К содержанию
РецензированоUZ2025

SSSRdagi mamuriy-buyruqbozlik boshqaruvining O’zbekiston SSRga ta’siri (1920-1990 yillar)

UZBEKISTAN” JURNALI · SSSRdagi mamuriy-buyruqbozlik boshqaruvining O’zbekiston SSRga · GulDU Tarix kafedrasi dotsenti G.Abdulxay

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada SSSRda mamuriy-hududiy buyruqbozlik boshqaruv tizimining O’zbekiston SSRda qanday amalga oshirilganligi tahlil qilinadi. Ushbu jarayon turli davrlarga bo’lib o‘rganilgan. 1920-yillardan boshlab to 1990-yillargacha bo’lgan davrlar tadqiq etiladi. Shuningdek, maqolada O’zbekiston SSRda boshqaruv shaklining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimga ta’sirini ko’rsatib berilgan. Kalit so’zlar: SSSR, O’zbekiston SSR, ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar, totalitar, YAIS, Oliy Sovet Prezdumi, Kommunistik partiya, “paxta ishi”, “qayta qurish”. SSSRdagi o’tgan asrning 70-yillik ma’muriy-buyruqbozlik rejim ostidagi boshqaruvi, uning mustamlakalardan biri bo’lgan O’zbekistondagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Bu tizimning mohiyati, davlat tomonidan boshqa sohalarga qattiq nazorat o’rnatish va majburiy tartib-intizomga amal qilishdan iborat edi. Bu davr O’zbekiston SSRda sovet hokimyatining mustahkamlanishi bilan birga, avtoritar boshqaruvining asoslari shakllangan. 1920- yillarda hali to‘liq totalitar boshqaruv tizimi o‘rnatilmagan. Bu jarayonni biz o‘lkadagi turli sohalarda hali ba’zi masalalarda biroz erkinliklar mavjud bo‘lganligini ko‘rish mumkin [1]. 1925 yillardan keyin, Iosif Stalin rahbarligi ostidagi boshqaruv partiyaning g’oyaviy yuksalishi va marksizm-leninizm mafkurasi asos qilib olingan. Komunistik partiyaning asosiy g’oyalari va vazifalari – kommunizm qurish, proletariat diktaturasi, xususiy mulkchilikni tugatish, internatsionalizm, bozor iqtisodiyotidan voz kechish hamda sinfsiz jamiyat barpo etishni o’z ichiga olgan edi. Ushbu g’oyalar asosida komunistik boshqaruv vujudga kelgan. Ko’p hollarda mahalliy sharoit hisobga olinmagan. Buyruqlarga bo’ysunmaganlar jumladan, diniy ulomalar, milliy jadidlar, “bosmachilar” qattiq taqib qilingan va ayovsiz jazolangan. 27 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1927-yildan boshlab, Iosif Stalin hokimyatni to’liq qo’lga oldi. Uning boshqaruv davri O’zbekiston SSR hokimyatiga ham katta ta’sir qildi. “Milliy davlat tashkil qilish” niqobi ostidagi siyosat negizida O’zbekiston SSR Markaziy Ijro Qo’mitasi tuzilib, uning raisi Yo’ldosh Oxunboboyev tayinlangan.[2] Bu ibora aholi orasida kommunistik go’yalarni targ’ib qilish uchun qo’llanilgan. Aynan shu davrda butun SSSR, hamda O’zbekiston SSR hududida ham YAIS siyosati davom etayotgan edi. Lekin, iqtisodiy siyosat 1928-yilda Komunistik Partiya rahbari Iosif Stalin tomonidan tugattirilib, uning o’rniga ma’muriy kollektivlashtirish va sanoatlashtirish siyosati boshlab yuborildi. Aslida bu siyosatni amalga oshirishdan maqsad, Sovet Ittifoqini tezkor ravishda industrial davlatga aylantirish va qishloq xo’jaligini davlat nazoratiga olish edi. Buning natijasida O’zbekiston SSR qishloq xo’jaligi va iqtisodiyoti og’ir ahvolga kelib qoldi. Shu bois vaqtinchalik davom etgan YAIS O’zbekiston SSR hududida rasman 1933-yilda tugatiladi.[3] 30-yillardan I.Stalin o’z diktaturasini mustahkamlash maqsadida o’ziga bo’ysunmagan ziyoli va aholining turli qatlam vakillarini yo’q qila boshlagan. Bu jarayon O’zbekiston SSRda ham partiya yetakchilari, milliy ziyolilar, din vakillari qatag’on qilingan. O’zbekiston SSR Oliy Sovet Prezdumi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Yo’ldosh Oxunboboyev bu aynchli vaziyat ishtirokchisiga aylanib qolgan va markazdan kelgan buyruqlarni so’zsiz bajargan. Ammo qatag’on davomida Yo’ldosh Oxunboboyevning o’zi ham omon qolmagan. Ziyolilar “burjua millatchilari”, “xalq dushmanlari” kabi nomlar bilan qatag’on qilingan. Millatimiz oydinlardan Abdulhomid Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir va boshqalar; O’zbekiston SSR rahbarlaridan Fayzulla Xo’jayev, Akmal Ikromov, Ishoqxon To’ra Ibratlarni aytib o’tish kerak. Iosif Stalin siyosati katta talofatlarga olib kelib, bu SSSR tarixidagi avtoritarizm davri bo’lgan. [4] Keyingi davrlar ham I.Stalin boshqaruvida bo’lib, mustabid tuzumning eng avj olgan davri hisoblanadi. Xususan, 1940-yillarda qattiq markazlashgan boshqaruv, qishloq xo’jaligi va sanoat bo’yicha rejalar, siyosiy qatag’onlar davom etayotgan eng o’g’ir davrga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, butun dunyo bo’ylab ko’p insonlarning umriga zavol bo’lgan Ikkinchi jahon urishi boshlangan edi. Asosiy urish ishtirokchilaridan biri bo‘lgan SSSR davlati askarlari uchun frontga katta miqdorda oziq-ovqat, kiyim-kechaklar va turli xom- ashyolar yetkazilishi kun tartibidagi masalaga aylandi. Bu mas’uliyatni O’zbekistonSSR xalqi bo’yniga qo‘yildi. Urush tufayli SSSR hududidagi katta- 28 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 katta sanoat korxonalari O’zbekiston SSRga evakuvatsiya qilindi [5]. Sanoatda transformatsiya jarayoni yuz berdi. 1953-yilda Iosif Stalin vafot etadi. Hokimiyat tepasiga Nikita Sergeyevich Xrushchov yangi rahbar etib tayinlandi. Nikita Xrushc

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada SSSRda mamuriy-hududiy buyruqbozlik boshqaruv tizimining O’zbekiston SSRda qanday amalga oshirilganligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada SSSRda mamuriy-hududiy buyruqbozlik boshqaruv tizimining O’zbekiston SSRda qanday amalga oshirilganligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“qayta qurish”., SSSR, YAIS, Oliy Sovet Prezdumi, Kommunistik partiya, avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik, O’zbekiston SSR, “paxta ishi”, totalitar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники