Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK ARAFASIDA O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR ZARURIYATI.
TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR ZARURIYATI. · Azimova Maftuna Muhammadaminovna
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan M.Mahmudov, G.E.Mo’minovalar tadqiqot ishlarini olib borgan bo’lib, mazkur tadqiqotlarda sog’liqni saqlash va tez tibbiy xizmati sohasining sovetlar hukumronligi davridagi faoliyati o’rganilgan. R.Mo’minov, S.Djumanov tomonidan esa soha faoliyatining mustaqillik yillardagi jarayonlari umumiy tarzda tahlil etilgan. Mazkur ishimizda yuqorida sanab o’tilgan tadqiqotchilarning ishlari muhim manbaviy asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek biz tadqiqotga metodologik yondashgan holda arxiv manbalaridan, gazeta va jurnallardan ham to’laqonli foydalandik. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda tibbiyot sohasining muhim va asosiy bo’g’ini hisoblangan qishloq vrachlik punkti va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida yuzaga kelgam muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan hukumat qarorlarini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo’ydik. Shuningdek maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi aholi salomatligining umumiy holatlarini islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar asosida qiyosiy o’rganilgan. Shuningdek olingan tahlil natijalari asosida tibbiyot sohasi hodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: Sog’lik, shifokor, qishloq xo’jaligi, salomatlik, JSST, kimyolashtirish, kasallik, tibbiyot, aholi, tibbiy xizmat, tez tibbiy yordam, ekologiya. 16 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5 Kirish so’z. So’ngi yillarda dunyoda atrof-muhit muhofazasi bilan bog’liq muammolar, globallashuv jarayoni, turli xil epidemiya va viruslarning yangi turlari tarqalayotganligi bugungi kunda dunyo mamlakatlarida xususan respublikamizda sog’liqni saqlash sohasiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Jismonan sog’lom, teran fikrlaydigan fuqarolar mamlakat tayanchi hisobanadi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog’liqni saqlash sohasini isloh qilishga jiddiy kirishilgan. Hukumatimiz bu borada ko’plab xalqaro tashkilotlar va davlatlar bilan ko’p yillarga mo’ljallanga dasturlar asosida ish olib bormoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi, xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, sil kasalligigi va boshqa ko’plab kasalliklarga qarshi kurashish yuizasidan qator ijobiy natijalarga erishildi. O’zbekiston Respubikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng boshqa sohaar kabi sog’liqni saqlash sohasida ham qator ijobiy yangiliklar amalga oshirildi. Tibbiyot sohasida ham yangi davrga qadam qo’yildi. Sho’rolar davridan qolga sog’liqni saqlash tizimi sohada bir qancha muammolar yig’ilib qolganligini ko’rsatdi. Yosh mustaqil davlat o’z oldiga ijtimoiy sohadsa shu jumladan birinchi galda sog’liqni saqlash sohasidagi nuqson va kamchiliklarga chek qo’yish hamda bu sohani yangi yuqori bosqichga ko’tarish choralarini ko’rishga kirishdilar. Shu sababga ko’ra mazkur sohaga oid jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish dolzarb hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga doir qator maqolalar va ilmiy ishlar nashr etildi. Bu davrdagi adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’pchilik tadqiqotchilar e’tibori asosan xalq tabobatini o’rganishga qaratilgan. Ushbu soha bir guruh tarixchi olimlar tomonidan tarixiylik nuqtai nazaridan ham tadqiq etildi. Bunda asosan M.Mahmudov va G.E.Mo’minovaning izlanishlari diqqatga sazovordir. Ular tomonidan sohaning XIX asrning oxirgi choragi va sovet davri tarixi bo’yicha izlanishlar olib borgan. Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog’liqni saqlash tizimini yoritishga qratilgan bir qator dissertatsiya ishlari ham himoya qilindi. M.Maxmudov,O.Ismoilov, K.Allaberganov, M.D.Maxsumov, N.Rasulov kabilarning dissertatsiya ishlari shular jumlasidandir . Ta’kidlash joizki, himoya qilingan dissertatsiya ishlarida sohaning asosan XIX-XX asr tarixi o’rganilib, asosiy e’tibor sog’liqni saqlash tizimining yo’lga qo’yilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish , 17 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5 yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, sanitariya-epidemiya xizmati kabi muassasalarga qaratilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyati yuzasidan D.Jumanov, R.Mo’minovlarning olib borgan ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimining mustaqillik davri tarixiga doir ilmiy adabiyotlarni o
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun res…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun res… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shifokor, Sog’lik, ekologiya, kasallik, tibbiy xizmat, salomatlik, tibbiyot, kimyolashtirish, qishloq xo’jaligi, tez tibbiy yordam, aholi, JSST
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026