Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BORLIQ VA YOʻQLIK MASALASI FALSAFADA
SCIENCE SHINE · Shaxriddinova Shaxrizoda Murodullayevna · Ismoilova Dildora Ilhom qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article provides information on the dialectic of being and non- being, the problem of being in the history of philosophy, the problem of being in the teachings of Sufism, and the essence of being in the modern era. Keywords: The concept of being, the term "Ontology", mythology, the dialectic of being and non-being, Descartes, pure being. Kirish: Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Umum qabul qilingan falsafa tilida u ontologiya deb ham ishlatiladi. borliq, logos – so‘z, talimot), borliq haqidagi talimot degan manoni anglatadi, ilmiy kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qo‘llanilmoqda. Ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi 291 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar. Tahlil va natijalar:Falsafa tarixida birinchi bo‘lib Parmenid «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. «Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu manoda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy manoda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar u potensial, yani axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi obektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu manoda so‘z yuritishimiz mumkin. Ayni shu manoda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz. «Sof borliq» - bu o‘z holicha, barcha konkret belgilaridan xoli ko‘rinishda olingan mavjudlik. Birinchilardan bo‘lib Parmenid (miloddan avvalgi VI asr) borliq tushunchasidan yo‘qlikning mavjud emasligi fikrlay ham olmaymiz, chunki agar biz u haqda o‘ylasak, u bizning fikrimizda mavjud bo‘ladi, yani borliq sifatida fikrlanadi. Binobarin, yo‘qlikni tasavvur qilish ham mumkin emas, bu esa uning mavjud emasligini anglatadi. Ammo yo‘qlik bo‘lmasa, hech narsa paydo bo‘lishi ham, yo‘q bo‘lishi ham mumkin emas. 292 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Chunki paydo bo‘lish yo‘qlikdan bor bo‘lish, yo‘q bo‘lish esa – yo‘qlikka aylanishdir. Bundan xulosa shuki, borliq «harakatsiz», unda biron-bir o‘zgarish bo‘lishi mumkin emas: har qanday o‘zgarish nimaningdir paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, borliq yagona, bir jinsli va bo‘linmas: uni qismlarga faqat yo‘qlik ajratishga qodir, lekin u mavjud emas. Borliqning chegarasi bo‘lishi mumkin emas, uning boshi ham, oxiri ham yo‘q, zero, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliqni cheklashga qodir bo‘lgan narsa narsa ham mavjud emas. . Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi Markaziy Osiyo, hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi “Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalaydi. Vedalar (qadimgi
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the dialectic of being and non- being, the problem of being in the history of philosophy, the problem of being in the teachings of Sufism, and the essence of being in the modern era.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the dialectic of being and non- being, the problem of being in the history of philosophy, the problem of being in the teachings of Sufism, and the essence of being in the modern era. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The concept of being, the term "Ontology", mythology, the dialectic, Dekart, borliq va yo‘qlik dialektikasi, sof borliq., mifologiya, Borliq tushunchasi, «Ontologiya» atamasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025