Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORONG’ULIKDA YONGA SO’NGI SHAM: MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV
Toshpo’latova Shahnoza Shuhratovna · Xamidova Marjonabonu Umid qizi
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola jadidchilik harakati yetakchilaridan biri — Munavvarqori Abdurashidxonovning fojiali, ammo ibratli hayot yo‘liga bag‘ishlanadi. “Qorong‘ulikda yongan so‘nggi sham” misolida muallif jadidlar orzusi, ularning ma’rifat yo‘lidagi kurashi va sovet totalitar tuzumi tomonidan yo‘q qilingan milliy ziyolilar fojiasini yoritadi. Maqolada Munavvarqorining pedagogik, ijtimoiy va siyosiy faoliyati bilan bir qatorda, uning millat taqdiri yo‘lidagi fidoyiligi zamonaviy nuqtai nazardan baholanadi. Asar tarixiy haqiqatni ochib berish bilan birga, bugungi avlodni xabardorlik, xotira va mas’uliyat ruhida tarbiyalashni maqsad qiladi. Kalit so’zlar: Toshkent, Darxon, Yunusxon, Tarjimon, Rushdiya, muxtoriyat, gazeta, chor ma’muriyati, usuli jadid, fiqh, Lenin maktabi. Buyuk tariximizda bizlar ham, bizlardan keying avlodlarimiz ham, chet ellarda hamisha qadrlaydigan buyuk ajdodlarimiz juda ham koʻp. Shulardan biri mamlakatimizdagi jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonovdir. Ulugʻ jadid 1878-yil Toshkent shahrining Shayx Xovandi Tahur dahasi, Darxon mahallasidagi elga taniqli oilada dunyoga keldi. Uning padari buzrukvori Abdurashidxon Sotiboldixon Olimxon oʻgʻli madrasa mudarrisi edi. Volidayi mehriboni otinoyi Xosiyatxon (1845-1931) Xonxoʻja Shorahimxoʻjayev (1841-1941)ning qizlari edi. Ular kichkina jadidga Munavvar, ya’ni nurli va nur bilan yoʻgʻrilgan degan ma'noni anglatuvchi ism qoʻyishadi. Munavvarning otasi Abdurashidxon oʻz hovlisida maktab ochib, 40 nafar ilmga chanqoq oʻquvchilarga dars berar edi. Onasi Xosiyatxon ham shu hovlida bir-biridan goʻzal boʻlgan xotin-qizlarni oʻqitib, ularga bilim bergan. 1885-yilda Munavvar 7 yoshga kirganda padari buzrukvori olamdan koʻz yumdi. Abdurashidxon va Xosiyatxon 3 oʻg’il koʻrishgan edi. Kattasi A'zamxon (1872-1919), oʻrtanchasi Muslimxon (1875- 1954), kichigi Munavvar edi. Munavvar yoshligidan oʻtkir zehnli, akalari qatori ilmga chanqoq boʻlib oʻsdi. U onasidan boshlangʻich ta'limni oldi. Undan soʻng, dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida oʻqiydi. Keyin esa oʻn yoshlarida Buxoroga borib, u yerdagi madrasalardan birida besh yil hadis va fiqh ilmi tahsiliga beriladi. Toshkentga qaytib Darxon mahallasi masjidida imomlik qiladi. Ilk bor mustaqil faoliyat yuritib, xalqqa islom ilm nurini yoydi. U diniy, dunyoviy va ijtimoiy-siyosiy mazmundagi kitoblarni, jurnal va gazetalarni sevib, qunt bilan oʻqiydi. Ayniqsa, jadidchilikning "otasi" Ismoilbek Gaspirali Qrimda chop etayotgan "Tarjimon" (1883-1914) gazetasi Munavvarning millatparvar, xalqchil boʻlib yetishishiga katta ta’sir qiladi. Bilimga chanqoq jadid XIX asrning 90-yillarida Ismoilbek Gaspirali tomonidan Qrimda joriy qilingan "usuli jadid"—"usuli savtiya" (tovush usuli)ga asoslangan yangi maktab ochishga 797 May, 2025-Yil bel bogʻlaydi. Ammo, unga chor ma'muriyati, rus ziyoli missionerlari, mahalliy musulmon mutaassiblari qarshilik qiladi. Juda katta mehnat va turli ta'qiblarga qaramasdan 23 yoshida oʻz uyida 1901-yil Turkistonda birinchilar qatorida jadid maktabini ochishga muyassar boʻladi. Unda bolalar oʻqish-yozishni olti oyda o‘rganib toʻla savodli boʻladi. Buning uchun usuli qadim—eski an'anaviy maktablarda esa besh yil vaqt sarflanar edi. Oʻz mehnatidan toʻla ma'naviy qoniqish hosil qilgan va ilgʻor usulning natijalarini chuqur his etgan Munavvar qori asosiy e'tiborni xalqqa ma'rifat tarqatishga, shuningdek, chorizm mustamlakasining xilma-xil nayranglariga qaratdi. Inqilobdan oldin u bu "qilmishi" uchun bir necha bor chor amaldorlari tomonidan ta'qib qilinadi, surgun qilinishi haqida ogohlantiriladi, ammo bu tahdidlar jasur jadidni sira choʻchita olmas edi.Munavvar qori birgina maktab bilan cheklanib qolmay, yana bir nechta xususiy jadid maktablarini ochdi. U yanada oldinga qadam tashlab, birinchi boʻlib, ikki yillik "Rushdiya" jadid maktabini ochib, hozirgi milliy dunyoviy oʻrta maxsus ta'limga asos soldi. Bu maktab ham juda keng miqyosda boshqa joylarda tez rivojlanib, hatto sovet davrida ham asqotdi. Hatto "Lenin maktabi", "Muxtoriyat maktabi" deb nomlandi. Maorif taraqqiyotiga qoʻshgan boshqa xizmatlari evaziga Munavvar qori mahalliy sovet hukumatining 1923- yil 7-martdagi e'tirof etilgan qaroriga koʻra, "Maorif qahramoni" univoniga sazovor boʻldi. Munavvar qorining "Rushdiya" maktabida juda koʻp qiyinchiliklar bilan Turkiston general-gubernatorligidan rus tilini oʻqitishga ruxsat oladi. Rus tili bilan birga, diniy va dunyoviy ta'lim, ya'ni ijtimoiy-gumanitar va tabiiy bilimlar chuqur oʻqitildi. Mazkur maktabni bitirganlar xorijiy oʻquv yurtlarida oʻqidilar, mahalla masjidlarida imom, oʻsha davr korxona va tashkilotlarida ish yurituvchi kabi mutaxassisliklarda ishlay boshladilar. Munavvar qori Abdurashidxonovning ikki bosqichli jadid maktablari pullik boʻlgan, har bir bola uchun ota-onasi 50 tiyindan bir yarim soʻmgacha toʻlov qilishi lozim boʻlgan. Ammo, xursandchiligidan 3 soʻmdan ko'p toʻlov qilganlar ham boʻlgan. Xullas, jadid maorifning moddiy asosini xalqning oʻz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola jadidchilik harakati yetakchilaridan biri — Munavvarqori Abdurashidxonovning fojiali, ammo ibratli hayot yo‘liga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola jadidchilik harakati yetakchilaridan biri — Munavvarqori Abdurashidxonovning fojiali, ammo ibratli hayot yo‘liga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Darxon, Rushdiya, Lenin maktabi., Tarjimon, gazeta, Yunusxon, fiqh, usuli jadid, Toshkent, chor ma’muriyati, muxtoriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025