К содержанию
РецензированоUZ2024

SHIFOBAXSH “ZAʼFARON” NING XOSSALARI.

Insights Across the Disciplines · Boynazarova Sayyora Ro`zikulovna · Toshpo`latova Shaxrizoda Muxtor qizi · Ozarbayjonda katta

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

ushbu maqola zafaron gulining xususiyatlari, o`sish joyi va o`stirish texnologiyasi haqida keng yoritilgan bo`lib, dorishunoslik va xalq tabobadida qo`llanilish usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Kalit so`zi: zafaron, piyoz,changchi, sanoat, parfimeriya, hastalik,… Zaʼfaron (Crocus sativus – lotin.) – sapsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90-100 ming dona zaʼfaron gulidan 1 kg 356 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Zaʼfaron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qoʻllaniladi. Zaʼfaron oʻrta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay kelayotgan yagona ziravordir. Oʻrta asrlarda bir qadoq (450 g) zaʼfaronni zotli arab chopqir otiga ayirboshlash mumkin boʻlgan. Zaʼfaron haqida tarixiy manbalar Bu ziravorning nomi deyarli hamma tillarda arabcha “sariq” maʼnosini beradigan “Zaʼfaron” soʻzidan olingan boʻlib, qadimda mazkur noyob oʻsimlikdan boʻyoqlash moddasi sifatida foydalanilganidan dalolat beradi. Hozirgi davrda zaʼfaron oʻzining azaliy ahamiyatini yoʻqotib, asosan pazandalikda ishlatiladi va oltin bilan teng baholanadigan yagona ziravordiryu. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch yuz tonna zaʼfaron yetishtiriladi. (2017-yil holatiga koʻra) Maʼlumki, zaʼfaron insoniyatga ziravor sifatida isteʼmol qilinishi toʻrt ming yildan koʻproq tarixga ega boʻlib, boʻyoq sifatida neolit davrida togʻlarda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Eronda eramizdan avvalgi X asrda zaʼfaron tolalarini qurbonlik oʻraladigan matolarni boʻyashda ishlatilgan, undan shuningdek kuchli tomizgʻi sifatida foydalanib, attorlik mollari va lazzatli yogʻlar tayyorlashgan. Iskandar Zulqarnayn armiyasida jarohatlarni davolashda ishlatilgan. Qadimgi Ahdda (Tavrotda) zaʼfaron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, boʻyoqchilik va attorlik moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari liboslarini boʻyash uchun ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati zaʼfaronni dori sifatida, teri va matolarga boʻyoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U – eng mazali ziravor, sifatli tabiiy boʻyoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo boʻluvchi moddadir. Sharqda ilgarilari u “qizil oltin” deb nomlangan. Zaʼfaron qim-matbaholigining sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaq-qatli ish, ikkinchidan, 357 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 xushboʻyligi, taʼmi va davolash xususiyatlari boʻyicha zaʼfaron ziravorlar orasida tengsizdir. Zaʼfaronning rivojlanishi va tarkibiy moddalari Zaʼfaron – yiliga bir marta 10-15 kun ommaviy gullaydigan, har bir gul ochilishining davomiyligi faqat 2-3 kun boʻlgan qirmizi “krokus” (lotincha nomi) onalik guli tumshuqlarining quritilganidir. Zaʼfaron gullari va xususan onalik gullarini qayta ishlash faqat qoʻl mehnati bilan amalga oshiriladi. Onalik gullari tumshugʻi faqat gullarning birinchi ochilgan kuni qirqib olinishi lozim. Uning sifati terim va uni quritishning tezligi bilan bogʻliqdir. Bir kilogramm zaʼfaron yigʻish uchun tongda quyosh hali onalik gullarini quritib ulgurmasidan, 150 ming dona atrofidagi guli terib olinishi lozim. Bir gektar yer maydonidan terimchilarning mahorati va ob- havoning munosib sharoitiga qarab 8-12 kilogramm zaʼfaron yigʻib olish mumkin. Zaʼfaronning kimyoviy tarkibi 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va moʻm , 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yogʻ ekstraktidan iborat oʻziga xos va xushboʻy yoqimli moddalardan tarkib topgan. Zaʼfaronning inson salomatligiga doir xususiyatlari Qadimgi zamonlardan maʼlumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U ogʻriqni qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi, tushkunlikdan chiqaruvchi, quvonch gormoni – serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Shunday qilib, zaʼfaron – inson doimiy isteʼmol qilishga oʻrgani

Доказательный фрагмент

«ushbu maqola zafaron gulining xususiyatlari, o`sish joyi va o`stirish texnologiyasi haqida keng yoritilgan bo`lib, dorishunoslik va xalq tabobadida qo`llanilish usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqola zafaron gulining xususiyatlari, o`sish joyi va o`stirish texnologiyasi haqida keng yoritilgan bo`lib, dorishunoslik va xalq tabobadida qo`llanilish usullari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
synapses insights, insights across, across disciplines, moddasi sifatida, ming dona, disciplines synapses, disciplines issn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники