К содержанию
РецензированоUZ2025

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING RIVOJLANISHI

SCIENCE SHINE · XO‘JALIGINING RIVOJLANISHI · Jahongir Usmanov Xujaqulovich

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qotgan (halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan), iqtisodining 60 foizini urush xarajatlariga yo‘naltirgan O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga kelishga ulgurmay turib, endi paxta «fronti»da jonbozlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelgan. Moskvaning paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldiga juda baland reja qo‘yishi natijasida 1949- va 1950-yillarda reja topshiriqlari bajarilmadi. To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952-yy.) paxtachilikka ajratilgan maydon 148 ming gektarga ko‘paydi, respublikaning tabiiy va insoniy imkonlarini shafqatsiz ishlatish hisobiga paxtaning yalpi hosili shu davrda keskin oshdi. Paxta ekiladigan maydonlar kolxozchilarning shaxsiy yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobidan keskin kengaytirildi. 1950-yilda sovet siyosiy rahbariyati tomonidan kolxozlarni yiriklashtirish va ularni mutaxassislar bilan ta’minlash siyosati boshlandi. Mazkur siyosat nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy-mafkuraviy maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. Mavjud mayda kolxozlar o‘rniga yanada yirikroq kolxozlar tuzildi. Sovet hukumati joylardagi partiya idoralari orqali kolxozlar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bu O‘zbekistonda ham kolxoz qurilishi jarayonining siyosiylashtirilganidan dalolat beradi. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda xomashyo yetishtirish sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi. Neft, ko‘mir qazib olish, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar, po‘lat ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda oshirib borish iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganli gini yanada mustahkamladi. Mazkur davrda sovet tuzumining qatag‘on siyosati davom etib, bu jarayon fan va madaniyat namoyandalariga qarshi o‘tkazilgan kampaniyalarda o‘z aksini topdi. Markazning ko‘rsatmasi bo‘yicha, respublika siyosiy rahbariyati ilm-fan, adabiyot va 71 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 san’atning ba’zi vakillarini «feodal o‘tmishni ideallashtirishda va undagi ayrim arboblarning o‘zbek halqi tarixidagi roliga «nomarksistik» yondashish orqali baho berganliklari uchun ayblagan edi. O‘zbekiston SSR kommunistik partiyasi markaziy komitetining 1952-yil fevraldagi X plenum qarorlarida bir qator o‘zbek olimlari va madaniyat arboblarining ijodlari qattiq tanqid qilindi, xalq og‘zaki ijodi asarlariga o‘ta salbiy baho berildi. «Alpomish» xalq dostonini esa mutlaqo jaholatparastlikda ayblashdi. Biroz keyinroq «feodal o‘tmishni ideallashtirganliklari» uchun Oybek, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Hamid Sulaymonov va boshqalar qatag‘on qilindi. 1960 yillar boshida shaharlarda, hatto non ham yetishmasdi. 1962 yil 1 iyundan hukumat vaqtincha go‘sht va yog‘ning narxini oshirishga majbur bo‘ldi. Bu odamlar, avvalo, ishchilar orasida norozilikni keltirib chiqardi. 1963 yildan boshlab hukumat chetdan g‘alla sotib ola boshladi. Bu davrda O‘zbekistonda turli sanoat korxonalari qurilgan. Mirzacho‘l, Surxon- Sherobod va Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaytirilgan. Sovet Ittifoqi boshqaruviga kim kelishidan qat’i nazar, undagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot asoslari keyingi yillarda o‘zgargan emas. 1970- yillarda «SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat» qurilgani e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda sovet hokimiyati qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning turmush darajasi dunyoning ilg‘or mamlakatlarinikidan ancha orqada qoldi. 1970–1980-yillarning o‘rtalaridagi davr O‘zbekiston dehqonchiligi uchun juda og‘ir kechdi. Paxta maydonlarining kengayib borishi O‘zbekiston ekologiyasining buzilishiga sabab bo‘ldi. XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan- yilga kamaya bordi. Oqibatda Orol dengizida suv sathi jadal sur’atlarda pasayib, u quriy boshladi. Dengiz suvining sho‘rlanishi kuchayib, baliq va boshqa suv jonivorlari keskin kamayib ketdi. Orol dengizining qurib borishi Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1959 yil 15 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917– 1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi. Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 8-noyabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950–1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi lavozimida iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar sifatida 72 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 yaxshi taassurot qoldirdi. Sh. Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Paxtach

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jadal sur, urushdan keyingi, siyosiy rahbariyati, keyingi yillarda, sur atlarda, science shine, shine international
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники