Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF “O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
SCIENCE SHINE · O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIVLIK QOBILIYATINI · RIVOJLANTIRISH METODIKASI · Mirzoyeva Maftuna Husnitdinovna · НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article presents several reflections on the fact that the development of communicative abilities in primary school students is one of the priority tasks of the modern educational process, and this process is important in 358 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 ensuring the personal development, socio-cultural adaptation, and educational success of students. Keywords: communicative ability, interactive methods, constructive analysis, communicative competence, educational environment, technologies. Kommunikativlik qobiliyati – bu o‘z fikrini aniq, ravon ifoda etish, boshqalar bilan samarali muloqot qilish, tinglash va tushunish ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan murakkab ko‘nikmalar tizimidir. Boshlang‘ich sinfda bu ko‘nikmalarni shakllantirish o‘quvchilarning nutq madaniyati, muloqot madaniyati, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o‘zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qituvchi bilan, o‘z tengdoshlari bilan, ota-onasi bilan muloqot olib boradi. Bu davrda bolaning nutqi shakllanishida o‘qituvchining nutqi kata rol o‘ynaydi, chunki uning nutqi o‘quvchilar uchun namuna hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi, eng avvalo, o‘z nutqi ustida ishlashi kerak. Muloqot qilish ko‘nikmasi • muloqotdan cho‘chimaslik va muloqotni uyushtira bilish qobiliyati, savollar berish va ularga javob berishga tayyorlik. • muloqot maqsadi va mazmuniga, shuningdek, suhbatdoshga moslashish qobiliyati; • muloqotchanlik maqsadlariga erishishda verbal va noverbal vositalardan foydalanish qobiliyati; • muloqot qoidalari ma’nosini tushunish va ishonch darajasini oshirish; • boshqa odamlarning fikrini tinglashni o‘rganish; • o‘zining ijobiy obrazi shakllanishini ta’minlash; • o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash amaliyoti; • taqdim etish, qabul qilish va qayta aloqani aks ettirish amaliyoti; • o‘z fikrlari va mulohazalarini aniq dalillash amaliyoti; • katta va kichik jamoada boshqalar bilan ishlash amaliyoti. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ qobiliyatni rivojlantirishda quyidagi metodik usullar samarali hisoblanadi: 359 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 • Interfaol ta’lim vositalari va o‘yinlar: XXI asr 4K (kommunikativlik, kreativlik, kritik fikrlash, kolaboratsiya) moduliga asoslangan interfaol metodlar o‘quvchilarning nutq va muloqot ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. • Muloqot uchun sharoit yaratish: O‘quvchilarni juftlik yoki kichik guruhlarda ishlashga undash, o‘z fikrlarini erkin ifoda etish va tinglash imkoniyatlarini ta’minlash orqali kommunikativlikni rivojlantirish. • Haqiqiy materiallardan foydalanish: Videolar, qo‘shiqlar, hikoyalar va boshqa madaniy materiallar o‘quvchilarning tinglash va nutq ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. • Fikr-mulohaza va konstruktiv tahlil: O‘qituvchilar tomonidan grammatika, talaffuz, lug‘at va nutq madaniyatiga oid konstruktiv fikr-mulohazalar berish o‘quvchilarning kommunikativ malakasini mustahkamlaydi. • Texnologiyalarni qo‘llash: Raqamli hikoyalar, video konferensiyalar va onlayn munozaralar orqali o‘quvchilarga real muloqot vaziyatlarini yaratish imkoniyati beriladi. • Ijobiy ta’lim muhitini yaratish: O‘quvchilarning o‘zlarini qulay va xavfsiz his qilishlari, o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olishlari uchun sinfda do‘stona muhit tashkil etish zarur. O‘qituvchilarning roli va malakasini oshirish Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetentligi o‘zini-o‘zi rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilar zamonaviy metodlarni o‘zlashtirib, o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil etishlari lozim. Shu bilan birga, o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishning tashkiliy-didaktik jihatlari Kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishda produktiv o‘qish vositalaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Bu yondashuv o‘quvchilarning nutq va tafakkurini uyg‘un rivojlantirishga, mustaqil fikrlash va ijodiy faoliyatga yo‘naltirishga xizmat qiladi. O‘quv materiallarini mnemik-ta’limiy faoliyatga asoslash va strukturalash metodlari ham kommunikativ ko‘nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi. Milliy va xalqaro tajribalar O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni (2020) va 2022–2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllantirish masalalari ustuvorlik bilan ko‘rilgan. Xorijiy tajribalarda, masalan, Filippin, Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQShda kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishga qaratilg
Доказательный фрагмент
«This article presents several reflections on the fact that the development of communicative abilities in primary school students is one of the priority tasks of the modern educational process, and this process is impo…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents several reflections on the fact that the development of communicative abilities in primary school students is one of the priority tasks of the modern educational process, and this process is impo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- communicative ability, interactive methods, constructive analysis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025