Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHOR VA O’RXON KAMOL HIKOYALARIDA MAQOLLARNING QO’LLANILISHI
SCIENCE SHINE · MAQOLLARNING QO’LLANILISHI · Bozorova Farangiz Tilakmurod qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В статье анализируется художественная функция, воздействие на характер и роль пословиц в выражении национального духа в рассказах выдающихся представителей узбекской и турецкой литературы - Абдуллы Каххора и Орхана Кемаля. В работах обоих писателей в сравнительной перспективе рассматриваются способы использования пословиц как образцов устного народного творчества. Ключевые слова: пословица, устная народная словесность, художественный стиль, реалистический рассказ, народность, персонаж, «Пророчество», «Потухший вулкан», «Траур на свадьбе», «Приданое», «Ноющие зубы», «Гранат», «Страх», «Вор» и «Боль».“Yağmur yüklü bulutlar“, “On beş kuruş”,”Hakaret “,”Bey baba”,”Cıgaramın Dumanı “,”Ölür müsün, öldür müsün “,”Ürök Ninile”,”Dünyada Harp Vardı ‘’,”Kart Kedi”,”Boyalı Dudaklar “. So‘z — adabiyotning asosiy quroli, badiiy tafakkurning tayanchi va inson qalbining eng nafis ifodasidir. Adib so‘z orqali obraz yaratadi, g‘oyani ilgari suradi, tuyg‘ularni yetkazadi. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi — maqollar, matallar, aforizmlar adabiy asarlarda so‘zga jilo beruvchi vosita sifatida alohida o‘rin tutadi. Maqollar — xalq donishmandligining, ming yillik tajribasining siqiq ifodasi bo‘lib, adabiy matnga chuqur mazmun, teran fikr va milliy ruh olib kiradi. 311 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Xalqimiz “So‘z laganda emas, elakda elansin”, deya bekorga aytmagan. Adabiyotda so‘z tanlovi, uning ohangi va ifoda uslubi nihoyatda muhim. Ayniqsa, maqol kabi xalqona iboralardan o‘rinli foydalanish asarning ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchiga tanish hayotiy haqiqatlarni eslatadi. O‘tgan tajribalar elagidan o‘tib, bugungi kunga yetib kelgan bir qancha mazmunli gaplar bor. Ushbu so’zlar tufayli, o’tmishda qilingan xatodan saboq olish kerakligi tushuniladi. Maqollar aynan mana shu so‘zlarning aksidir. Maqollarning ma’nolarini hayotimizda qo‘llay olsak, ular bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ko‘p salbiy holatlarga tushib qolishimizdan saqlaydi. Maqollar – o‘tmishda yashab o‘tgan odamlarning kechinmalari, oqilona o‘ylangan, nasihat xususiyatiga ega bo‘lgan jumlalarning ixcham so‘zlar tarzida ifodalanishi. Maqollar maslahat xarakteriga ega ixcham so‘zlardir. Ular ajdodlarimizning kundalik hayotidagi, do‘stlar, oila va ish hayotidagi har qanday voqea-hodisadagi munosabatlari va kechinmalarini bizga yetkazadigan qo‘llanma bo‘lgan formulali so‘zlardir. Maqol adabiyotning muhim tarmoqlaridan biridir. Biroq, u shakli jihatidan boshqa turlardan juda farq qiladigan xususiyatlarga ega.Masalan, hikoya, roman va she’r kabi janrlarga nisbatan juda qisqa. Ular ko‘pi bilan bir necha gapdan iborat bo‘lib, maqollar turg‘un gap bo‘lgani uchun ularni o‘zgartirib bo‘lmaydi va xalqning umumiy mulki deyiladi. Buni hamma bir xil aytadi. Maqol o’sha jamiyatda yashovchi odamlar uchun o’ziga xos hayot falsafasidir. Buni odamlardagi salbiy va yomon his- tuyg’ularning oldini olish, bunday vaziyatlarda odam yoki odamlarga ibratli saboq berish va ularni bir xil xatolarga yo’l qo’ymaslik haqida ogohlantirish sifatida ifodalash mumkin. Maqollar o‘zi yashayotgan jamiyatda yashovchi xalqning tafakkur tarzini ifodalovchi so‘zlardir. Shunga ko’ra, o’sha jamiyatda yashovchi shaxslar boshidan kechirgan voqealar haqiqatda o’sha odamlarni aks ettiradi, chunki ular fikrlash tarziga aylanadi. Maqollar o‘zining milliy tabiati tufayli o‘zi yashayotgan jamiyatning an’analari, urf-odatlari, madaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan, ular u yashayotgan xalqning ibtidoiy so’zlari, xolos. Adabiyot xalq hayotining aks-sadosidir. Xalqning asrlar davomida shakllangan tajribasi, donishmandligi va dunyoqarashi maqollarda mujassam topgan. Maqollar asarlar mazmuniga chuqurlik, obrazlarga esa milliylik baxsh etadi. O‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qahhor va turk adabiyotining yorqin vakili O’rxon Kamoll hikoyalarida maqollar realistik obraz yaratishda, ijtimoiy vaziyatni tasvirlashda va xalqning umumiyruhiyatini ifodalashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. 312 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 O‘zbek hikoyachiligi va uning janrining rivojlanishi Abdulla Qahhor nomi bilan qattiq bog‘liq. Ushbu muallifning hikoyalarida siyosiy-ma’naviy tazyiq ostida yashagan davr kambag‘allarining ichki dunyosini aks ettiruvchi hikoyalar yozgan. “Anor”, “Qo’rquv”, “O’g’ri” va “Bemor” bu hikoyalarunga yorqin misoldir. Kishilarning ichki dunyosidagi dardlarni shu janrda teran qalamga olgan A.Qahhor o‘zbek hikoyachiligiga realistik hikoyachilikni olib kirgan. Mashhur rus munaqqidi Vera Smirnova A. Qahhorning “Anor”, “Qo‘rquv”, “Sabr”, “O‘g‘ri” kabi qhikoyalarini jahondagi mashhur hikoyalar bilan teng ko‘radi: “A. Qahhor ijodi mazmunan va ko‘p shakllarga ko‘ra juda kengdir.Uning asarlarida xalqimizning eng og‘ir davrlardagi hayoti aks ettirilgan.”(M.Qo’shjonov,1982,108) Abdulla Qahhor o‘zining “Sep”, “Og‘riq tishlar”, “O‘g‘ri”, “Bashorat”, “So‘ngan vulqon”,
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется художественная функция, воздействие на характер и роль пословиц в выражении национального духа в рассказах выдающихся представителей узбекской и турецкой литературы - Абдуллы Каххора и Орхана Ке…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется художественная функция, воздействие на характер и роль пословиц в выражении национального духа в рассказах выдающихся представителей узбекской и турецкой литературы - Абдуллы Каххора и Орхана Ке… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- пословица, устная народная словесность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025