К содержанию
РецензированоUZ2025

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM - TARBIYAGA OID MA’NAVIY VA AXLOQIY QARASHLARI

SCIENCE SHINE · Abdumalik Ikromovich Temirov

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

The article deals with the views of Eastern thinkers on education, morality, and the upbringing of children in Islam. Also, one of the important features of a teacher's pedagogical skills in the process of pedagogical education is the knowledge of the methods and means of education in the creative activity of Eastern thinkers, the methods and means of education in the minds of the younger generation. revealed that. Keywords: morality, education, manners, harmonious human being, humanity, spiritual qualities, universal values, national values, national thinking, Islamic culture. O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o‘ziga xos tajribasini to‘plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Tarbiya ham ota- 320 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so‘zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo‘lib, o‘stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga yetkazishdir”. Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga yetadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo‘ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Odob masalasini insoniyat tarixida to‘laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o‘z odobi bor. Dunyodagi odobga bag‘ishlangan asarlarning asosini va ko‘piligini Islom xalqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag‘a yo‘q. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do‘stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o‘zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o‘tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi”. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o‘z farzandlarini barkamol inson bo‘lishini istaydi, o‘zlari eta olmagan orzu umidlariga bolalarining yetishligini o‘ylaydi. Bolalarning har bir yutug‘idan quvonishadi, mag‘lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko‘rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O‘tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, 321 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo‘lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o‘zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo‘sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo‘lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko‘ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o‘zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoj

Доказательный фрагмент

«The article deals with the views of Eastern thinkers on education, morality, and the upbringing of children in Islam.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article deals with the views of Eastern thinkers on education, morality, and the upbringing of children in Islam. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
morality, education, manners, harmonious human being, humanity, axloqiy qoida, tarbiya, milliy tafakkur, islom madaniyati., ma’naviy fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar, barkamol inson, milliy qadriyat, insonparvarlik, odob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники