К содержанию
РецензированоUZ2026

O’TKIR BRONXIT BILAN BIRGA BOSHQA KOMORBID KASALLIKLARNING O’SMIR YOSHLARDA UCHRASHI

O’SMIR YOSHLARDA UCHRASHI · Tog’aydullayeva Dildora Dilmurodovna

Современная наука и исследования · 2 · 85-89 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarda branxit kasalligi bilan boshqa komorbid kasalliklarning uchrash chastotasi, turlari , kelib chiqish etiologiyasi, profilaktikasi va davolash usullari samaradorligi haqida gap olib boriladi.Adabiytlardagi ma’lumotlarga ko’ra, atopik dermatit fonida bronxit bronxial sekretsiyalarning haddan tashqari ko’payishi bilan kichadi, hamda nafas olishning buzilishi bilan birga keladi, timomegaliya fonida esa bronhit uzoq muddatli febril isitma bilan, shuningdek mikrosirkulyatsiyaning buzilishlari bilan kechadi. Qo`shuvchi to’qima displaziyasi bo’lgan bolalarda bronxit yallig’lanish belgilarining uzoq davom etishi bilan takrorlanuvchi xarakterga ega bo’ladi. Birgalikda kechgan patologiyaga ega bo’lgan bronxit kasalligi aniqlanganda diagnostika va davolash kursiga qo’shimchalar kiritish zarurligini anglatadi. Kalit so’zlar: komorbidlik, bronxit, anemiya, xafv omillar, yashash sharoiti, anomaliya, chastota va davolash. Asosiy qism: Bolada bronxitning sabablariBolalarda bronxitning asosiy sabablari virusli infektsiyalar (90% hollarda), bakterial infektsiyalar, allergiya va bezovtalanish xususiyati beruvchi moddalar (tamaki tutuni, ifloslangan havo).Immunitetning zaiflashishi, nafas olish yo'llari infektsiyalari va surunkali kasalliklar ham bronxitga yordam beradi. Kasallikning rivojlanish sabablari: Yuqumli moddalar yoki bezovtalanish xususiyati beruvchi moddalar nafas yo'llariga kirganda bronxial shilliq qavatning yallig'lanishi sodir bo'ladi.Bu shish paydo bo'lishiga, shilimshiqning ko'payishiga va bronxalarning torayishiga olib keladi, bu esa nafas olishni qiyinlashtiradi va yo'talni keltirib chiqaradi.Yallig'lanishga javoban tana infektsiyaga qarshi kurashish uchun immunitet tizimini faollashtiradi, bu isitma va umumiy bezovtalik sifatida namoyon bo'ladi. Bolalarda bronxit belgilari Yutalish: Avval quruq, keyin samarali (balg'am bilan). Harorat: Tana haroratining ko'tarilishi, ba'zan yuqori darajali Xirillash: Nafas olayotganda, ayniqsa nafas chiqarayotganda eshitiladi. Nafas qiyinlashuvi: Nafas olish qiyinlishuvi, ayniqsa jismoniy mashqlar paytida. Umumiy bezovtalik: Zaiflik, charchoq, bosh og'rig'i. Ko'krak og'rig'i: Ko'krak suyagi orqasida noqulaylik yoki og'riq hissi, yo'talayotganda kuchayadi. Bir vaqtning o'zida yoki ketma-ket ikki yoki undan ko'p kasallik yoki kasalliklar mavjudligini ko'rsatadi. Qo'shimcha kasalliklarning boshqa shartlariga birgalikdagi holatlar, birgalikda mavjud bo'lgan holatlar yoki bir nechta surunkali kasalliklar kiradi. Yo'ldosh kasalliklar - bu yuqumli bo'lmagan kasalliklar bo'lib, ular butun dunyo bo'ylab o'limning uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Bu yiliga qariyb 36 million o'limga to'g'ri keladi. Yuqori qon bosimi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, artrit, insult va malign kasalliklar - bularning barchasi birgalikdagi kasalliklarga misoldir. o'pkada bronxlar (katta va oʻrta kattalikdagi havo yoʻllari) yalligʻlanishi. Bu yoʻtalni keltirib chiqaradi. Bronxit odatda burun, quloq, tomoq yoki 1668 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 sinuslarda infeksiya sifatida boshlanadi. Keyin infeksiya bronxga tushadi. Alomatlar orasida yo'tal, balg'am, xirillash, nafas qisilishi va koʻkrak ogʻrigʻi mavjud. Bronxit :oʻtkir yoki surunkali boʻlishi mumkin. Oʻtkir bronxit: Oʻtkir bronxitda odatda uch hafta davom etadigan yoʻtal kuzatiladi, buni ko'krak qafasidagi shamollash deb ham atash mumkin. Ushbu kasallikka chalingan insonlarning 90% dan koʻprogʻida kasallikning asosiy sababi virusli infeksiyadir. Ushbu viruslar odamlar yoʻtalganda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilganda havo orqali tarqalishi mumkin. Kam holatlarda esa Mycoplasma pneumoniae yoki Bordetella pertussis kabi bakterial infektsiyadan kelib chiqishi mumkin. Xavf omillariga tamaki tutuni, chang va boshqa havo ifloslanishi kiradi. Oʻtkir bronxitni davolash odatda dam olishni, paratsetamol tabletkasini (asetaminofen) va isitma uchun qoʻllaniladigan steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilarni (NSAID) oʻz ichiga oladi. Surunkali bronxit Surunkali bronxitda esa kasallangan odam yoʻtalganda balgʻam chiqaradi va bu jarayon yiliga uch oy yoki undan koʻproq vaqt davom etishi mumkin[6]. Surunkali bronxit bilan ogʻrigan koʻplab odamlarda surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi (KOAH) mavjud[7]. Tamaki chekish eng keng tarqalgan sabab boʻlib, havoning ifloslanishi va genetika kabi bir qator boshqa omillar ham biroz rol oʻynaydi. Surunkali bronxit nafas aʼzolarining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan hisoblanadi va u koʻproq erkaklarda kuzatiladi. Eozinofil bronxit Eozinofil bronxit surunkali quruq yoʻtal boʻlib, eozinofillar deb nomlanuvchi oq qon hujayralari sonining koʻpayishi bilan tavsiflanadi. U rentgen nurida normal topilmaga ega va havo oqimi cheklanmagan. Aspergillus bronxit— Aspergilloz kasalliklari spektridan biri boʻlib, bronxlar qoʻziqorin infeksiyasiga duchor boʻladi. Bu oʻpka aspergillozining boshqa holatlaridan farq qiladi, chunki u asosan immuniteti zaif odamlarga taʼsir q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarda branxit kasalligi bilan boshqa komorbid kasalliklarning uchrash chastotasi, turlari , kelib chiqish etiologiyasi, profilaktikasi va davolash usullari samaradorligi haqida gap olib boriladi.Ada…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarda branxit kasalligi bilan boshqa komorbid kasalliklarning uchrash chastotasi, turlari , kelib chiqish etiologiyasi, profilaktikasi va davolash usullari samaradorligi haqida gap olib boriladi.Ada… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xafv omillar, bronxit, anemiya, chastota va davolash., komorbidlik, anomaliya, yashash sharoiti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники