К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINFDA HIKOYA JANRI ORQALI O‘QUVCHILARNI INSONIY FAZILATLARNI ULUG‘LASHGA O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (O‘QISH DARSI ASOSIDA)

Akramova Surayo Renatovna · Ergasheva Gulizar

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada hikoya janri orqali boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni insoniy fazilatlarni ulug‘lashga o‘rgatish, bunda turli interfaol metodlardan unumli foydalanish haqida fikrlar keltirilgan. Insoniy fazilatlar, ya'ni insonning yaxshi xulqlari va axloqiy sifatlari jamiyatda ahamiyatlidir. Masalan insoniy fazilatlarga nimalarni misol qilib aytish mumkin? Insoniy fazilatlarga misol qilib halollik, vafodorlik, mehribonlik, qarorli bo‘lish, adolatli bo‘lishi, sabrlilik, mehnatsevarlik, ochiqlik va samimiyatlilikni aytish mumkin. HALOLLIK-so‘z va amallarda to‘g‘rilik, haqiqatga sodiqlik. Halol insonlar boshqalarga ishonch bag‘ishlaydi va o‘zining ishonchini va obro‘sini saqlaydi. VAFODORLIK-o‘z so‘ziga sodiq qolish va boshqalarga nisbatan sodiq bo‘lish. Vafodor odamlarda ishonch, mehr-muhabbat bir-biriga bo‘lgan o‘zaro ishonchni rivojlantiradi. MEHRIBONLIK-boshqalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yordam berish, iliqlik va do‘stlikni tarqatish. Mehribon insonlar esa yengillik va quvonch olib keladi. QARORLI BO‘LISH-o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish va shu maqsadlarga erishish uchun qat'iyatli bo‘lib harakat qilish. Qarorli odamlar maqsadlarini amalga oshirishda doimo muffaqiyatga erishadilar. ADOLATLI BO‘LISH-har bir kishi bilan teng va xolis muomala qilish. Adolatli insonlar jamiyatda tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. SABRLILIK-har qanday qiyinchiliklarga qarshi turish, chidamli va bardoshli bo‘lish. Sabrlilik bu insonni boshqalarga nisbatan mehr-muhabbatli va oqilona qilishga o‘rgatadi. MEHNATSEVARLIK-har bir ishga samimiy va astoyidil yondashish. Mehnatsevar insonlar o‘z ishlari,yoki har bir ishni muvaffaqiyatli bajarishlari bilan jamiyatga katta hissa qo‘shadilar. OCHIQLIK VA SAMIMIYLIK – o‘z fikrlari va his tuyg‘ularini ochiq -oydin ifodalash. Samimiy damlar doimo o‘zaro munosabatlarda ishonchni mustahkamlaydilar. Boshlang‘ich sinf darsliklarida insoniy fazilatlarni ulug‘lash haqida bir nechta hikoyalar berib o‘tilgan. Boshlang‘ich sinfda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi. Ushbu davrda o‘quvchilariga insoniy fazilatlarni ulug‘lash, ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini singdirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Darslik va pedagogik yondashuvlar orqali bolalarni halollik, mehribonlik, adolat va hamjihatlik kabi sifatlarni egallashga zamin yaratishi lozim. Insoniy fazilatlarni ulug‘lashning ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qobiliyatlari rivojlanishining muhim bosqichida bo‘lib, bu davrda shakllangan axloqiy sifatlar butun umrgacha 818 May, 2025-Yil davom etadi. Insoniy fazilatlar shaxsning o‘ziga ,boshqalarga va jamiyatga bo‘lgan munosabatni belgilaydi. Darsliklar orqali bu fazilatlarni bolalarga singdirish bir nechta jihatlarda foyda keltiradi. 1 Shaxsiy o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantirish. 2 Jamoaviy ishlarda muvaffaqiyatga erishishiga yordam berish. 3 Barkamol avlodni tarbiyalash. Metodik yondashuvlar tahlili. Boshlang‘ich sinf darsliklari tahlil qilinganda ,ular asosan quyidagi usullarga asoslangan: 1.Ko‘rgazmali qurollar:rasmlar,diagrammalar, turli xil boshqotirmalar yordamida tushunchalarni yoritish. 2.Hikoyalar va ertaklar orqali o‘rgatish: bolalarda hikoya va ertaklarda berilgan turli xil obrazlar orqali axloqiy tushunchalarni shakllantirish. 3.Amaliy mashg‘ulot: bularni yana mustahkam va esda qolarli bo‘lishi uchun o‘yinlar yoki topshiriqlarni bajartirish. Interfaol metodlardan foydalanish: Interfaol metodlardan foydalanish bu muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, o‘quvchilarga hayotiy misollar berib, ularda muammolarni hal qilish uchun insoniy fazilatlar asosida yechim topish so‘raladi. Rol o‘ynash mashqlarini tashkil qilish: Bolalar turli obrazlarni gavdalantirib, yaxshi va yomon fazilatlarni ajrata oladilar. Jamoaviy loyihalarni tuzish. Masalan, bu qanday bo‘lishi mumkin?Guruhlarda birga ishlash orqali mehribonlik va birdamlikning ahamiyatini his qiladilar. Yana boshqa usullar orqali insoniy fazilatlarni ulug‘lashga undash mumkin. Masalan, darsliklarni boyitish, ko‘p tomonlama yondashuv, ijtimoiy faoliyatini qo‘shish bo‘lishi mumkin. Insoniy fazilatlarni ulug‘laydigan qisqa hikoyalar, maqollar va topishmoqlarni darsliklarga kiritish (bunda qahramonlarning yaxshi fazilatlarini ochib beradigan ko‘rgazmali materiallar va audio-video resruslardan foydalanish). Bolalar psixologiyasi hisobga olinishi ya'ni unda berilgan yoki ko‘rsatilayotgan materiallar bolalarning yoshiga mos ravishda tanlanishi kerak (ijtimoiy Faoliyatni qo‘shish ya'ni o‘quvchilar maktabda tabiatni asrash tadbirlarini o‘tkazishlari) Boshlang‘ich sinflarda insoniy fazilatlarni ulug‘lash bo‘yicha samarali metodlardan foylanish o‘rinli bo‘ladi. Masalan, "Hikoya- tahlil ", "Rol o‘ynash va sahnalashtirish", "Ijobiy va salbiy fazilatlarni ajratish", "Fazilat daraxti", "Qahramon izlash", "Fazilat topish "metodlarini qo‘llash mumkin. Bu metodlarni qo‘llash uchun 2-sinf o‘qish savodxonligi kitobiga nazar solamiz.Bu d

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada hikoya janri orqali boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni insoniy fazilatlarni ulug‘lashga o‘rgatish, bunda turli interfaol metodlardan unumli foydalanish haqida fikrlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada hikoya janri orqali boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni insoniy fazilatlarni ulug‘lashga o‘rgatish, bunda turli interfaol metodlardan unumli foydalanish haqida fikrlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
insoniy fazilatlarni, fazilatlarni ulug, boshlang ich, ich sinf, interfaol metodlardan, insoniy fazilatlar, ulug lash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники