Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGI DAVRIDA XOTIN-QIZLARNING O’RNI VA HUQUQIY MAVQEI
Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Salimova Parvinabonu Ravshan qizi
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XVIII-XX asrlarda Buxoro amirligida ayollarning jamiyatdagi tutgan o’rni, diniy ta’limga asoslangan madrasalarda ta’lim olishi, hamda amir haramidagi ahvol va turmush tarzini bayon qiladi. Kalit so’zlar: Shohmurod, madrasa, qorixona, bibixalifa, bibiotin, kaltapushak, telpak, zamindo’zi, zardo’zi, amir harami. Tarix — bu o'tmishning hikoyasi emas, balki kelajak uchun saboqdir, u xalqning yutug‘i ham, xatosi ham orqali yangi avlodga yo‘l ko‘rsatadi. O‘rta Osiyo tarixida Buxoro amirligi o‘zining maktab va madrasalari soni ko‘pligi bilan alohida o‘rinni egallagan. Buxoro amirlikning poytaxti bo‘lib qolmaygina u jahon tarixida “Buxoroi sharif” kabi nomlar bilan manbalarda uchraydi. Buxoroning sekin astalik bilan O‘rta Osiyoda islom olamining markaziga aylantira bordi. Buxoroda ko‘plab maktablar, masjid-u madrasalar ochila boshladi. Buxoro madrasalarida dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda diniy bilimlar ham berila boshladi. Bular tafsir (Qur’on sharhlari), hadis, fiqh kabi sohalardir. Buxoro ilm-ma’rifat tarqatish bilan bir qatorda mamlakatning siyosiy boshqaruvida ham muhum o‘rin egallar edi. Shaharda tasvvuf pirlari, shayxlari faoliyat yurgizar va orqalaridan ergashuvchi muridlari bilan birgalikda komillikka erishish, allohga do‘st bo‘lish va yaqinlashishning so‘fiylik usullari orqali xalqni islom shariat ahkomlaridan xabardor qilib turar edilar. Buxoroda ta’lim XVIII asrning birinchi yarmi XIX asrda ham o‘tmishdagi nufuzini saqlab qola olgan. Buxoro amirlari bir necha asrlar davomida savodxonlik va ta’lim, marifatga katta e’tibor qaratganlar. Madrasada ta’lim ayniqsa amirlar Shohmurod va Haydar davrida rivojlangan. Ahmad Donish ta’kidlaganidek, Haydar davrida “Buxoroga yer yuzining turli burchaklaridan va barcha aholi punktlaridan odamlar o‘qish uchun kelardi. Shariat ilmlari va hukmlari shu qadar ravnaq topdiki, islom davrida avvalgi padoshalarning birortasi olimlari ilm- fanda bunchalik muvaffaqiyatga erisha olmadilar.” XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta’limi hamda siyosiy hayotining hamma sohalarida islom dini g’oyasi markaziy o’rinni egallagan. XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi fan va maorif tizimi o’ziga xos tarzda shakllangan edi. Buxoro shahrida bir necha yuzlab masjidlar bo’lgan. Masjidlar bir qavatli, ikki qavatli va ko’shkli qilib qurilgan. Buxoro shahrida 170 ga yaqin katta va kichik madrasalar bo’lgan. Madrasalarda ular arab alifbosi va yozuvini, Qur’onning tafsirini va diniy bilimlar- huquqshunoslik va tarixdan ta’lim olishgan. XIX asrning o’rtalarida Buxoroda madrasa talabalari soni 9 mingdan 10 ming nafargacha yetgan edi. Madrasa va masjidlar katta vaqf mulkiga ega bo’lib, undan tushadigan foydadan o’qituvchilarga maosh va talabalarga stipendiya to’lanar edi. Madrasalar musulmon oliy oʻquv yurtlari hisoblangan. 805 May, 2025-Yil Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Odatda, maktablarda asosan oʻqish va yozish, arifmetika va adabiyot oʻqitilar edi. Maktablar qizlar uchun alohida, oʻgʻli bolalar uchun alohida boʻlgan. Maktablar ko’pincha bir sinf xonasidan iborat bo’lganligi uchun ham maktabxona deb atashgan. Musulmon qoidalaridan kelib chiqgan holda o’g’il va qiz bolalar alohida – alohida maktabxonalarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktabxonalari aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Sadriddin Ayniyning Buxorodagi maktabning o‘z yozuvlariga ko‘ra, ko‘rinishi quyidagicha bo‘lgan: “Maktab kichik xonadan (hujradan) iborat bo‘lib, uning ikkita eshigi bo‘lib, bir eshik odatda yopiq edi. Ikkinchi eshik yog'ochdan yasalgan bo'lib, uning uzunligi uch kalibrli va eni yarim kalibrli. Bu darchaning oldida domla (maktab mudiri) o‘tiradigan joy bor. Ayvonlar parda bilan qoplangan (deraza qog'oz bilan qoplangan), qor va yomg'irdan himoya qilish uchun qog'ozga zig'ir moyi surtilgan. Shuningdek, maktab derazasidan sinfga yorug‘lik tushmagan. Har ikki tomonda bir-biriga qarama-qarshi ochilgan ikkita teshik bo'lsa ham, kamera shifti devor shiftiga yaqinlashgan bo'lsa ham, ulardan kiruvchi yorug'lik pastga tushmasdan, kamera devorlarida qoladi. Bu xonaning kengligi o‘n olti gaz murabba (kvadrat) bo‘lib, unda bir-birining ustiga to‘rtta sinch qo‘yilgan va shu bilan xona to‘qqiz qismga bo‘lingan, xuddi maktab xonasining ichida to‘qqiz nafar o‘quvchi bor ekan. adavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Buxoro amirligida ayollari liboslarining tashqi koʻrinishi boshqa hududlarga qaraganda koʻproq shariat meʼyorlari bilan belgilangan. Unga koʻra, libos tana tuzilishini yaqqol namoyon etishi kerak emas edi. Ayollar-barang shoyidan keng liboslari, turfa rangli roʻmollari, zargarlik buyumlari bilan yorqin taassurot qoldirgan. Aslzoda ayollar va amirning xotinlari libosi zardoʻzi kashta bilan bejirim bez
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XVIII-XX asrlarda Buxoro amirligida ayollarning jamiyatdagi tutgan o’rni, diniy ta’limga asoslangan madrasalarda ta’lim olishi, hamda amir haramidagi ahvol va turmush tarzini bayon qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XVIII-XX asrlarda Buxoro amirligida ayollarning jamiyatdagi tutgan o’rni, diniy ta’limga asoslangan madrasalarda ta’lim olishi, hamda amir haramidagi ahvol va turmush tarzini bayon qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kaltapushak, madrasa, zardo’zi, amir harami., bibiotin, bibixalifa, zamindo’zi, telpak, qorixona, Shohmurod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014