Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORPORATIV BOSHQARUVNING TAMOYILLARI VA USULLARINI JORIY ETISHINING XUSUSIYATLARI
SCIENCE SHINE · JORIY ETISHINING XUSUSIYATLARI · Kamaldinova Sayyora Jamaldinovna · Tadbirkorlik Oliy Maktabi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
In joint-stock companies, the wide implementation of modern corporate governance methods, improving the qualifications and skills of industry specialists to enhance operational efficiency, studying and applying international practices, exchanging experiences, and training professional managers are of great importance. Key words: corporation, management, corporate environment, corporate entities, corporate principles, governance, corporate relations. Korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir. Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob’yekti sifatida korporatsiyaning o’ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish 300 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o’zaro aloqa qilishini ko’zda tutadigan (korporativ kommunikastiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq – atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin. Korporativ boshqaruv asosiy tip bo’lib ajralib turadi, boshqarish ob’yekti sifatida u o’z xususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini ko’zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta’minlash, aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda aksiyadorlarning o’zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi.[1] Korporativ boshqaruv tizimi - korporatsiya o’z aksiyadorlari manfaatlarini ifodalashi va himoya qilishi lozim bo’lgan tashkiliy modelni ifodalaydi. Bu aksiyadorlar, direktorlar kengashi, menejerlar va boshqa manfaatdor tomonlarning (xodimlar, kreditorlar, mahalliy hukumat, jamoat tashkilotlari) o’zaro aloqa tizimi bo’lib, undan maqsad amaldagi qonunchilikka rioya qilib, xalqaro andozalarga muvofiq foydani oshirish hisoblanadi. Korporatsiyalar o’z navbatida, davlat oldida korxonalarning masalan, yagona soliq to’lovchi vakolotxonalari sifatida ishtirok etishi mumkin. Har qanday korporativ birlashma faoliyat ko’rsatish maqsadiga ega bo’ladi va ushbu maqsadga erishishda boshqarishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Bu quyidagi rasmda kurib o’tiladi.[2] Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin: Adolatlilik – boshqaruv qoidalari adolatli bo’lib, halol raqobatchilik sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha qatnashchilar, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim. Ravshanlilik – kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlar, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalari o’z vaqtida va aniq oshkora qilinishini kerak. Hissadorlik – barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi. 301 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Javobgarlik – aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyat hamda kompaniya faoliyatiga bog’liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.[3] Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar uchun o’zini o’zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bo’libgina qolmasdan, balki xo’jalik yuritishning bunday shakli mulkchilikning boshqa shakllariga (davlatga tegishli, qo’shma, xususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol ko’rsatuvchi namuna vazifasini ham bajaradi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi shakllarda tijorat tashkilotlarini tashkil qilish imkoniyatini nazarda tutadi: - ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati; - mas’uliyati cheklangan jamiyat va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat; - to’liq shirkat va kommandit shirkat; - ishlab chiqarish kooperativi; - - xususiy korxona; - unitar korxona Tomonlar manfaatlari bir-biriga to’g’ri kelmasligi va sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Qanday qilib, qaysi usullar yordamida menejerlarning hokimiyatini cheklash va aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mumkin? Shu bilan birga, menejerlarni bo’g’ib tashlamaslik, ularning tashqi sharoit o’zgarishlariga befarq bo’lmasligiga qanday qilib erishish mumkin? Aynan shu masalalar faqat korporativ boshqaruv tomonida
Доказательный фрагмент
«In joint-stock companies, the wide implementation of modern corporate governance methods, improving the qualifications and skills of industry specialists to enhance operational efficiency, studying and applying intern…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn joint-stock companies, the wide implementation of modern corporate governance methods, improving the qualifications and skills of industry specialists to enhance operational efficiency, studying and applying intern… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corporation, management, corporate environment, corporate, korporatsiya, korporativ muhit, korporatsiya subyektlari, korporatsiya tamoyillari, boshqaruv, menejment, korporativ aloqalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025