К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQNING ORZULARIGA QANOT BOG‘LAGAN SHOIR

Avazova Nilufar Oqiljon qizi · Zaripova M

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada xalqimizning ardoqli shoiri, she’rlaridan har doim vatan va muhabbat mavzulari birinchi o’rinda tugan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonidagi ayrim parchalar g‘oyaviy badiiy jihatdan tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: shoirlik, yurt dardi, adabiy qahramon, lirik chekinish,badiiy san’atlar. She’rlari inson qalbini junbushga keltiradigan, millat dardini o‘z dardidek ilg‘ay olgan, so‘z orqali xalqning orzulariga qanot bog‘lay oladigan kuchga ega qalam sohiblaridan biri Muhammad Yusufdir. Shoir so‘zga mehri baland, xalq tuyg‘ulariga yaqin, ichki dunyosi boy shoir edi. Uning har bir misrasi oddiy so‘zlar bilan katta haqiqatni, sof tuyg‘ularni ifoda etadi. U xalq tilida yozdi, xalq qalbidan chiqdi, xalq qalbiga kirdi. Shoirning yuragi keng edi — u xalqning shodligiga ham, g‘amiga ham sherik bo‘ldi. Shu sababli ham qisqa umr ko'rishiga qaramay, u o‘zbek adabiyotining eng ardoqli vakillaridan biriga aylandi. Bizga tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va bu xalq tarixda misli ko‘rilmagan hodisalarni boshdan kechirgan. Ikki daryo oralig‘ida joylashgan, zamini hosildor, xalqi, mehnatkash, o‘troq madaniyatning noyob namunalarini yaratgan bu diyorga kimlarning ko‘zi kuymagan deysiz. Bosqinchi ketidan, bosqinchilar kelib, bu go‘zal yurtni g‘orat qilishga – boyliklarini talash, xalqini qullikka mubtalo qilishga urinardi. Xalqimiz bamisli samandar (olovda tug‘ilib olovdan omon chiqadigan afsonaviy qush)dek barcha sinovlardan omon chiqdi. Biroq bu kurashlar, ozodlikka bo‘lgan intilishlar, albattaki, qurbonlarsiz, yo‘qotishlarsiz kechmadi. Millatning nene bahodirlari yurt ozodligini har narsadan ustun bilgan xalqning asl farzandlari shu kurash maydonlarida jon berdilar. “Qora quyosh” dostoni aynan shu kurash maydonida yuz bergan voqealardan so‘zlaydi. Muhammad Yusufning bu dostoni doston janridagi boshqa asalar singari to‘liq bitta mavzuni qamrab olmagan. Asar qahramonlari ham bir yo‘sinda harakat qilmaydi. Asarda arxiv materiallaridan ham foydalaniladi. Masalan, dastlab Akmal ismli bir tarixiy shaxsning singlisiga yozgan xati keltiriladi, so‘ng esa dialog shaklida yozilgan she’r: — Umr nima, ey odam? — Umr yo‘ldir bir quloch. — Armon nima, ey odam? — Armon ham bir ehtiyoj. Ushbu satrlar orqali muallif umrning qisqaligini (qulochdek) va insonning doimiy armonlar bilan yashashini tasvirlaydi. Armon “ehtiyoj” deb ataladi — bu, orzularning amalga oshmay qolgan shakli emas, balki doimiy hayotiy zarurat sifatida tasvirlangan. — Omad nima, ey odam? — Ayvondagi qaldirg‘och. — Orzu nima, ey odam? 760 May, 2025-Yil — Bo‘ldi, mening qornim och… Bu yerda omad qaldirg‘ochga o‘xshatiladi — vaqtinchalik, uchib ketadigan. Ayniqsa, “mening qornim och” degan satr jamiyatda moddiy ehtiyojlar orzulardan ustun qo‘yilayotganini ko‘rsatadi. Bu, ocharchilik davrlariga (jumladan, 1930-yillarda SSSRda yuz bergan qahatchiliklar) ishora bo‘lishi mumkin. — Yolg‘on nima, ey odam? — Yolg‘on — o‘t o‘smas dala. — Haq nimadir, ey odam? — Haqiqat — yetim bola… Tarixiy haqiqatning yo‘qolib ketishi, yolg‘onning esa jamiyatga chuqur ildiz otganini ochib beradi. “Haqiqat — yetim bola” deyilishi, ayniqsa, haqiqatning parvarishsizligi va qadrsizligini ko‘rsatadi. Bu Sovet davridagi mafkuraviy senzura va yolg‘on axborotlar fonida talqin qilinadi. — Sevgi nima, ey odam? — Sevgiga yo‘q hafsala. — Baxt nimadir, ey odam? — Baxt — bir kosa atala… Tolkosada atala… Bu yerda sevgi qadrsiz, baxt esa juda oddiy — hatto arzon ovqat sifatida ko‘rsatilgan. “Atala” bu yerda nafaqat ocharchilik davridagi muhim taom, balki ijtimoiy ehtiyojlar tug‘yonida insoniyat tushunchalarining qadrsizlanish belgisi sifatida talqin etiladi. — Tolkosa nima, ey odam? — Tolkosa hayot, jo‘ra. — Atala nima, ey odam? — Stalin bobongdan so‘ra!.. She’r yakunida ochiq tarixiy ishora mavjud. “Stalin bobongdan so‘ra!” degan ibora orqali muallif ochiq tanqidiy ohangda o‘tmishdagi zo‘ravonlik siyosatini eslatadi. Bu satrda Stalinning ocharchilik yillari, repressiyalar, ommaviy jabrlar va moddiy qashshoqlik davri nazarda tutilgan. She’rda hayotiy tushunchalar soddalik orqali chuqur falsafiy va tarixiy ma’noga ega bo‘lgan tarzda tasvirlanadi. Har bir savol-javob zamirida insoniy qadriyatlarning qadrsizlanishi, tarixiy adolatsizliklar va jamiyatdagi beqarorlik yotadi. She’r ijtimoiy tanqid va tarixiy xotiraning uyg‘unlashgan badiiy ifodasidir. ”Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog‘oz edi. U hamma joydan faqat qog‘oz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg‘ayib, g‘ijim bo‘lib yotgan bir parcha qog‘oz topib olib, boshi osmonda, yana zax xonaга qaytardi. Tergov paytida ham ilinj shu. Ovqat payti ham. Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yiqqan qog‘ozlari bir kuni qo‘lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo‘lsa ham tashqariga, odamlarga yetkazish zarur edi. Lekin qanday qilib? U turma boshlig‘iga murojaat qildi. Meni qabul qilishingizni so‘rayman, deb qayta-qayta so‘rayverdi. Nihoyat boshliq zerikdi. Qahraton qish kunla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xalqimizning ardoqli shoiri, she’rlaridan har doim vatan va muhabbat mavzulari birinchi o’rinda tugan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonidagi ayrim parchalar g‘oyaviy badiiy jihatdan tahlilga torti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xalqimizning ardoqli shoiri, she’rlaridan har doim vatan va muhabbat mavzulari birinchi o’rinda tugan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonidagi ayrim parchalar g‘oyaviy badiiy jihatdan tahlilga torti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy san’atlar., lirik chekinish, yurt dardi, adabiy qahramon, shoirlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники