К содержанию
РецензированоEN2025

JADID TARAQQIYPARVARLARIDA XOTIN QIZLAR ROLI

SCIENCE SHINE · Astanayeva Nazokat Toshtemirovna

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

This article analyzes the views of Turkestan's Jadid enlighteners on the women's issue in the late 19th and early 20th centuries, particularly their perspectives on the role and position of women in society, their literacy levels, the efforts made by the Jadids to educate women, and their initiatives to involve women in modern-method schools. Key words: Jadid, Behbudiy, Haftiyak, girls’ education, otinoyis, Fitrat, Aini, school, theater, foreign experience, gender equality, child upbringing. XIX asr oxiri – XX asr boshida oʻlkadagi maʼnaviy hayotga nazar tashlaydigan boʻlsak, XIX asr oxiri – XX asr boshida ommalashgan otinchilik qizlar uchun boshlangʻich taʼlim vazifasini ado etdi, ularga bibi xalifa yoki bibi otinlar dars berganlar. Maktab yillarida qizlar oʻz bibiotinlari boshchiligida asosan, “Haftiyak”ni Qurʼonning 2-3 ta surasini oʻqib oʻrganganlar. Qurʼonning boshqa suralarini esa uylarida oʻrgatishgan. “Qizlar uchun ilm mutlaqo ortiqcha, qizlarni tikish, bichish va toʻqishga oʻrgatinglar, oʻqish va yozishni chetga surib qoʻyinglar”, - degan 281 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 jamoatchilik fikrining mavjudligi adabiyotlarda keltiriladi. Kamdan-kam qizlar oʻqishga oʻrgatiladi, undan ham kam hodisalarda yozishga, qizlarning koʻpchiligi asosan kunduzgi ibodat, namoz oʻqish bilan band edi. Turkistondagi maktablarda qizlar koʻprok fors va turk sheʼriyatini oʻrganib, yozuvga kam eʼtibor berganlar. Maktablarni tugatishlari bilan qizlarning oʻqishiga yakun yasalgan. Baʼzi joylarda qizlar maktabi boʻlsada, ota-onalar bir yildan keyinoq qizlarining oʻqishini toʻxtatib qoʻyar, odatda ularni juda yosh turmushga berib yuborardilar. Bularning barchasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiston maktab-maorifining oʻziga xos xususiyatlaridan biri edi. Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qoʻlida ekanligi alohida taʼkidlaganlar. Sadriddin Ayniy bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat topgan, savodli boʻlsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur.[1] Birinchidan, diniy, va dunyoviy bilimlarni mukammal oʻqitadigan yangi jadid maktablari tashkil etib, millatning kelajagi boʻlgan farzandlarni komillik darajasiga koʻtarish. Ikkinchidan, jurnallar tashkil qilib omma ongini oshirish, Uchinchidan, teatr turuppalari tashkil qilib, xalqning baʼzi yomon illatlarini fosh etib, madaniy oshirishni maqsad qilib oldi. Behbudiy bola tarbiyasida oilaning, maktabning rolini koʻrsatar ekan, ularning jismoniy, gigenik tarbiyasiga ham eʼtibor qaratmoq lozim ekanligini oʻqtiradi. Bunday qarashlarni uning “Hifzi sihati oila” (Oilaning salomatligini saqlash) maqolasida bayon etadi. “Bolalarning yosh vaqtlaridan ishqiy gʻazallar oʻqishlariga yoʻl qoʻymaslik, kerak deydi. Ayniqsa, qizlar tarbiyasi haqida gapirib, bunda oʻta ehtiyotkorlik lozim deydi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlgan qizlarni bu vaqtda nihoyat diqqat bilan oʻtkazib, ularni zohiriy va botiniy va tarbiyalarini hifzi sihat va shariat taklifigʻa muvofiq etmoqlari kerak. Bu holda qizlarni vujudini quvvatsiz etadurgan har xil taomlardan saqlab ham issiq liboslarni kiygʻizmoq kerak” [2] - deydi oʻz maqolasida. Behbudiy. Toʻy-maʼrakalarga ketadigan befoyda pullarga bolalarni hukumat maktablariga berib, bu puldan talabalarni Makka va Madina, Misr, Istanbul va Rossiya dorilfunun va dorusanolarigʻa yuborilib,diniy,dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishtirishni yoqlab chiqadi. Hattoki, Ismoilbek Gasprinskiy ham “Dorur-rohat” asarida ham amirning rafiqasi Xadichabonuning davlatni boshqarish ishlariga aralashishi, ayollar qozi (sudya) kabi turli vazifalarda ishlashi toʻgʻrisida yozar ekan, bu bilan xotin-qzlarning ijtimoiy faoliyatida erkaklardan kam ish bajarmasligini koʻrsatadi” [3] - deb yozadi. Shuning uchun ham jadidlar musulmon xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishga, teng huquqli boʻlishga, shu bilan taraqqiyot yoʻliga, ilm-fan, maʼrifatga, dunyoviy 282 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 ishlarni oʻrganishga chaqirganligi, undaganligi ularning xizmatlari beqiyosligini koʻrsatardi. Eng asosiysi, erkaklar bilan teng huquqda jamoat ishlarida qatnashishlari, saylovlarda ishtirok etishlari uchun qilgan saʼy-harakatlari Turkiston maʼrifatparvarlarining Sharq mamlakatlarida birinchilardan boʻlib intilganligini koʻrsatardi. A.Fitrat ham o‘zining “Munozara” asarida bu haqda fikr yuritib, aksariyat mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi “behuda va ayollarning yaratilishidagi hikmat tavolud va tanosul (tug’ish va nasl qoldirish)dir” degan fikriga farangining unga qarshi fikr mulohazalarini keltiradi.[4] A.Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bo‘lmasliklari uchun xotin-qizlar o‘qimishli, sog‘liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo‘lishlari kerakligini zarur deb biladi.[5] Xulosa qilib aytish mumkinki, Jadid ziyolilarining ijtimoiiy-siyosiy, madaniy- ma’rifiy qarashlarida ta’lim

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the views of Turkestan's Jadid enlighteners on the women's issue in the late 19th and early 20th centuries, particularly their perspectives on the role and position of women in society, their lit…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the views of Turkestan's Jadid enlighteners on the women's issue in the late 19th and early 20th centuries, particularly their perspectives on the role and position of women in society, their lit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid, Behbudiy, Haftiyak, girls’ education, otinoyis, Fitrat, Aini, maktab, teatr, gendir tenglik, xorijiy tajriba, otinoyilar, bola tarbiyasi., Ayniy, qizlar ta’limi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники