К содержанию
РецензированоUZ2025

TURKISTON MATBUOTI: UYG’ONISH DAVRINING YORQIN SAHIFASI

Olimova Sharifa Oybek qizi · Muhammadsharif So‘fizoda · Munavvarqori Abdurashidxonov · Abdurauf Fitrat

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarda Turkistonda faoliyat olib borgan jadidchilik harakatining yorqin namoyandalari tomonidan milliy matbuotni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ularning publitsistik asarlari o‘z zamonasining siyosiy-ijtimoiy muammolari fonida atroflicha ko‘rib chiqilgan. Kalit so’z. Turkiston, matbuot, uyg‘onish davri, jahon matbuoti, jadidchilik, milliy matbuot, gazeta, jurnal, maqola, targ‘ibot maydoni. Turkiston matbuoti tarixi milliy uyg‘onish harakati bilan chambarchas bog‘liqdir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida boshlangan bu harakat, ilm-ma’rifatga chanqoq ziyolilar, jadidlar tomonidan boshlandi. Ular xalqni jaholat va savodsizlikdan chiqarishning eng samarali yo‘li sifatida matbuotni tanladilar. Shu tariqa, Turkistonda gazetchilik taraqqiy topdi va zamonaviy jurnalistika tamoyillari shakllana boshladi. Jadid matbuoti – xalqni uyg‘otgan kuch. Jadidlar matbuot orqali xalqni uyg‘otishni, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini yoyishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi. Dastlabki o‘zbek gazetasi – “Taraqqiy” 1906-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan Samarqandda nashr etildi. Bu gazeta zamonaviy bilimlarni targ‘ib qilgan, ijtimoiy adolat, ayollar huquqlari, ta’lim- tarbiya kabi mavzularni yoritgan ilk milliy ommaviy axborot vositasi bo‘ldi. Keyinchalik “Hurriyat”, “Shuhrat”, “Sadoyi Turkiston”, “Ishtirokiyun”, “Najot” kabi gazeta va jurnallar paydo bo‘ldi. Ular jadid g‘oyalarini davom ettirib, milliy uyg‘onish, erkinlik, islohot, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni keng yoritdi. Matbuot vositasi sifatida gazeta. Turkistonda gazeta nafaqat yangiliklar tarqatuvchi vosita, balki ijtimoiy ongni shakllantiruvchi kuchli mafkuraviy maydon edi. Gazetalar xalqni savod chiqarishga undadi, yangi maktablar ochilishiga, milliy til va madaniyatning rivojlanishiga xizmat qildi. Matbuot orqali muallimlar, yozuvchilar, siyosatchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qildilar. Muhammadsharif So‘fizoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ziyolilar o‘z maqola va she’rlari bilan bu jarayonning asosiy ishtirokchilariga aylanishdi. Ayniqsa, So‘fizodaning “Gazeta to‘g‘risida” g‘azali matbuotning ahamiyatini poetik tarzda ifodalagan yuksak namunadir. Qiyinchiliklar va bosimlar. Turkistonda gazetchilik tezda o‘zining kuchli ijtimoiy ta’siriga ega bo‘ldi. Biroq bu erkin fikr hukmron tuzumlar, ayniqsa chor Rossiyasi va keyinchalik sovet hokimiyati tomonidan xavfli deb topildi. Ko‘plab gazetalar taqiqlanib, ularning muharrirlari ta’qib qilindi, hibsga olindi yoki qatl etildi. Ammo shu og‘ir sharoitda ham matbuot faoliyatini davom ettirgan fidoyilar tarixda o‘chmas iz qoldirdilar. Fakt. Taniqli fitratshunos olim H.Boltaboyev shunday yozadi: "Turkiston tarixiga olamshumul o‘zgarishlarning muallifi sifatida kirgan jadidchilik nafaqat markaziy osiyoda, balki yevroosiyoda ham ahamiyatli iz qoldirgani uchun u jahon afkori ilmiyasi tomonidan e’tibor bilan o‘rganilmoqda... jadidchilik o‘z xalqini ozod va yurtini obod ko‘rish shiorini o‘rtaga qo‘yish 825 May, 2025-Yil barobarida uning oliy pirovard niyati xalqning o‘z shonli tarixi, madaniyati bilan jahon afkori umumiyasiga tanitishni istadi. Shuning uchun ham jahonni titratgan temur qilichining zarblari va jahon adabiyotida yangi sahifa yaratgan navoiy qalami jadidchilar uchun zamon timsoliga aylandi. o‘tmishni ideallashtirish orqasida yangi va yuksak jamiyat yaratib bo‘lmasligini yaxshi anglagan jadidchilar o‘tmish merosini o‘zlashtirish barobarida jahonning eng taraqqiy etgan millatlari sifatida o‘zini ko‘rishni istadi. Biroq bu ildizlardan yaralgan daraxt quyoshga bo‘y cho‘zib, iymon, milliy shuur va istiqlol kurtaklarini chiqargunga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi va ko‘p qurbonlar berdi". Xulosa. Turkistonda gazetchilik o‘zining boshlanishidan boshlab xalqni uyg‘otish, millatni o‘zligini anglatish, ilm va ma’rifatga yetaklashda benazir rol o‘ynadi. U faqat tarixiy hodisa emas, balki bugungi zamonaviy OAVning ildizidir. Jadid gazetachilari yaratgan meros hozirgi jurnalistika uchun katta saboq va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. XIX asr oxirlari – XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jididchilik harakatining yorqin namoyandalari o‘zlari uchun keng targ‘ibot maydoniga aylangan milliy matbuotning shakllanishiga katta хissa qo‘shdilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Boltaboev H. Jadidchilikning ma’naviy ildizlari / O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual-metodologik muammolar. –T.: Akademiya, 1998. 2. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. –T.: Ma’naviyat, 2002. 5. Said Ziyo. Tanlangan asarlar. - T., 1974. http:// www.strategy.uz 3. https://president.uz 4. http:// www.edu.uz 826

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarda Turkistonda faoliyat olib borgan jadidchilik harakatining yorqin namoyandalari tomonidan milliy matbuotni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ularning publitsi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarda Turkistonda faoliyat olib borgan jadidchilik harakatining yorqin namoyandalari tomonidan milliy matbuotni shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ularning publitsi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uyg‘onish davri, Turkiston, targ‘ibot maydoni., matbuot, gazeta, jadidchilik, maqola, jahon matbuoti, milliy matbuot, jurnal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники