Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
LEKSIKOGRAFIYA
Azimova Shoira Rustam qizi
Interpretation and researches · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tilshunoslikning qismlaridan biri boʻlgan leksikografiya haqida tushuncha beriladi. Leksikografiya lugʻatlarning insonlar hayotidagi oʻrni va vazifasi, soʻzlarning ma’nolarini, ularning ishlatilinishi va shakllanishi bilan shug‘ullanadi. Mazkur maqola orqali leksikografiyaning insonlar hayotidagi o‘rni haqida bilib olinadi. Kalit soʻz va iboralar: Lugʻatlar qoʻllangan maqsadga qarab tiplari, nazariy va amaliy leksikografiya, lugʻat turlari, universal va soha qomuslari, umumiy va xususiy lugʻatlar, oʻzbek leksikografistlari. Leksikografiya leksikologiyaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Leksikografiya - ma’lum bir tilga xos boʻlgan soʻzlarni yegʻish, ularni muayyan bir sistemaga solish, lugʻat tuzish va oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Lugʻat - soʻzlarning ma’lum maqsad bilan toʻplangan, tartibga solingan shakli. Qadimda ham insonlar lugʻatlarning qoʻlyozma shaklidan turli maqsadlarda foydalanganlar. Biroq, leksikografiya alohida soha sifatida XIX asrning oxirida yuzaga keldi va rivojlana boshladi. Hozirgi rivojlangan va raqamlashtirilgan davrda insonlar uchun yangi informatsiya va yangiliklarni o‘rganish ancha yengillashgan. Texnologik taraqqiyot leksikografiya sohasini ham yangi bosqichga olib chiqdi. Lug‘atlarning turlari ko‘payib, vazifasi yanada kengaydi. Su’niy intelekt va avtomatik matn tahlili vositalari yordamida so‘zlarning kontekstdagi ma’nosi, so‘zlarni talaffuzini tinglash, sinonim va antonimlar haqida ko‘proq ma’lumot berish imkonini yaratib bermoqda. Hozirda leksikografiyani nazariy va amaliy yo‘nalishlarga bo‘lamiz: Nazariy leksikografiya lug‘at tuzish jarayoning ilmiy asoslarini o‘rganadi. Bu yo‘nalishda so‘zlarni lug‘atga tanlab olish, so‘z ma’nolarini ifodalash, lug‘at materiallarini qay tartibda joylashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchiga qulat holatda taqdim etish kabi mavzular bilan shug‘ullanadi. Amaliy leksikografiyada esa nazariy bilimlarga asoslanib, bevosita lug‘atlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Amaliy leksikografiyada lug‘atning maqsadli auditoriyasini aniqlash, lug‘at tipini belgilash, so‘zlarni to‘plash va ma’lum bir tizimga solish va har bir so‘z uchun ravshan ta’rif berish kabi ishlar amalga oshiriladi. Leksikografiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi: ~ 45 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman • Lugʻat tuzish prinsiplari va metodikasini ishlab chiqish; • Lugʻat tuzish uchun asos boʻla oladigan kartoteka fondi ( kartochkalar toʻplami) ni tuzish; • Tarixdagi lugʻatchilik sohasini oʻrganish • Lugʻat tuzish bilan mashgʻul boʻlish • Lugʻatshunoslarning ishini tashkil qilish Lugʻatlar qoʻllangan maqsadiga koʻra ikki tipga boʻlinadi: 1. Qomusiy (ensiklopedik) lugʻatlar 2. Lisoniy ( lingvistik) lugʻatlar Qomusiy lugʻatlar asosiy e’tiborni tildagi soʻzlarga emas, balki oʻsha soʻzlar vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi. Bu lugʻat tipiga davlat, shaharlar, buyuk shaxslar, tarixdagi voqea va jarayonlar, ilm-fan sohasidagi oʻzgarishlar, tabiat va jamiyatdagi hodisalar haqida ma’limot beradi. Qomusiy lugʻatlar ham 2 turga boʻlinadi: universal qomuslar va soha qomuslari. • Universal qomuslari. Bunday lugʻatlarda fan, adabiyot, tabiat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar,hodisalar va shu sohada tanilgan buyuk shaxslar haqida ma’lumot beriladi. • Soha qomuslari. Bu qomuslarda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi. Lisoniy lugʻatlarda til va nutq birikmalari, til kategoriyalari haqida ma’ lumot beriladi. Bu turdagi lugʻatlarda soʻz ma’nolari, imlo, talaffuz, iboralar va xalq maqollarini koʻrish mumkin. Lisoniy lugʻatlar ham qomusiy lugʻatlar kabi ikkiga boʻlinadi: umumiy lugʻatlar va xususiy lugʻatlar. • Umumiy lugʻatlarda umumtil birliklari, ularning ma’nolari izohlanadi. • Xususiy lug‘atlar tilning lug‘at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo‘yicha yoki shu shu tildagi ma’lum guruhlar bo‘yicha izohlanadi. Hozirgi kunda insonlar turli xil lugʻatlardan foydalanishadi. Ularga misol sifatida ikki tillik tarjima lugʻati, izohli lugʻat, terminologik lugʻat, frazeologik lugʻat, orfografik lugʻat, orfoepik lugʻat, tarixiy lugʻat, ensiklopedik lugʻat, imlo lugʻat va boshqalarni keltirish mumkin. Mavjud lugʻatlar uchun ta’rif: Tarjima lugʻat. Bunday lugʻatlar bir tildan ikkinchi tilga ma’no jihatidan bir- biriga yaqin va mos bo‘lgan so‘zlarni tarjima qilish. Tarjima qilinayotganda avval bir-biriga yaqin bo‘lgan sinonimlar, so‘ng esa uzoqroq bo‘lgan ma’noviy so‘zlar yozib, tuziladi. Tarjima lugʻati ikki xil ko‘rinishga ega: 1. O‘zga tildan o‘z tilga tatjima lugʻatlari 2. O‘z tildan o‘zga tilga tarjima lugʻatlari Izohli lugʻat. Muayyan so‘zlarni jamlab, ularning barcha ma’nolarini izohlab, tushuntirib berish. ~ 46 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Izohsiz lugʻat. So‘z yoki terminlarning imlosini, tushunchalarning, misol tariqasida ; ruscha-o‘zbekcha yoki o‘zbekcha-ruscha nomlarini berish bil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tilshunoslikning qismlaridan biri boʻlgan leksikografiya haqida tushuncha beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tilshunoslikning qismlaridan biri boʻlgan leksikografiya haqida tushuncha beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- umumiy va xususiy lugʻatlar, Lugʻatlar qoʻllangan maqsadga qarab tiplari, oʻzbek leksikografistlari., nazariy va amaliy leksikografiya, universal va soha qomuslari, lugʻat turlari
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025