К содержанию
РецензированоUZ2025

FILANDIYA TA’LIMINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH

NEW RENAISSANCE · Mo'sinova Sevaraxon Farhodjon qizi · Farg‘ona Davlat Unversiteti · Oʻrinova Nilufar

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Finlandiyada pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud tendensiyalar tahlil qilinadi. Mamlakatning taʼlim tizimidagi yutuqlari, innovatsion yondashuvlari, o‘qituvchilar tayyorlashdagi yuqori standartlari va doimiy kasbiy rivojlanishga qaratilgan strategiyalari yoritiladi. Finlandiyaning tajribasi asosida pedagogik taʼlimni sifat jihatidan takomillashtirish, amaliyot va nazariyani uyg‘unlashtirish, hamda o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Maqola pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va taʼlim siyosatini ishlab chiquvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit soʻzlar: Finlandiya taʼlim tizimi, innovatsion metodlar, inkluziv taʼlim, taʼlimda raqamlashtirish, taʼlim sifatini baholash, o‘quv dasturlarini yangilash. Finlandiyada ta’lim tizimi demokratik qadriyatlar, teng imkoniyatlar va shaxsiy yondashuv tamoyillariga asoslangan murakkab, lekin izchil va puxta o‘ylangan tuzilmani tashkil etadi. Ushbu tizim har bir insonning individual salohiyatini namoyon qilishiga imkon beruvchi bosqichlardan iborat bo‘lib, u maktabgacha yoshdagi bolalardan tortib oliy ta’lim oluvchilar va umrbod o‘rganishni davom ettiruvchi kattalargacha bo‘lgan keng auditoriyani qamrab oladi. Finlandiya ta’lim tizimining yana bir ajralib turuvchi jihati bu umrbod o‘rganish tamoyiliga sodiqlikdir. Mamlakatda har qanday yoshda bo‘lgan fuqaro qayta o‘qish, yangi kasb egallash yoki shaxsiy bilimini oshirish huquqiga ega. Kattalar ta’limi uchun alohida dasturlar, kechki kurslar, masofaviy o‘qitish shakllari joriy etilgan. Bu esa insonning shaxsiy va kasbiy o‘sishiga doimiy sharoit yaratadi. Shunday qilib, Finlandiya ta’lim tizimi qat’iy bosqichlarga bo‘lingan holda barqaror, yuksak samarali va insonparvarlik ruhida tashkil etilgan bo‘lib, u hayotning har bir bosqichida o‘quvchini qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir bosqich o‘z vazifasini tolaqonli bajaradi va keyingi bosqichga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu tizim o‘zining moslashuvchanligi, adolatga asoslangan yondashuvi va yuksak natijalari bilan butun dunyo 802 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Finlandiya ta’lim tizimining bugungi kunda erishgan muvaffaqiyatlari nafaqat tashkiliy jihatdan mukammal tuzilgan tizim natijasi, balki bu tizimga go‘yaviy va siyosiy darajada yondashuvning ham mevasidir. Finlandiya ta’lim siyosati yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, demokratik tamoyillar va ijtimoiy adolatga asoslangan yondashuvlarga suyangan holda ishlab chiqilgan. Bu siyosatning markazida inson qadri, teng imkoniyat va ijtimoiy farovonlik yotadi. Finlandiyada ta’lim siyosatini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri bu barcha bolalar uchun ta’lim olishda tenglik prinsipining amalda ta’minlanishidir. Har bir bola, u qaysi hududda yashamasin, qanday ijtimoiy kelib chiqishga ega bo‘lmasin, sifatli va qulay ta’lim muhitidan foydalanish huquqiga ega. Maktablar va muassasalar imkon qadar teng darajada moliyalashtiriladi, sinflardagi o‘quvchilar soni kamaytirilgan, pedagogik kadrlar butun mamlakat boylab teng taqsimangan. Ayniqsa, maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun integratsiyalashgan ta’lim muhitlari yaratilgan bo‘lib, ular boshqa o‘quvchilar bilan teng sharoitda ta’lim olishlari uchun zarur texnik va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, Finlandiyada ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki ham juda muhim omil hisoblanadi. Mamlakatda ota-onalarning ta’limga nisbatan ma’suliyatli munosabatini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy tashabbuslar mavjud. Ta’lim muassasalari va ota-onalar o‘rtasida muntazam muloqot, hamkorlik asosida tashkil etilgan uchrashuvlar, seminar va maslahat markazlari mavjud. Ota-onalar bolalarining rivojlanish jarayoniga bevosita jalb etiladi, bu esa ularning o‘z farzandlariga nisbatan pedagogik yondashuvini mustahkamlashga xizmat qiladi. Finlandiyalik ota-onalar ta’lim sifati, o‘qituvchi mehnatiga hurmat va ta’lim muassasalari bilan ijobiy hamkorlik madaniyatini qadrlaydilar. Mustaqil taʼlim – Finlandiya taʼlim tizimida o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi.1 Yana bir muhim omil sifatida davlat tomonidan ta’lim sohasiga doimiy e’tibor va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovni alohida ta’kidlash lozim. Ta’limga yo‘naltirilgan mablag‘lar nafaqat o‘quv jarayonining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, balki pedagoglarning kasbiy rivoji, yangicha metodikalarning joriy etilishi, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish va maktablarning mustaqilligini taminlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda ishlatiladi. Shuningdek, mamlakatdagi har bir pedagog kasbiy malakasini oshirish huquqiga ega bo‘lib, ularning har yili malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi rag‘batlantiriladi. 1 Manba: Yuldashev Sh. "Finlandiyada mustaqil taʼlimni tashkil etish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Finlandiyada pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud tendensiyalar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Finlandiyada pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud tendensiyalar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion ta’lim, Finlandiya ta’lim tizimi, ta’lim sifati, individual yondashuv, O‘zbekiston ta’limi, ta’lim tajribasi., ta’lim islohoti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники