К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB PSIXOLOGINING O‘QUVCHILAR IJTIMOIY MOSLASHUVIDAGI ROLI

Xolmuminov Qobiljon Nodir o`g`li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan. Ijtimoiy moslashuvning mazmuni, bolalarda uchraydigan asosiy psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etishdagi maktab psixologining asosiy vazifalari yoritilgan. Shuningdek, psixologik diagnostika, korreksiya, profilaktika va maslahat berish faoliyatlari asosida maktab muhitida sog‘lom psixologik muvozanat yaratishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ota-ona va o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar orqali o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli moslashuvi ta’minlanishi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: maktab psixologi, ijtimoiy moslashuv, o‘quvchi, psixologik yordam, sinf muhitida adaptatsiya, diagnostika, psixologik xizmat. Bugungi globallashuv va ijtimoiy dinamik jarayonlar sharoitida ta’lim muassasalarining vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. Maktablar o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy muhitga moslashuvi, emotsional barqarorlikka erishishi kabi murakkab psixologik jarayonlarda ham faol ishtirok etadigan institutga aylangan. Ayniqsa, o‘sish bosqichida bo‘lgan bolalar uchun sinf jamoasi, o‘qituvchi bilan aloqa, do‘stlar orasidagi munosabatlar katta ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy vaziyatlarga moslashish jarayonida o‘quvchilar ko‘plab psixologik to‘siqlarga duch kelishlari mumkin. Aynan shunday sharoitda maktab psixologi muhim vazifani bajaradi: u o‘quvchi shaxsini chuqur anglash, ijtimoiy moslashuvdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli faoliyat olib boradi. Maktab psixologi nafaqat muammoga yechim topuvchi, balki ijtimoiy-psixologik sog‘lom muhitni shakllantiruvchi mutaxassis sifatida maydonga chiqadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchining shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topa olishi va hissiy barqarorligi muhim omillar sifatida e’tirof etilmoqda [1]. Psixolog B.M.Umarov o‘z asarida inson psixikasining rivojlanishini ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog‘liq deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, bola jamiyatda o‘zini tutish, o‘z-o‘zini anglash va boshqalar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini aynan ijtimoiy muhitda o‘zlashtiradi. Maktab esa bu ijtimoiy tajribaning asosiy maydoni hisoblanadi. Shu bois, o‘quvchining sinfdoshlar bilan o‘zaro munosabati, o‘qituvchi bilan muloqoti va darsdan tashqari faoliyatlardagi ishtiroki uning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi. Bu fikr Lev Vigotskiyning "yaqin rivojlanish zonasi" nazariyasi bilan hamohang bo‘lib, bola o‘zi mustaqil bajara olmaydigan vazifalarni boshqalar yordamida bajarish orqali rivojlanadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Demak, o‘quvchining psixik va ijtimoiy rivojlanishida maktab psixologining yo‘naltiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi roli muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Umarovning yondashuvida shaxsiy fazilatlar-mas’uliyat, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi psixologik xususiyatlar ijtimoiy muhitga moslashish jarayonida tarkib topadi. Bu jihatdan maktab psixologi bolani faqat tashqi muammolarini hal etuvchi emas, balki ichki ijtimoiy faollikni uyg‘otuvchi shaxs sifatida ko‘rilishi kerak. Maktab muhitida bola nafaqat bilim oladi, balki o‘zini jamiyatning bir bo‘lagi sifatida his qilishni, muloqot qilishni, o‘z fikrini ifoda etishni ham o‘rganadi [2]. Maktab psixologining faoliyati o‘quvchining ichki dunyosini ochish, u bilan individual ishlash orqali uning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Psixologik 1613 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 yondashuvda,ayniqsa,ijtimoiy moslashuvga qaratilgan faoliyatlar-guruhli treninglar, rolli o‘yinlar, empatiyani rivojlantiruvchi mashqlar-bolaning o‘z tengdoshlariga nisbatan ishonch va hurmat bilan qarashini ta’minlaydi. Bu esa shaxsning jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishi uchun zarur poydevor hisoblanadi. Bundan tashqari, bola maktab muhitida o‘z qiziqishi, qobiliyati,yetakchilik fazilatlarini ham namoyon eta boshlaydi. Bunday jarayonlarda psixolog bolaning ijtimoiy rolini aniqlab borishi, unga shaxs sifatida o‘zini topishiga yordam berishi kerak. Har bir o‘quvchining psixologik portretini yaratish, uning kuchli va zaif jihatlarini aniqlash orqali moslashtirilgan metodlar ishlab chiqiladi. Psixologik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy moslashuvdagi muvaffaqiyat faqat tashqi sharoitlarga bog‘liq emas. Bu bolaning ichki tayyorgarligi, o‘z-o‘zini anglash,his- tuyg‘ularini boshqarish, vaziyatlarga nisbatan ongli yondashuvi bilan ham bog‘liq. Ana shu holatlarda maktab psixologi faqat maslahatchi emas, balki rivojlantiruvchi, motivatsiya beruvchi mutaxassis sifatida harakat qilishi kerak. O‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi-bu ularning jamiyatga kirishib ketish, o‘zini jamoada tutish, vazifalarni ado etish va atrofdagilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish qobiliyatidir [3]. Biroq bu jarayonda bolalar ko‘pincha qiyinchiliklarga duch keladilar: uyatchanlik, tajovuzkorlik, jamoadan chetlashish yoki do‘st orttira olmaslik hollari ko‘p kuzatiladi. Gaynutdinova va hamkor muall

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab psixologi, psixologik yordam, ijtimoiy moslashuv, o‘quvchi, diagnostika, psixologik xizmat., sinf muhitida adaptatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники