К содержанию
РецензированоUZ2025

AZIZ QAYUMOVNING NAVOIY VA BOBURGA BAG’ISHLANGAN ASARLARIDA MATNSHUNOSLIKDAGI ILMIY YONDASHUVLAR

SCIENCE SHINE · Bekmurodova Taxmina · Ключевые слова: Азиз Каюмов · Алишер Навои · Захириддин Мухаммад · Keywords: Aziz Qayumov · Alisher Navoi · Zahiriddin Muhammad Babur

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada akademik Aziz Qayumovning o‘zbek adabiyotshunosligidagi matnshunoslik tamoyillari tahlil qilinadi. Xususan, uning “Ishq vodiysi chechaklari” (1985) va “Farhod va Shirin sirlari” (1979) nomli monografiyalari Alisher Navoiy asarlarini badiiy-estetik va falsafiy jihatdan tahlil qilishda yangi metodologik yondashuv namunasi sifatida baholanadi. Qayumov bu asarlarda so‘z tushunchasini markaziy nuqtaga olib chiqadi, qahramon obrazlari orqali insoniy kechinmalar va ijtimoiy masalalarni sharhlaydi, matn va muallif shaxsiyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy asosda ochib beradi. Shuningdek, “Zahiriddin Muhammad Bobur (Shoir hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim lavhalar)” (2008) risolasida Boburning “Boburnoma”si asosida tarixiy-biografik va badiiy- psixologik rekonstruksiya metodi orqali shoirning ruhiy olami va estetik tafakkurini tahlil qiladi. Mazkur maqolada Aziz Qayumov ilmiy maktabining asosiy xususiyatlari — konsepsiyaviy tahlil, shaxs va matn dialektikasi, poetik tafsir va tarixiylik uyg‘unligi keng yoritiladi. Kalit so‘zlar : Aziz Qayumov, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, o‘zbek matnshunosligi, badiiy-estetik tahlil, konsepsiyaviy yondashuv, muallif shaxsiyati, tarixiy-biografik metod, poetik tafsir, ilmiy maktab. Ключевые слова: Азиз Каюмов, Алишер Навои, Захириддин Мухаммад Бабур, узбекская текстология, художественно-эстетический анализ, концептуальный подход, личность автора, историко-биографический метод, поэтическая интерпретация, научная школа. Keywords: Aziz Qayumov, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad Babur, Uzbek textology, artistic-aesthetic analysis, conceptual approach, author’s identity, historical-biographical method, poetic interpretation, scientific school. Aziz Qayumovning “Ishq vodiysi chechaklari” asari. Aziz Qayumovning 1985 yilda chop etilgan "Ishq vodiysi chechaklari" nomli kitobi nafaqat Alisher Navoiy ijodini badiiy–estetik tahlil qilish, balki klassik matnlarni zamonaviy ilmiy tamoyillar asosida sharhlashga bo‘lgan birinchi yirik tajribalaridan biridir. Bu 224 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 asar olim ilmiy maktabining matnshunoslikdagi metodologik tamoyillarini yaqqol aks ettiradi. Aziz Qayumov Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidagi sakkiz boblik boshlang‘ich qismini tahlil qilarkan, ularning an’anaviy diniy–axloqiy mazmundan tashqari, ijtimoiy va tafakkuriy mazmunini ochib beradi. U “yaratuvchi va rasul taʻrifi”dan so‘ng, badiiy ijod vakillarini sultonlardan ustun qo‘yilishini Navoiyning dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlar tizimi sifatida – talqin etadi. Kitobda "so‘z" tushunchasi atrofida yurgizilgan mulohazalar – so’zning ruhiy, falsafiy va badiiy mohiyati haqida olimning yondashuvi o‘ta chuqur. U so’zni “ma’no tangalarini zarb qilinadigan zarbxona” deb tasvirlaydi va Navoiyda bu tushuncha qanday shakllanganini, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy orqali qanday boyiganini ko‘rsatadi. Aziz Qayumov Qays va Layli obrazlarini an’anaviy ishqiy qahramonlar emas, balki ijtimoiy adolatsizlik, insoniy sevgi va ichki kechinmalar timsoli sifatida ochib beradi. Ayniqsa, Qaysning ishq daryosida “tentirashi” orqali muallif shaxsiy fojia bilan umumiy jamiyat fojiasini uyg‘unlashtiradi. Olim Navoiy asarlaridagi ba’zi motivlar, xususan “ishq vodiysi”, “muhabbat dardi”, “musofirlik” kabi elementlar orqali muallif shaxsi va ijodiy kechinmalarini izlaydi. Bu bilan u badiiy matn va muallif shaxsiyatini parallel o‘qish usulini joriy qiladi, bu esa zamonaviy matnshunoslikda muhim yondashuv hisoblanadi. “Ishq vodiysi chechaklari” orqali Aziz Qayumov matnshunoslikka faqat faktik ma’lumot yoki manba taqqoslash emas, balki konsepsiyaviy tahlil – ya’ni matnning ichki falsafasini tahlil qilish usulini olib kirgan. Bu jihatdan, asar olim ilmiy laboratoriyasining mustaqil, integral, izchil va falsafiy yondashuvini aks ettiradi. Aziz Qayumovning “Farhod va Shirin sirlari” (1979) asari. Olimning ushbu asari Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi “Farhod va Shirin” dostoniga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy–tahliliy, poetik va falsafiy yondashuvlarda yozilgan. Asarda dostonning barcha asosiy boblari, xususan, muqaddimasi, qahramonlar tafsifi, mazmun–falsafasi chuqur sharhlanadi. Muqaddimada doston arabiy va o‘zbekcha baytlar bilan boshlanishi Xuroson maktabi va Navoiyning ilmiy–diniy bilimlari asosida talqin qilinadi. “Ma’nolar eshigi”, “so‘z kaliti”, “fitrat xazinasi” kabi obrazlar orqali so‘z san’ati, ilhom va ijod erkinligining Navoiy tafakkuridagi o‘rni ochib beriladi. Inson yaratilishi, uning qadri va irodasi haqidagi falsafiy mulohazalar orqali Navoiyning tasavvufiy va insonga e’tiborli qarashlari yoritiladi. Inson taqdirining 225 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 yozilganligi va iroda erkinligi mavzulari poetik shaklda, ammo qat’iy ilmiy–falsafiy asosda tahlil qilinadi. Asarda Farhod, Shirin, Xisrav, Shoh, Shopur va boshqa personajlar haqida muallif manba va matn as

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada akademik Aziz Qayumovning o‘zbek adabiyotshunosligidagi matnshunoslik tamoyillari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada akademik Aziz Qayumovning o‘zbek adabiyotshunosligidagi matnshunoslik tamoyillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aziz Qayumov, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad Babur, Alisher Navoiy, o‘zbek matnshunosligi, tarixiy-biografik metod, muallif shaxsiyati, poetik tafsir, Zahiriddin Muhammad Bobur, konsepsiyaviy yondashuv, ilmiy maktab., badiiy-estetik tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники