К содержанию
РецензированоUZ2026

FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYADA MA’NOLI QISMLAR

Xafizova Muxarram Nematilloyevna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada dori preparatlarining terapevtik, anatomik yoki fiziologik xarakterga ko'ra farqlashga imkon beradigan ko'plab ma’noli qismlar va ularning ma’nolari misollar orqali keltiriladi. Ma’noli qismlardan foydalanishdan maqsad dori-darmonlarni ularning organizmga ta'siri bo'yicha tizimlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ko'rsatkichlarini shakllantirishdan iborat. Kalit so’zlar: ma’noli qismlar, dori preparatlari, farmatsevtik terminologiya Lotin tili tibbiyot tili hisoblanganligi uchun tibbiy terminologiyada anatomik, klinik va farmatsevtik terminologiyada qo'llaniladi. Farmatsevtikada dori- darmonlarni dorivor xususiyatlariga ko'ra guruhlarga bo’ladigan tarkibiy qismlar ajralib turadi, shuningdek, ular ko'plab dori-darmonlarni toifalashga imkon beradi. Ma’noli qismlar - ma'lum bir ma'noga ega bo'lgan, preparatning kimyoviy tarkibi, terapevtik ta’sirga ega bo’lgan samaradorligi to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo’lak hisoblanadi. Lotin tilida dorivor vosita yoki preparatni terapevtik, anatomik yoki fiziologik xarakterga ko'ra farqlashga imkon beradigan ko'plab ma’noli bo’laklar mavjud. Ma’noli qismlardan foydalanishning maqsadi dori- darmonlarni ularning organizmga ta'siri bo'yicha tizimlashtirish, shuningdek ulardan foydalanish ko'rsatkichlarini shakllantirish edi. Ularning yordami bilan kimyoviy tuzilishi va ishlab chiqarish xom ashyosidan qat'i nazar, ko'plab dori-darmonlarni osongina amaliyotda qo’llash mumkin. Masalan, og'riqni bildiruvchi –alg-,-dol- ma’noli bo’lak og'riq qoldiruvchi vositalarni nomlashda ishlatiladi: Analginum, Baralginum, Promedolum; ma’noli bo’lak -vit- vitamin komplekslarini bildiradi: Aёvitum, Complivitum, Pikovitum, Revitum; ma’noli bo’lak -cid- mikroblarga Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 547 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qarshi ta'sirni: Streptotsidum; –cor-, -card- kardiotonik, yurakka ta’sir etuvchini: Corvalolum, Cardiomagnil, Stenocard; -vas-, -angi- spazmalitik, tomir kengaytiruvchi: Vasocor, Divascolum, Angitolum; -press-, -tens- qon bosimini tushiruvchi: Apressinum, Depressan, Protensinum; -nas-, -rhin- burun kasalliklarini davolash uchun: Nasivin, Rhinoxil, Nasonex, Rinza; -oc-,ok-, -ocu-, -ophthalm-, - oft-, opt(ic)- ko’z kasalliklarini davolash uchun: Octilia, Okacin, Ocupress, Digophthon, Oftensin, Optimol, Betoptic; -spasm- spazm, tutqanoqli mushak qisqarishini davolash: Spasmalgon, Spasmol, Spasmex; -aller-, -anth-,(gul), -phyll- (barg) allergiyaga qarshi: Allergolum, Strophanthinum, Platyphyllinum; -somn-, - barb-,-dorm-, hypn, -mal, -al uxlatuvchi vositalar: Barbamylum, Corbamalum, Somnafinum, Dormital; fem-, gyn- ginekologik kasalliklarni davolash uchun: Femoden, Femara, Gynalgin; cut(i)-, -derm- teri kasalliklarni davolash uchun: -bil-, -chol- (col) o‘tga taalluqli: Bilergenum, Сholaminum, Etacolum, Cholevinum, Allochol; -aesthes- og’riqsizlantiruvchi: Anaesthesinum; -haemat-, -aemia- qonga oid: Haematogenum; -lax- surgi, ich suruvchi: Acetolax, Picolax, Laxasept; -pyr- isitma tushiruvchi: Amidopyrinum; -sed- tinchlantiruvchi, sedativ vosita: Sedeval, Sedonic; -stress-, - tranqu- tinchlantiruvchi: Anastress, Tranquil, Stressovitum; - ur- siydik haydovchi: Diurometan, Saurinum; Urolesan, Urotol; -verm-, -helm (int) gijjaga qarshi: Univerm, Helmintinum, Vermox, Vermazol, Helmadol; -vom (it)- qusishga qarshi: Vomital, Emitiral; -test-, vir-, andr-,ster- erkak jinsiy garmonal preparatlari: Agovirinum, Testosteronum; -myco- zamburug‘larga qarshi: Mycosolonum, Mycoseptinum, Myconasolum, Mycosoral, Myconid; -sept- zararsizlantiruvchi: Enteroseptolum, Septolete, Septonasal, Septofeminum, Septilinum; -thyr- qalqonsimon bez faoliyatiga ta’sir etuvchi: Thyrotrophinum, Thyrosinum, Thyrosolum, Thyrothrycin va h. Vaqt o'tishi bilan turli tillarda farmatsevtika nomenklaturasida deformatsiya va o'zgarish yuz berdi, shuning uchun ko'plab dorilar ma’noli bo’laklarga ega emas, ular maxsus individual nom bilan ataladi, masalan, Paracetamolum. Ammo ma’noli bo’laklari bugungi kungacha dunyoning turli tillarida ishlatiladigan preparatlarda mavjud, shuning uchun shifokorlar va farmatsevtlar turli tillarda ham dori Выпуск журнала №-19 Часть–2_ Февраль –2025 548 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT nomlaridagi bo’laklardan osongina bilishlari mumkin. Amaliy tibbiyotda bu turli xil sohalardagi shifokorlarning ishida katta ahamiyatga ega, bu turli xil patologiyalar bilan kelgan bemorlarni davolash tizimini tushunishga imkon beradi. Dunyo bo'ylab shifokorlar o'zlarining hamkasblari yoki boshqa mutaxassis tomonidan tayinlangan davolanishning ma'nosini osongina tushunishlari mumkin, shuningdek, “soxta” dorilarni farqlashga yordam beradi. Bu dori-darmonlarni tayinlashda va ularning dozalarida katta ahamiyatga ega. Ma’noli bo’laklariga qo'shimcha ravishda, lotin tili farmatsevtikaga ko'p sonli tabiiy va sintetik xom ashyo nomlarni kiritdi, shuning uchun tarkibiy qismlarning dorivor xususiyatlarini va preparatning o'zini osongina farqlash mumkin. Dunyo bo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dori preparatlarining terapevtik, anatomik yoki fiziologik xarakterga ko'ra farqlashga imkon beradigan ko'plab ma’noli qismlar va ularning ma’nolari misollar orqali keltiriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dori preparatlarining terapevtik, anatomik yoki fiziologik xarakterga ko'ra farqlashga imkon beradigan ko'plab ma’noli qismlar va ularning ma’nolari misollar orqali keltiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dori preparatlari, ma’noli qismlar, farmatsevtik terminologiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники