Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO AMIRLIGI HUDUDIY YAXLITLIGI VA SIYOSIY MUSTAQILLIGINING TUGATILISHI OQIBATLARI
SCIENCE SHINE · MUSTAQILLIGINING TUGATILISHI OQIBATLARI · To‘rayeva Nafosat Shuhrat qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni va bu bosqin natijasida amirlik siyosiy boshqaruv tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Buxoro amirligi, sulh shartnoma, amir Muzaffarxon, amir Abdulahadxon, bojxona, ssuda, Xiva xonligi, siyosiy agentlik. XIX yuzyillikning ikkinchi yarmi Turkiston tarixida tub burilish davri bo‘lib, bu davrda mintaqaning mustaqil davlatlari birin-ketin Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. Ushbu jarayonda Buxoro amirligi ham strategik ahamiyatga ega hudud sifatida Rossiyaning siyosiy va harbiy bosimi ostida qolib, 1868-yilgi harbiy to‘qnashuvlar natijasida Rossiya protektoratiga aylantirildi. Garchi amirlik nomigagina ichki mustaqilligini saqlab qolgan bo‘lsa-da, uning tashqi siyosati, iqtisodiy aloqalari va hatto ichki boshqaruv tizimi ham bosqinchilik siyosatining ta’sir doirasiga tushdi. XIX yuzyillikning ikkinchi yarmida ruslarning Buxoro amirligiga amalga oshirgan bosqinchilik yurushlari amirlikni mag‘lubiyati bilan yakunlandi.1893-yili Buxoroga tashrif buyurgan nemis sayyohi Maks Alberxt o‘zining “Markaziy Osiyo” kitobida Buxoro haqida : “ O‘ttiz yil avval hech bir yevropalik kirishga jur’at eta olmagan ko‘hna muqaddas Buxoro taqdirini siyosiy va iqtisodiy boshqaradigan rus shahri paydo bo‘ldi “ – deya ta’riflaydi. Darhaqiqat yevropaliklar kirishga jur’ati bo‘lmagan hududni ruslar iqtisodiy va siyosiy qaram mamlakatga aylantirishi bosqichma-bosqich bo‘ldi. Xo‘sh, nega ruslar amirlikni o‘z hududiga to‘g‘ ridan to‘g‘ ri qo‘shib olmadi? Uyushtirilgan bosqinchlik oqibatida amirlikning yirik beklik va shaharlarini vayron qilgan kuch amirlikni butunlay bosib olish uchun yetmasmidi? Ruslar janglarda qo‘li baland kelishi asosiy omillaridan biri harbiy ustunlik butun amirlikni egallash imkonini bersa-da, uni boshqarish uchun yetarli emas edi. Birinchidan, ruslar bu hududni qo‘shib olgan taqdirda amirlikda amalga oshirish kerak bo‘lgan islohotlar imperiyadan katta miqdordagi mablag‘ talab qilardi. 342 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Ikkinchidan, asrlar davomida jamiyatdagi islomiy mezonlar va urf-odatlar musulmonlarni boshqa din vakillariga qaramligiga yo‘l bermasdi. Uchinchidan, Rossiya imperiyasini Yevropadagi gegemon davlatlari bilan raqobati kuchayib ketishi va munosabatlar buzilishi unga juda qimmatga tushardi. To‘rtinchidan, Abdu Malik To‘ra boshchiligidagi xalqning qarshilik harakatini faqatgina xiyla bilan to‘xta olgan ruslar uchun amirlikni vassalga aylantiruvchi shartnomalar tuzish eng maqbul yo‘l bo‘lgan. Biroq, Buxoro amiri Muzaffarxon vassallikni osonlikcha qabul qilmadi. Mustaqilligini saqlab qolish uchun kech bo‘lsa-da choralar ko‘rdi. Zirabuloq jangidan so‘ng amir Muzaffarxon uchun elchilar jo‘natib o‘zi uchun ittifoqchi izladi. Amir Muzaffarxon muftiy Xoja Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarini yordam so‘rab Afg‘oniston va Hindiston orqali Istanbulga jo‘natdi. Xoja Muhammad Porso inglizlarning Hindistondagi vakili Jon Lourensga amirning maktubini topshirib, Angliya qirolichasiga ham bu iltimosni yetkazishni so‘radi. O‘z navbatida Jon Lourens Xoja Muhammad Porso bilan bo‘lgan suhbat chog‘ ida Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan 1842-yilda ingliz zobitlari Stoddort va Kanolli o‘ldirilishini eslatadi. O‘z fuqarolarining Buxoroda o‘ldirilishini unutmagan ingliz hukumati Istanbulga kelib, u yerdagi Angliya elchisidan yordam so‘rab murojaat etgan Xoja Muhammad Porsoga dastlab o‘zlarining Hindistondagi vakili Jon Dourens, keyinroq Istanbuldagi elchilari Genri Ellab orqali o‘rtadagi masofa uzoqligini bahona qilib, rad javobini beradi.61 Shundan so‘nggina amir ruslar bilan noteng shartnomalar tuzishga majbur bo‘ladi. Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi o‘rtasida ushbu hududdan har tomonlama foydalanish uchun 1868,1873,1885,1888, 1894,1900 – yillardagi noteng shartnomalar imzoladi. Biroq, ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlar asosi 1868 yildagi savdo va 1873 – yildagi Do‘stlik shartnomalari hisoblanadi. Qolgan shartnomalar shu ikki bitimga qo‘shimchalar va tahrirlaridir. 1868-yil 23-iyun sulh shartnomasi Buxoro bilan Rossiya qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga ko‘ra Buxoro amirligining Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqo‘rg‘ on shaharlaridan Zirabuloqqacha bo‘lgan hududi Rossiya imperiyasiga kiritildi va Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Zarafshon okrugi (keyinchalik Samarqand 61 Ҳ.Тўрайев, Б.Мирзақулов. Ўзбекистон тарихи (Бухоро тарихи) Х жилд. – Тошкент,”Ўзбекистон” 2023. Б – 272. 343 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 viloyati) tashkil qilindi. Amir Muzaffar oltin hisobida 500 000 rubl xarbiy tovon to‘ladi.62 Shuningdek, 1868-yilgi shartnoma shartlariga ko‘ra, amirlik o‘z hududida rus fuqarolarining erkin savdo qilishi, karvonsaroylar tashki
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni va bu bosqin natijasida amirlik siyosiy boshqaruv tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi jarayoni va bu bosqin natijasida amirlik siyosiy boshqaruv tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ssuda, sulh shartnoma, bojxona, siyosiy agentlik., amir Muzaffarxon, Xiva xonligi, Buxoro amirligi, amir Abdulahadxon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025