К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDAGI O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA IJTIMOIY HAYOTDAGI O‘RNINI ANIQLOVCHI RENE JILYE TESTI (4-sinflarda o‘tkazilgan tajriba misolida)

SCIENCE SHINE · Xolyigitova Nasiba Xabibullayevna · Adinamatova Dono Ilxom qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Maqolada zamonaviy ta’lim talabiga aylanayotgan o‘z-o‘ziga baho berishni aniqlashtiruvchi test “Rene Jilye” testi haqida, uning maqsadi va vazifasi, topshiriqlari, shkalalari, o‘tkazilishida kerakli jihozlar, 4-sinflarda o‘tkazilgan tadqiqot testi haqida fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: Baholash, Rene Gille, rasmli, so‘zli topshiriq, shkala, itimoiy munosabatlar, muhit, tajriba-sinovlari, natijalar. Annotation: The article reflects on the “Rene jilye” test, a test that clarifies self- assessment that is becoming a modern educational requirement, its purpose and function, tasks, scales, necessary equipment in the experiment, a research test conducted in Grades 4. Keywords: Assessment, Rene Gille, pictorial, verbal assignment, scale, emotional relationship, environment, Experience-tests, results. Hozirgi kunda baholash bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar kiritilyapti. Hattoki, o‘quvchilarda o‘ziga ishonch, motivatsiyani shakllantirishda o‘z-o‘zini baholash konsepsiyasi xorijiy va davlat maktablarida shakllanib, rivojlantirilmoqda. Ushbu maqola orqali o‘zini baholashni ko‘rsatib beruvchi test bilan tanishasiz.[5] Rene Jilye testi (Fransuzcha “Test de Rene Gille) – o‘quvchilarning ijtimoiy, hissiy rivojlanishini baholashga qaratilgan, bolalarni ijtimoiy muhitdagi o`rnini aniqlashga yordam beruvchi psixologik test hisoblanadi.[1] Ushbu Rene Jilye metodikasi 1959-yilda fransuz psixologi Rene Gille tomonidan o`rganilib, psixologiyaga kiritilgan. Rene jilye testini 4 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda o`tkazish talab etiladi. Testning maqsadi: 268 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 O‘quvchining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, do‘stlari, o‘qituvchilari va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Undan tashqari bu test oquvchining o‘zini qanday qabul qilishi, oz-oziga bahosi, ijtimoiy moslashuv darajasini ko`rsatib beradi. Rene Jilye testi 12 ta shkala va 42 ta topshiriqdan iborat. Ularning 25 tasi rasmli topshiriq bo`lib, oquvchi turli vaziyatlar tasvirlangan rasmlarga qaraydi va o‘zini u yerda qanday o‘ringa qo‘yishini ifodalaydi. 17 tasi esa matnli topshiriq bo‘lib, o‘quvchi turli vaziyatlar haqida o‘qib o`z fikrini bildiradi (u o‘sha vaziyatda nima qilar edi). Bu topshiriqlar orqali hissiy munosabatlarni aniqlash mumkin. Masalan, oila a’zolari bilan yaqinlik yoki uzoqlik kabi munosabatlar. Ushbu testdan qaysi holatlarda foydalanish mumkin?  Ota-ona bilan munosabatlarni aniqlashda  O ‘qituvchi yoki tengdoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni baholashda  Bolaning hissiy muammolarini aniqlashda  O‘zga baho berish darajasini aniqlashda Testni olib borilishi. Test o‘tkaziladigan muhit erkin, tinch bo‘lishi zarur. Bolaga testni har bir topshirig‘ini chuqur va oson tarzda tushuntirish talab etiladi. Iloji bo‘lsa sinfda ko‘p o‘quvchi bilan o‘tkazilayotgan paytda topshiriqni navbat bilan tuhuntirish va bajarish bilan birgalikda olib borish samarali bo‘ladi. Bolaga bu topshiriqda to‘g‘ri va noto‘g‘ri javob yo‘qigini va o‘zini qanday his qilsa shunday javob berilishi oldindan tushuntiriladi. Ushbu testni qog`oz variantda o‘tkazish ancha qulay. Rene Jilye tasti. № Shkala nomlari Topshiriqlar soni 1 Onaga munosabat 1-4, 8-15, 17-19, 27, 38, 40-42 2 Otaga munosabat 1-5, 8-15, 17-19, 37, 40-42 3 Ota-ona juftligi sifatida ota-onaga 1-4, 6-8, 14, 17, 19 munosabat 4 Aka-uka yoki opa-singillar bilan 1, 2, 4, 5, 6, 8-19,30, 40, 42 munosabat 5 Bobo-buvilar bilan munosabat 1, 4, 7-13, 17-19, 30, 40, 41 6 Do`stga (dugonaga) munosabat 1, 4, 8-19, 25, 30, 33-35, 40 7 O‘qituvchiga (yoki obro‘si 1, 4, 5, 9, 11, 13, 17, 19, 26, 28-30, kattalarga) munosabat 32, 40 8 Qiziqish 5, 22-24, 26, 28-32 269 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 9 Bolalarning katta guruhlarida 16, 22-24 muloqot qilishi 10 Bolalar guruhida ustunlik, 20-22, 39 yetakchilik 11 Xulq-atvorning ijtimoiy 9, 25, 28, 32-38 adekvatligi 12 Yolg‘izlik, izolyatsiya qilish istagi 9, 10, 14-16, 17, 19, 22-24, 29, 30, 40-42 Testning topshiriqlari. 1. Mana stulda turli odamlar o‘tiribdi. 2. X qo‘ying qayerda siz Qaysi biri sensan? o`tiryapsiz? 3. Siz o‘zingiz o‘tirgan joyingizni 5. Stol boshida siz yaxshi bilgan odam 8.Yana siz do‘stlaringiz bilansiz. Ba’zi belgilang. o‘tirgan.Qayerda o‘tirardingiz? odamlarni xonalar va o‘z xonangizni belgilang. 7.Siz uzoq vaqtdan beri do‘stlaringiz 6. Oilangiz bilan dam olishni o‘tkazadi- bilansiz. Siz qaysi xonani tanlagan gan uydasiz. O‘zingiz uchun xona tanlang bo‘lardingiz? 4. Endi bu stol atrofida bir nechta odamni va o‘zingizni joylashtiring. 270 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 9.Bir kishiga sovg‘a berishga qaror qilindi. Siz berishni xohlaysizmi? Kimga berardingiz? 10. Sizda bir necha kun ta’tilga chiqishingizga imkoningiz bor, lekin siz boradigan joyda faqat 2 ta bepul joy bor: biri siz uchun, ikkinchisi boshqa o

Доказательный фрагмент

«Maqolada zamonaviy ta’lim talabiga aylanayotgan o‘z-o‘ziga baho berishni aniqlashtiruvchi test “Rene Jilye” testi haqida, uning maqsadi va vazifasi, topshiriqlari, shkalalari, o‘tkazilishida kerakli jihozlar, 4-sinfla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada zamonaviy ta’lim talabiga aylanayotgan o‘z-o‘ziga baho berishni aniqlashtiruvchi test “Rene Jilye” testi haqida, uning maqsadi va vazifasi, topshiriqlari, shkalalari, o‘tkazilishida kerakli jihozlar, 4-sinfla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Assessment, Rene Gille, pictorial, verbal assignment, scale, tajriba-sinovlari, Baholash, so‘zli topshiriq, natijalar., rasmli, shkala, muhit, itimoiy munosabatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти