Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · Xoliqulova Moxichehra Nodir qizi · Holikulova F.X.
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of developing critical thinking among primary school students and examines effective methods based on the experiences of foreign countries (USA, Finland, Singapore). It also analyzes the possibilities of adapting these international approaches to the educational system of Uzbekistan. Keywords: primary education, critical thinking, foreign experience, problem- based learning, independent thinking, Finnish model, Singaporean approach. P4C. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda Boshlang‘ich ta’lim Konsepsiyasida ta’kidlanganidek, o‘quvchilarni mustaqil, mantiqiy, tanqidiy fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, ularga fan asoslarini chuqur o‘rgatish hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 231 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Bugungi kunda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga yordam beradigan, fikrlashga undaydigan, kerak bo‘lsa o‘z tanqidiy fikrini bemalol bildira oladigan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqilgan. Ushbu usullardan samarali foydalanish bugungi kun pedagog xodimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bugungi globallashuv davrida ta'lim sohasida yangicha yondashuvlar, innovatsion metodlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi zamonaviy ta’limda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali shaxs sifatida shakllanish bosqichida bo‘lganliklari uchun ularda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish nihoyatda muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi hali hayotiy tajribaga ega emas, ammo u o‘z atrofini kuzatadi, savollar beradi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Ana shu jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanish lozim bo‘ladi. Bu texnologiyalar orqali o‘quvchilar o‘ylashga, bahslashishga, fikr bildirishga, muammoni har xil yo‘l bilan hal qilishga o‘rganadi. Masalan, “bosh miya hujumi” usuli orqali o‘quvchilar berilgan mavzu yuzasidan fikrlarini to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi deb baholamasdan erkin ifoda etadilar. Bu esa ularning o‘ziga ishonchini oshiradi va ijodiy tafakkurga yo‘l ochadi. O‘quvchilarga tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o‘zlari mas’ul ekanliklarini anglatish lozim. Pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirib turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo‘ladi. Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: o‘quvchida o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish; bir fikrdan boshqasining afazalligini asoslash mahorati; murakkab muammolarni yechish mahorati; bahsni dalillab olib borish; yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati; hayotiy tajribaning qarashlar va tasavvurlarga ta’sirini o‘rganish. Tanqidiy tafakkur — bu bolaning voqea-hodisalarga faqat yuzaki qarab qolmasdan, chuqur o‘ylashi, savollar berishi, muammoning sababi va oqibatini tushunishga intilishi, o‘z fikrini asoslay olishi demakdir. Bugungi kunda ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri — bolani tayyor bilim egasi emas, balki izlanadigan, o‘rganuvchi va o‘z fikrini shakllantira oladigan shaxs sifatida tarbiyalashdir. 232 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Tanqidiy tafakkurni shakllantirish o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi. Har bir savol, har bir topshiriq bolani o‘ylantiradigan, izlanishga undaydigan bo‘lishi kerak. O‘quvchining “nega?”, “qanday?”, “agar shunday bo‘lsa-chi?” kabi savollar berishi, o‘z javobini dalillashi, boshqa fikrlarni tahlil qilishi uchun qulay muhit yaratilishi lozim. Shu yo‘l bilan o‘qituvchi bolani tayyor fikrlarni qabul qiluvchi emas, balki o‘z qarashlariga ega shaxs sifatida tarbiyalaydi. Xorijda tanqidiy tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi va bu borada ilg‘or pedagogik texnologiyalar keng qo‘llaniladi. Quyida AQSH, Finlandiya, Singapur tajribalari bilan tanishamiz:: AQSh tajribasi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida tanqidiy tafakkur ta’limning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Maktablarda “muammoli o‘qitish” (problem- based learning) keng qo‘llaniladi. Bu usulda o‘quvchilarga real hayotdagi muammolar taqdim etiladi va ular mustaqil guruhlarda muhokama qilib, turli echimlar ishlab chiqadilar. Shuningdek, “loyiha asosida o‘rganish” (project-based learning) orqali o‘quvchilar izlanish olib boradilar, dalillarga asoslangan fikr bildiradilar. Shu bilan bir qatorda AQSHda o‘quvchilarda chuqur tanqidiy tafakkurni rivojlantirish uchun Visible Thinking Routines, Thinking Maps singari o‘quv dasturlaridan ham keng foydalaniladi. Finlandiya tajribasi. Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda eng ilg‘or tizimlardan biri hisoblanadi. Bu yerda o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of developing critical thinking among primary school students and examines effective methods based on the experiences of foreign countries (USA, Finland, Singapore).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of developing critical thinking among primary school students and examines effective methods based on the experiences of foreign countries (USA, Finland, Singapore). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, critical thinking, foreign experience, problem-, Singapur tajribasi, xorijiy tajriba, P4C dasturi., Finlandiya modeli, mustaqil fikrlash, tanqidiy tafakkur, boshlang‘ich ta’lim, muammoli o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025