К содержанию
РецензированоUZ2026

TILLARNING TIPOLOGIK (MORFOLOGIK) TASNIFI

Asqarova Saidaxon Akmal qizi

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Mazkur maqola orqali tillarning tipologik tasnifi bilan tanishamiz. Bu tasnif orqali ularning xususiyatlarini va shu xususiyatlar orqali guruhlarga ajratishni o‘rganamiz. Kalit so‘zlar. Amorf, flektiv, agglyutinativ, polisintetik. Tillarni genetik, morfologik va struktural tasnif asosida turlarga ajratish tilshunoslikda tillar tipologiyasi deb yuritiladi. Tipologiyaning asosiy masalasi - umumiy tipologik metod orqali til tizimlarini qiyosiy o`rganish. Lingvistik tipologiyaning asosi bo`lgan struktural tipologiya turlitillarning struktural belgilarini sistemaga soladi. XIX-XX asrlarda tillar yana bir jihatdan tipologik jihatdan tasnif qilindi. Tipologiya – grek (typos – shakl, namuna, logos – ta’limot) bo‘lib, ushbu tasnifning maqsadi shundan iboratki, tillar qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat’iy nazar ichki tuzilishi, morfologik tuzilishiga ko‘ra guruhlanadi. Shu bois ushbu tasnif ikki xil nom bilan – tipologik yoki morfologik tasnif deb yuritiladi. Tipologiya bir tomondan, tillarni tasnif qilishning umumiy nazariyalari, qonun-qoidalari va usullarini o‘z ichiga olsa, ikkinchi tomondan u til sistemasi birliklarini umumiy belgisi, xususiyati asosida tasnif qilish bilan shug‘ullanadi. Lingvistik tipologiya til sistemasi va strukturasi qonun – qoidalariga tayangan holda tilning umumiy va o‘ziga kategoriyalarni o‘rganadi. Morfologik tasnifda tillar qarindoshlik munosabatlaridan qat’iy nazar grammatik tuzilishi asosida 4 ta asosiy guruhga ajratiladi: 1. Flektiv 2. Agglutinativ 3. Amorf 4. Polisintetik Tillarning morfologik tipologiyasiga bag‘ishlangan dastlabki ilmiy asar Germaniyada 1809-yilda Fridrix Shlegel tomonidan yaratilgan. “Hindlarning tili va donoligi haqida” nomli asarida F. Shlegel tillarni flektiv va affiksal tillarga ajratadi. Uning fikricha, tillar paydo bo‘lgan kundan boshlab, bu ikki turdan biriga mansub bo‘ladi va shundayligicha qoladi. ~ 30 ~ “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 1818-yilda F. Shlegelning ukasi Avgust Shlegel “Provansal tili va adabiyoti to‘g‘risida xotiralar” nomli asarida tillarni flektiv, affiksal va amorf tillarga ajratadi. U amorf tillarga xitoy - tibet tillarini kiritib, ularning xususiyatlari to‘grisida batafsil ma’lumot beradi, flektiv tillarni esa sintetik flektiv tillar va analitik flektiv tillarga ajratishni tavsiya etdi. Aka-uka Shlegellardan keyin bu masala taniqli nemis olimi, tilshunoslik fanining asoschilaridan biri Vilgelm Fon Gumboldt tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqildi. U tillarni flektiv, agglutinativ, ajratuvchi (amorf), mujassamlashtiruvchi (polisintetik) deb nomlanuvchi to‘rt turga ajratdi. Flektiv tillar. Flektiv tillarda so`zlarning morfologik tuzilishida fleksiya asosiy o`rin tutib, u ichki va tashqi turlaga bo`linadi. Fleksiyada bir grammatik vosita bir necha grammatik ma'noni ifodalash uchun qo`llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan, rus tilidagi ruka so`zidagi -a okonchaniyesi bir yo`la jenskiy rod, birlik son, imenitelniy padej ma'nolarini ifodalaydi. Flektiv tillarda affikslar asosdan oldin ham (prefikslar),keyin ham (suffikslar), o`rtada ham (infikslar) kelishi mumkin. Flektiv tillarga, avvalo, hind-yevropa tillari kiradi va ular asosda o`zgarishlar yuz berishi bilan xarakterlanadi. Masalan, rus tilida бегать – бежать, летать – лечу va h.k.Ushbu tillar analitik va sintetik tuzilishga ega bo`lib, analitik tuzilishda grammatik ma'nolarni ifodalashda yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohang katta rol o`ynaydi. Analitik tuzilishli tillarga ingliz, fransuz, nemis, arab va boshqa tillar kiradi. Sintetik tuzilishda esa grammatik ma'nolar so`z shakllari tarkibidagi fleksiyalar – o`zgarishlar, shakl hosil qiluvchi suffikslar va prefikslar orqali ifodalanadi. Sintetik tuzilishli tillarga rus, polyak, belorus, litva va boshqa tillar kiradi. Bunday tillarda turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar bir necha turli bo`ladi. Nutqda so`zlar orasidagi sintaktik munosabatlari asosan fleksiyalar asosida amalga oshiriladi. Analitik flektiv tillarda, garchi fleksiyalar bo`lsa ham, ularning miqdori katta emas, gapdagi so`zlar orasidagi sintaktik munosabat ko`proq so`z tartibi va yordamchi so`zlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun analitik tillarda so`z tartibi qat'iy, har bir gap bo`lagi o`z o`rnida turishi shart. Bu tillarda odatda gapning egasi birinchi o`rinda (kesimdan oldingi o`rinda), kesim ikkinchi o`rinda (egadan keyingi o`rinda), agar kesim o`timli fe'l bilan ifodalangan bo`lsa, unda uchinchi o`rinda (kesimdan keyin) to`ldiruvchi turadi. Sintetik flektiv tillarda so`z tartibi nisbatan erkin bo`ladi. Agglyutinativ tillar. Agglyutinativ tillarga turkiy, fin-ugor, yapon, koreys, dravid, bantu tillari kiradi. Bu tillarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Affikslarga boy, gapda so'zlarni bir-biriga bog‘lash uchun asosan ana shu qo‘shimchalardan foydalaniladi. 2. Bir affiks bir grammatik ma’no ifodalaydi, shu xususiyati bilan agglyutinativ tildagi affikslar fleksiyalardan farq

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola orqali tillarning tipologik tasnifi bilan tanishamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola orqali tillarning tipologik tasnifi bilan tanishamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polisintetik., agglyutinativ, flektiv, Amorf
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники