К содержанию
РецензированоUZ2025

FIZIKA O‘QITUVCHILARINING AMALIY VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI ORQALI KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

SCIENCE SHINE · Sodiqova Zilola Yahyoqul qizi

Свет науки · 1 · 56-61 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali takomillashtirishning didaktik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Amaliy mashg‘ulotlar, tajriba asosidagi o‘qitish, virtual laboratoriyalar (PhET, oPhysics, myPhysicsLab) orqali o‘qituvchilarning metodik, pedagogik va texnologik kompetensiyalari rivojlanishiga oid tadqiqot natijalari bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: fizika o‘qituvchisi, kasbiy kompetentlik, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, virtual simulyatsiya, metodik yondashuv, ta’lim samaradorligi. Bugungi kunda fizika fanini samarali o‘qitish o‘qituvchidan nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikma va innovatsion metodlarni puxta egallagan bo‘lishini talab etadi. Ayniqsa, zamonaviy interaktiv vositalar, simulyatsiyalar va eksperimentlar orqali o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, eksperimental ko‘nikmalar va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish muhimdir[1]. Fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish zarurati O‘qituvchining kasbiy kompetentligini takomillashtirish, uning amaliy bilim va ko‘nikmalari bilan chambarchas bog‘liq. Bu borada laboratoriya mashg‘ulotlari, tajriba asosida o‘qitish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash asosiy vosita hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar o‘z kasbiy faoliyatida amaliy mashg‘ulotlarga tayangan holatda bilimni o‘quvchiga yetkazishda samaradorlikka erishadilar[2]. Virtual laboratoriyalar va metodik yondashuv Maqolada PhET, myPhysicsLab va oPhysics kabi virtual laboratoriyalar asosida ishlab chiqilgan laboratoriya ishlari orqali o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish yo‘llari yoritilgan[3]. Ularning yordamida fizika darslari mazmunan boyitilib, murakkab tajribalarni xavfsiz va aniq bajarish imkoniyati yaratiladi. Misol uchun, PhET simulyatsiyasi orqali o‘quvchilar harakat qonunlarini mustaqil 316 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 o‘rganishlari mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi bu jarayonda kuzatuvchi va yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. Tadqiqotning tashkil etish va o'tkazish Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish bosqichi dissertatsiya mavzusiga mos ravishda aniq maqsad va vazifalarni belgilashdan boshlandi. Tadqiqot doirasida tajriba sinovlari o‘tkaziladigan maktab sifatida Jizzax viloyati, Jizzax shahar 10- sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari tanlab olindi. Tajriba uchun bitta tajriba guruhi va bitta nazorat guruhi shakllantirildi. Har bir guruhda 28 nafardan o‘quvchi bo‘lib, umumiy 56 nafar o‘quvchini tashkil etdi. Tajriba guruhi uchun maxsus amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tizimi ishlab chiqildi, bunda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini, tajriba o‘tkazish malakalarini va nazariy bilimlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi[4,5]. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga real laboratoriya tajribalarini bajarish, fizik hodisalarni o‘z amaliy faoliyati orqali anglash va ilmiy mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar taqdim etildi. Tadqiqot rejasi asosida tajriba guruhi bilan maxsus dars mashg‘ulotlari olib borildi: bunda o‘quvchilarga amaliy tajribalar[6], virtual laboratoriyalar (masalan, oPhysics va PhET simulyatsiyalari) orqali tajriba modellashtirish ishlari o‘rgatildi. O‘quvchilarning mustaqil laboratoriya ishlarini bajarish darajasi nazorat sinovlari va amaliy baholash usullari orqali o‘lchab borildi[7]. Tadqiqot jarayonida mening o‘z kasbiy kompetentligim ham izchil takomillashdi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar uchun amaliy va laboratoriya topshiriqlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, laboratoriya uskunalari bilan ishlash malakasini oshirish, simulyatsiya va real eksperiment o‘rtasidagi farqlarni tushuntirish, tajribalarni didaktik va metodik asosda tashkil qilish ko‘nikmalarim rivojlandi. Shuningdek, o‘quvchilar bilimini tahlil qilish, ularning faol ishtirokini baholash va differensial yondashuv asosida laboratoriya mashg‘ulotlarini moslashtirish orqali pedagogik mahoratimni oshirdim. Eksperimental tajribalar natijalarini ilmiy tahlil qilish va statistik metodlar yordamida natijalarni qayta ishlash ham mening ilmiy-tadqiqot kompetentligimni yanada mustahkamladi[8] Eksperimental tadqiqotlar natijalari Tajribaviy ishlar natijalarining tahlili fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligini ko‘rsatdi. Tajriba guruhi va nazorat guruhi o‘rtasida olingan natijalar solishtirildi. Tajriba guruhi o‘qituvchilarida amaliy tajriba o‘tkazish qobiliyati, laboratoriya ishlarini mustaqil tashkil etish ko‘nikmalari va fizika faniga nisbatan qiziqish darajasi 317 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi aniqlandi. Natijalar statistik tahlil qilinib, tajriba metodikasining samarali ekanligi ilmiy asosda isbotlandi. Umuman olganda, tadqiqot na

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali takomillashtirishning didaktik va metodik asoslari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada fizika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari orqali takomillashtirishning didaktik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
laboratoriya mashg, tajriba guruhi, kasbiy kompetentligini, amaliy laboratoriya, mashg ulotlari, virtual laboratoriyalar, fizika qituvchilarining
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники