К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDA GO‘RISTON KONSEPTI

Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna · Rasulova Shahlo Shavkat qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD))

Современная наука и исследования · 2 · 59-64 · 2026

Аннотация

One of the main features of a literary text is its infinity. According to this sign of infinity, the text can be compared to the universe. Such infinity occurs due to the continuous expansion of the text in all directions, both horizontally (laterally) and vertically (vertically). As a result, the text continuously extends its size and boundaries. This enlargement occurs due to the movement of the text, that is, the constant interaction of the signs in it with each other. Atoqli semiotik, postmodernizm namoyandasi Rolan Bart badiiy asardan farqli ravishda badiiy matnga ko‘plik xususiyati xosligini ko‘rsatgan edi: “Matnning ko‘pligi uning mundarijasidagi unsurlarning ikki ma’no (denotativ va konnotativ)ga ega bo‘lishi bilan emas, bildiruvchilarning ko‘p tarmoqliligi sababli paydo bo‘ladi”. Olim aynan mana shunaqa bildiruvchilar matn “mato”sini hosil qilishini ko‘rsatgan. Biz ushbu maqolada yozuvchi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Go‘riston konseptining semiotik tahlili orqali matn cheksizligi hodisasini oydinlashtirishga harakat qilamiz. “Dahshat” hikoyasidagi matn harakati jarayonida shamol bilan bir qatorda go‘riston belgisi ham muhim badiiy-funksional ahamiyat kasb etadi. Bu hodisaning asosiy sababi shundaki, aslida shamol konseptining g‘oyaviy-poetik vazifasi go‘riston lisoniy birligi tarkibida mujassamlashgan belgining mohiyatini ochish va aniqlashtirishda ko‘rinadi. Shamol dahshatning o‘zi emas, balki undan xabar beruvchi, u tomon olib boruvchi asosiy alomatdir. Shunday ekan, biz matn badiiy maydonida tajassum etilgan chinakam dahshat mohiyatini yanada chuqurroq anglash uchun asosiy e’tiborni go‘riston belgisi, aniqrog‘i, uning strukturasidagi konseptga qaratmog‘imiz lozim bo‘ladi. Go‘riston konseptining matn badiiy konseptsiyadagi alohida o‘rnini statistik tahlil orqali yanada yaqqolroq bilish mumkin: hikoya matnida shamol lug‘aviy birligi 11 marta qo‘llanilgan 1590 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 bo‘lsa, go‘riston so‘zi 18 marta istifoda etilgan. Shu bilan birga, matnda qabriston bevosita yoki bilvosita aloqador go‘r, sag‘ana, bo‘yra kafan singari lisoniy birliklar ishlatilgan. Bu o‘rinda dodho fe’l-tabiatini inkishof etishda muhim o‘rin tutgan bo‘yra bilan bog‘liq belgi haqida ayrim mulohazalarni bayon qilamiz. “Bo‘yra odatda, tobutga solinadigan bo‘lganidan, dodhoning ko‘z oldiga odamlarning yelkasida lapanglab ketayotgan tobutni keltirdi. Tobut esa yana go‘ristonni eslatdi...” (42-bet). Ko‘rinyaptiki, aslida go‘ristonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan mazkur birlik dodxo xayolot olamida assotsiativ tarzda qabristonga borib bog‘lanadi. Ushbu xayolot silsilasining chizmadagi ifodasi: Bo‘yra tobut go‘riston Hikoya qahramoni tafakkuridagi bunday assotsiativ jarayon asosida esa dodho ong ostidagi o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usi turibdi. Aynan ushbu obraz qalbidagi ana shunday hissiyot uning diniy-islomiy e’tiqodi darajasini aniqlash imkonini beradi. Imom G‘azzoliy “O‘limni eslash kitobi”, “O‘limdan so‘ng” risolalarida insonning har lahzada o‘limni eslashi va shu orqali o‘z amallari va faoliyatini taftish qilib borishi lozimligini ta’kidlagan edi. Bu haqda alloma shunday yozadi: “Biling! Dunyoga mukkasidan ketgan, uning aldovlariga ishonib, shahvatlar og‘ushida qolgan kishining qalbi, shubhasiz, o‘limni eslash amalidan g‘ofil, bu ne’matdan bebahradir. Bunday odam o‘limni eslashni yoqtirmaydi, bundan qochadi1”. Olim bu muammo borasidagi tekshirishlari asosida odamlarni uch guruhga ajratgan: 1) dunyoga mukkasidan ketganlar; 2) tavba yo‘liga kirganlar; 3) kamolga yetgan oriflar2. Olimning yozishicha, tavba yo‘liga kirgan odam o‘limni eslagani sayin qalbi qo‘rqinchu istig‘forga, vujudi xushu' va xuzu'ga limmo lim to‘ladi. Uning dilida qo‘rquv o‘limdan emas, balki ezgu ishlarim yetarli emas, degan tashvish tufaylidir. Orif esa o‘limni muttasil yodda tutadi. O‘lim uning uchun parvardigor huzuriga dastlabki qadam, diydorlashish manzilidir. Dunyoga mukkasidan ketgan kishi esa o‘limni eslamaydi. Eslagan taqdirda ham dunyosi qolib ketayotganiga afsus qilib, bunga o‘lim sababchi bo‘lyapti, degan bema’ni xayolga boradi. Hikoya syujeti davomida dodhoning muayyan voqea tasviri davomidagi xatti-harakatlari, ichki dunyosi ifodasi uning tavba yo‘liga kirganlar yoxud kamolga yetgan oriflar guruhiga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi. U dunyoga hirs qo‘ygan kimsalar toifasiga mansub. Chunki u go‘ristonni eslaganda, hikoyada qayd etilganidek “tiligacha sovuq ter chiqaradi”. Dodho imkon darajasida o‘limni yodga olishni xohlamaydi, beixtiyor eslaganda esa qalbini adadsiz vahima qoplab oladi. Uning bunday depressiv alomatga ega ruhiy olami islomiy e’tiqodining zaif va yuzakiligini ko‘rsatadi. Matnning yuza qatlamida axborot tarzida aytilgan shunday ifoda bor: “Dodho har kecha taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi” (41-bet). Taroveh namozi ramazon oyida xufton namozidan keyin o‘qiladigan yigirma rakatli ibodat. Bu islomiy e’tiqodga ko‘ra sunnat hisoblanadi. Ahli sunna va

Доказательный фрагмент

«One of the main features of a literary text is its infinity.»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the main features of a literary text is its infinity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dahshat, tiriklar qabristoni, go‘riston, halqa., bo‘yra, xufton ibodati, o‘liklar qabristoni, matn cheksizligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники