К содержанию
РецензированоUZ2025

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANIDAN O‘QUVCHILARNI MANZARA KOMPOZITSIYASIDA RASM CHIZISHGA O‘RGATISH

SCIENCE SHINE · CHIZISHGA O‘RGATISH · Yusupova Shoxista Alimjanovna · Raxmonberdiyeva Oygul Rayimjonovna (Guliston davlat pedagogika instituti, “Tarix va san’atshunoslik”)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada manzara janrining tarixi, o‘quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirish, qalamtasvirda manzara chizish mahoratini oshirish haqida, so‘ngra esa kompozitsiyada manzara chizishda ularning tasavvurini yana ham rivojlantirish haqida aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Manzara, etyud, plener, tasvir, kontrast, janr, rasm, qalam, rang, chiziq, simmmetriya, asimmetriya, ritm, syujetli kompozitsiya, format. Ma’lumki, tasviriy san’at fanida tabiat manzarasini chizish murakkab bo‘lib,kompozitsiya chizishda o‘quvchilarning tasavvur qilish, ijodiy qobiliyatlarini oshirish muhim hisoblanadi. Tasviriy san’at fanida manzara janrida rassomlar tabiat va dengizni qalamtasvirda va rangtasvirda aks ettiradi. Albatta manzara janri tasviriy san’atda katta ahamiyat kasb etib, eng hissiyotli janrlardan biri sifatidagi ijodiy jarayondir. Tasviriy san’atning turlari haqida ko‘plab rassomlar o‘zlarining fikrlarini aytib o‘tishgan bo‘lib, masalan: “Shunday narsa mavjudki, u hamma san’at turlarining asosi hisoblanadi, bu-qalamtasvir. Kimki, qalamtasvir san’atini mukammal egallasa, u rangtasvirni ham, xaykaltaroshlikni ham o‘zgashtira oladi,”- deb aytgan Karuchchi.[1;7]. Ba’zan rassomlar asarlarini tabiat manzarasida haqiqiy ko‘rinishini chizishsa, boshqa rassomlar manzaralarni xayolan tasvirlashadi, ayrim vaqtlarda esa manzarani ham haqiqiy ko‘rinishini, ham xayolan chizgan bo‘lsa, kompozitsiyani ikkalasini ham bir asarda ifoda etishadi. Manzara janrida yaratilgan asarlar ba’zida tarixiy va maishiy janrdagi chizilgan asarlarga fon sifatida ham asosiy bo‘lib tasvirlanadi. Manzara janri qadimgi janrlardan biri hisoblanib, dastlab Qadimgi Misrda, 65 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Gretsiyada va Rimda rivojlana boshladi. Manzara janri Xitoyda VI asrda mustaqil ravishda paydo bo‘la boshladi. Uyg‘onish davrida Yevropa san’atida manzara janri rivojlanib, asosan chiziqli perspektiva bilan havo perspektivasi ko‘proq manzarada aks ettirila boshlandi va keyinchalik bu janr Gollandiyada, XVIII asrga kelib esa Rossiyada rivojlana boshladi. Manzaraning mohir ustalari Klod Loren, I.Shishkin, I.Levitan, O‘.Tansiqboyev, N.Karaxan, G‘.Abdurahmonov va boshqa mashhur rassomlar ijodini bu borada misol keltirish mumkin.[2;80]. Albatta, manzara janri o‘ziga xos qiziqarli bo‘lib, rassomlar bilimini, ichki tuyg‘ularini rasm chizish orqali kompozitsiyada tabiat obrazini aks ettirishga etyud,eskizlar chizish bilan birgalikda asarning to‘laqonli tomoshabinga yetib borishini xohlaydilar. Manzaraning ham ikki xili mavjud bo‘lib, birinchisida faqat manzara rasmi chizilsa, ikkinchisida esa tasvir fonida chiziladi. Manzara janrida ko‘proq tabiat va shahar ko‘rinishlarini rasmi chiziladi. Asosan manzara janri murakkab bo‘lib, o‘quvchilar tabiat manzarasini chizishdan oldin tabiatdagi narsalarning alohida qismlarini chizish orqali masalan, daraxtni, gullarni, novda va shox-shabbalarni alohida rasmini chizib olish orqali o‘rganadi. Ko‘pincha o‘quvchilar manzarada rasm chizishda orqa fon bilan oldi fonni tasvirlashda qiynalishadi . Shuning uchun ham o‘quvchilar manzara chizishdan avval tabiat manzaralarini kuzatish orqali chizishni o‘rganishi lozim Tabiat va uning go‘zalligini, shoirlar, rassomlar, kompozitorlar o‘z asarlarida madh etadilar.Tabiat go‘zalligi har bir ijodkorga ilhom baxsh etadi.Shu boisdan ham rasm chizishni o‘rganishga kirishayotgan kishi tabiat manzaralari rasmini chizish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Chunki, tabiat rassom uchun tasvirlashning asosiy manbayi hisoblanadi.[3;83]. Rasm chizishda tabiat manzarasini tasvirlashda avval muhitni o‘rganmasdan tahlil qilmasdan xayolan rasm chizsa, ushbu rasm rassomning ijodida yakuniga yetmay qoladi va tomoshabinga qiziqishni uyg‘otmaydi. Muntazam ravishda rasm chizish orqali o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlari oshib, qalamtasvirda yoki rangtasvirda ijodiy fikrlar tug’ilishi kuzatiladi. O‘quvchilarga manzarada rasm chizishni o‘rgatishda avvalo narsalarni chizishda ularning xarakterli belgilarini chizib olish, bo‘laklarining nisbatlarini tasvirlab chizishda e’tibor berish lozim. Birinchi navbatda manzarani qalamtasvirda chizib olinsa, keyin esa rangtasvirda chizilsa, asta- sekin manzarada kompozitsiyani chizishda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanib boradi. Tabiat manzarasini uchta ko‘rinishda tasvirlashda yaqin, o‘rta va olisdagi narsalarni chizib yakunlanadi. O‘quvchilar ko‘pincha yaqin ko‘rinishdagi narsalar bilan olisdagi 66 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 narsalarni ikkalasini ham aniqroq qilib chizishadi. Lekin manzarani chizayotganda yaqin ko‘rinishdagi narsalarni aniqroq qilib chizib olinib, uzoqdagi narsalarni ochroq qilib chizishga ahamiyat berish lozim. Manzarani chizish paytida uzoqdagi narsalar yaqindagi narsalarga nisbatan kichik ko‘rinishda bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Tabiat manzarasini c

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada manzara janrining tarixi, o‘quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirish, qalamtasvirda manzara chizish mahoratini oshirish haqida, so‘ngra…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada manzara janrining tarixi, o‘quvchilarning manzara janrida rasm chizishga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirish, qalamtasvirda manzara chizish mahoratini oshirish haqida, so‘ngra… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etyud, kontrast, syujetli kompozitsiya, qalam, simmmetriya, ritm, rang, rasm, asimmetriya, Manzara, tasvir, chiziq, format., janr, plener
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники