qilgan. Ilk gazetalar haftada va 15 kunda bir marta chop etilib, kam nusxada bo‘lgan. Ularda asosan saroy yangiliklari, tijorat xabarlari bosilgan. XVI asrda Venetsiyada yozma axborotlar uchun “gazetta” degan chaqa pul to‘lashgan. 1631-yilda Parijda qirol Lyudovik XIII (1586- 1653)ning shaxsiy shifokori va yilnomachisi Teofrast Renodo parijlik kitobfurushlar Lui Vandom va Jan Marpen bilan birgalikda “La Gazzette” nomli vaqtli bosma nashrni tashkil etadi. “Gazeta” termini shu nashr tashkil qilingach ommalashgan. Gazetachilik XVIII asrdan eʼtiboran, ayniqsa, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQShda taraqqiy qila boshladi va bu mamlakatlarda ko‘plab ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi kundalik gazetalar paydo 92 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo‘ldi. Gazeta jamiyatda bòlayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy janrlarda ommaga yetkazadi va shu yoʻl bilan oʻz gazetxonlarida kundalik turmush voqealariga nisbatan maʼlum munosabat va tasavvur paydo boʻlishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy gʻoya va eʼtiqodlar shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrining natijasi hamda ifodachisi sifatida namoyon boʻladi. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakl-lantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. O'zbekistonda gazeta tarixi. Bugungi kundagi gazetalar dastlab Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk gazetalar – «Turkestanskiye vedomosti» («Turkiston vedomostlari») va «Turkiston viloyatining gazeti» 1870 yildan chiqa boshlagan. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tashkil etilgan mazkur nashrlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mustamlakachilarning yerli xalqlarga o‘zlarining siyosatlarini targ‘ib va tashviq etish edi. Mazkur gazeta harbiy okrug shtabi huzuridagi bosmaxonada nashr etilgan. tonda davriy matbuotning ibtidosi bo‘ldi. Unda o‘lka tarixi, madaniyati, geografiyasi, etnografiyasi, sanoati va boshqalarga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda o‘zbek tilida “Turkiston viloyatining gazeti” ham nashr etila bosh- ladi. 1917-yilgacha Turkistonda bu ikki gazetadan tashqari turli vaqtlarda o‘zbekcha va ruscha (baʼzan qirg‘iz va tojik tillarida) 100 dan ortiq gazeta chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari – Toshkent, Samarqand, Ashxabod, Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona va boshqa shaharlarda nashr etilgan. XX asr boshida taraqqiyparvar o‘zbek maʼrifatchilari nashr qilgan “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Buxoroyi Sharif”, “Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Najot”, “Farg‘ona nidosi”, “Turk eli”, “Hurriyat”, “El bayrog‘i” kabi gazetalar milliy gazetachilik tarixida munosib o‘rin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, “Taraqqiy” birinchi bor erkinlik, tenglik g‘oyalarini ilgari surdi, ja- didlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning maʼnaviy zamini masalasiga katta eʼtibor berdi. Shuning uchun ham “Taraqqiy” gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi yurtimizda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida belgilangan (1993).Ularning har ikkisi ham 1917 yilgacha chop ettirilgani sababli Turkiston matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatgan davriy nashrlar sanaladi. Takidlab o'tish kerak 1906 yilga qadar butun o‘lkada yagona «Turkiston viloyatining gazeti»dan bo‘lak mahalliy tilda bironta 93 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 gazeta nashr qilinmagan. Toshkentda o‘zbek tilidagi dastlabki mustaqil davriy nashrlarning paydo bo‘lishi 1905–1907 yillarda yuzaga kelgan 1-rus inqilobi davriga to‘g‘ri keladi. Bu, shubhasiz, o‘lka ijtimoiy hayotida tarixiy ahamiyatga ega muhim voqyea edi. Inqilobiy harakatlardan sarosimaga tushgan chorizm turli islohotlar soyasida matbuot sohasida ham yon berishga, s
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda ommaviy axborot va targ'ibotning asosiy vositalari gazeta va jurnallar desak mubolag'a bòlmaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda ommaviy axborot va targ'ibotning asosiy vositalari gazeta va jurnallar desak mubolag'a bòlmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “O‘zbekiston ovozi”, Gazeta, «Turkiston viloyatining gazeti», «Turkestanskiye vedomosti», krossword, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, madaniy-ma'rafiy, jurnal, “Hurriyat”, nashriyot, “Ishonch”.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014