Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
NEYROLINGVISTIKA: INSON TAFAKKURINING TIL ORQALI NAMOYONI VA ZAMONAVIY HAYOTDAGI FUNKSIONAL ROLI
Babaxodjayeva E’zozaxon Jamshid qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lgan neyroligvistikani, uning boshqa sohalar bilan a’loqasi, kasalliklar turlari va ularning kelib chiqish sabablarini, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Neyrolingvistika nevrologiya va lingvistika fanlarining o‘zaro kesishish natijasida sodir bo‘lgan jarayonlarni o‘rganadigan fan. Tezisdagi tahlil neyrolingvistikaning lingvistikadagi morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semantika, fonetika va fonologik sathlar bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, neyrolingvistikaning nutq patalogiyasidagi kasalliklar va ularning inson nutqida ko‘rinishini tahlil etadi. Ushbu tezisda neyrolingvistikadagi muammolar va ularga miya faoliyatidagi nuqsonlar sababchi ekanligini ko‘rib chiqamiz. Kalit so'zlar: Neyrolingvistika, lingvistika, psixologiya, nevrologiya, afaziya, kognitiv fan, hujayra, neyron, bosh miya, o‘ng yarimshar, chap yarimshar, fonetika, fonologiya, morfologiya, leksikologiya, sintaksis, semantika, nutq patalogiyasi, dislaliya, dizartriya, alaliya, stammering, disgrafiya, disleksiya, meditatsiya, miya, miyacha, tashqi faktor, ichki faktor. Lingvistikaning nevrologiya bilan a'loqasi Hozirgi XXI asrda lingvistika juda koplab sohalar bilan aloqaga kirishmoqda; Biologiya, matematika, kompyuter va boshqalar. Shuningdek, bu fanlar bilan chegaralinb qolmay, nevrologiya sohasi bilan ham chambarchars bog'liq holda o'rganilayapti. Buni bizlar neyrolingvistikada ko'rishimiz mumkin. Neyrolingvistika va tilshunoslik o'rtasidagi bog'liqliklar Neyrolingvistika — Miyadagi ayrim hududlar shikastlanishi nutq jarayonlarining shakllanishi, o'zgarishi, tushunilishini va ularning sabablari va yechimlarini o'rganuvchi fan. U psixologiya, lingvistika va nevrologiya sohlari bilan uzviy bog‘liq va aloqador. Zamonaviy neyrolingvistika nutqni tizimli sistema, afaziyani (nutqni ishlab chiqarish va qabul qilishning buzulishi) esa bu sistemning buzulishi deb qaraydi. Soddaroq qilib aytsak, nutqimiz miyamiz orqali boshqariladi, miyada turli xil neyron va hujayralar bor va ularning holatiga qarab bizning nutqimiz shakllanadi. Biz neyrolingvistikani kognitiv fanlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Bu fanning asosiy yo‘nalishi tilni bosh miyaning kommunikatsiya paytida nevrologik reaksiya va o‘zgarishlarini o‘rganish. Buni o‘rganish paytida ikkita asosiy faktor bor : ~ 49 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ➢ Tilni aloqa vositasi sifatida miya tomondan qabul qilinishi, ya’ni tashqi faktorlarni o‘rganish; ➢ Til miyaning turi zonalarida bir biri bilan ta’siri,ya’ni ichki faktorlarni o‘rganish; Neyrolingvistika tilshunoslikning ko‘pgina sathlari bilan aloqador holda o‘rganiladi : ➢ Fonetika : qay holda odam miyasi nutqni turli xil akustik tovushlar va shovqinlardan ajratib olishini ; ➢ Fonologiya : qanday qilib ma’lum bir tilning fonologk sistemasi odam miyasida tasavur qilinishini yokida aks etishini; ➢ Morfologiya va leksikologiya : inson miya yarimsharlarida bir tilning so‘z boyligini saqlanishi va inson lekskasini foydalana olish darajasini; ➢ Sintaksis va semantika : gaplar va iboralarga so‘zlarning birikishi, gaplarni anglashda strukturaviy va semantikadan qanday foydalanishi. Neyrolingvistikaga hozirgi kunda ehtiyoj sabablari Hozirgi kunda neyrolingvistikaga bo‘lgan talab kundan kunga oshmoqda. Ya’ni buni biz bir yoshdagilarning nutqidagi farqlari, logopetga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, alsigeymer kasalligiga moyillik va uning yosharishi, so‘zlarni xotira bilan bog‘liqligi, bilingvizm, tashqi va ichki nutq-ong ostidagi nutqning turliligi,qizlar va bollar tilni qo‘llayotganda ohang, ton, ritm, pauza, temp, intonatsiyalarida farqlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Har bir inson nega bunday bo‘layotganiga qiziqishi tabiiy holat va bularni sabablarini quyida bilib olsangiz bo‘ladi: Dislaliya - tovushlarni noto‘g‘ri talafiz qilish; Afaziya - nutq sistemasida miyadagi neyron va hujayralarni shikastlanish natijasida sodir bo‘lgan muammolar; Dizartriya - nutq mushaklarining harakati buzulishi tufayli vujudga keldigan talaffuzdagi muammolar; Alaliya - nutqni rivojlanmaslgi yoki bolalarda kechikishi; Stammering - so‘zlarni boshlashda yoki davom ettirishdagi qiyinchilik; Disgrafiya va disleksiya - yozma nutq va o‘qish paytidagi buzulishlar va qiyinchiliklar; • Meditatsiyaning bosh miyaga va odam fe’liga ta’siri ; • Bosh miyadagi onkologik kasalliklarni o‘rganish ; • O‘ng va chap qo‘lliklarda miya yarimsharlarida til va nutqni kodlashni o‘rganish; • Ona tilida so‘zlashuvchilarning tilning sistemasi va tuzilshini tadqiq qilish; • Yozuvning(chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, o‘ngdan tepadan pastga va chapga yozish) tilni o‘rganish jarayonida ta’siri; Miya yarim sharlari va ular javob beradigan funksiyalar ~ 50 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Insonda ikkita miya : miya va miyacha bor. Miyacha - ta’na muvozanatini saqlaydi. U engsa chuqurchasida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lgan neyroligvistikani, uning boshqa sohalar bilan a’loqasi, kasalliklar turlari va ularning kelib chiqish sabablarini, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo‘lgan neyroligvistikani, uning boshqa sohalar bilan a’loqasi, kasalliklar turlari va ularning kelib chiqish sabablarini, shuningdek zamonaviy tilshunoslikdagi o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Neyrolingvistika, lingvistika, psixologiya, nevrologiya, afaziya, sintaksis, leksikologiya, morfologiya, dislaliya, alaliya, kognitiv fan, tashqi faktor, miya, fonetika, miyacha, ichki faktor., hujayra, stammering, meditatsiya, semantika, fonologiya, o‘ng yarimshar, nutq patalogiyasi, disleksiya, dizartriya, disgrafiya, bosh miya, chap yarimshar, neyron
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021