К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING METODIK XUSUSIYATLARI

SCIENCE SHINE · QO‘LLASHNING METODIK XUSUSIYATLARI · Abdullayeva Risolat

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘yinli texnologiyalarni qo‘llashning metodik xususiyatlari, ularning ta’limva uning samaradorligiga ta’siri, metodik yondashuvlari va real dars jarayoniga integratsiyasi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘yinli yondashuvni takomillashtirish ham muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: o‘yinli texnologiyalar, metodik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, motivatsiya, gamifikatsiya, innovatsion metodlar. Hozirgi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar o‘qitish uslublarini zamonaviylashtirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida ta’lim samaradorligini oshirishda o‘yinli texnologiyalarning o‘rni juda beqiyosdir. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘yin asosida o‘rganishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar ularning fanlar va fanlarni o`rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. O‘yinli texnologiyalarning mohiyati va ahamiyati O‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonida nafaqat ko‘ngilochar vosita sifatida, balki metodik asosga ega ta’limiy vosita sifatida e’tirof etiladi. O`yinli texnologiyalar orqali o‘quvchilar ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni mustaqil hal qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantiradilar. O‘yin — bu inson faoliyatining tabiiy hamda ijtimoiy ko‘rinishidir, unda qatnashuvchilar belgilangan qoidalar asosida harakat qilib, o‘z malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ijodiy tafakkurini ishga soladi, his-tuyg‘ularini namoyon qiladi va aksariyat hollarda bu faoliyat ko‘ngil ochish bilan yakunlanadi. O‘yinli texnologiyalar — bu ta’lim jarayoniga o‘yin asosidagi elementlarni joriy etish orqali darsni qiziqarli, interaktiv va samarali tarzda tashkil etishga qaratilgan metodik yondashuvdir. Bu texnologiya o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish bilan birga, ularni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Mashhur pedagog Seymur Papert konstruksionizm nazariyasida inson tajriba orqali eng yaxshi o‘rganishini ta’kidlaydi. Shuningdek, Jeyms Pol Gi o‘yinlarning 202 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 chuqur o‘rganishdagi o‘rnini alohida ta’kidlab, yaxshi ishlab chiqilgan o‘yinlar tanqidiy fikrlashni rivojlantirishini isbotlagan. O‘yinli texnologiyalarni dars jarayoniga qo‘shishda quyidagi metodik elementlar muhim: o Maqsadga yo‘naltirilganlik: O‘yin aniq ta’limiy maqsadga xizmat qilishi kerak. o Didaktik samaradorlik: Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. o Qiziqarlilik: O‘yin o‘quvchini jalb etib, motivatsiyani oshirishi kerak. o Qayta aloqa: Natijalarni tahlil qilish imkoniyati bo‘lishi lozim O‘yinli texnologiyalarni boshlang‘ich fanlarga integratsiyalash juda muhim va u quyida siz real dars namunasini ko`rishingiz mumkin: Dars mavzusi: “Ko‘paytirish va bo‘lish amallarini mustahkamlash” Fan: Matematika O‘yin nomi: Matematik poyga Vazifalar: Guruhlarga bo‘lib, misollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Har bir to‘g‘ri javob “1 qadam” hisoblanadi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan guruh g‘alaba qozonadi. Bu o`tkazilgan o`yin natijasi quyidagicha bo’ladi: O`quvchilarda raqobat orqali motivatsiya ortadi. Mustahkamlash darsi bo`lganligi sababli o’quvchilar o`tilgan mavzu bo`yich bilimlarini mustahkamlanadi.Bolalarda jamoa va jamoada ishlash va hamkorlik kompetensiyalari rivojlanadi. Quyida siz o’yinli texnologiyalar darsda qanchalik samarali ekanligini Xorazm viloyati Gurlan tumanida o`tkazilgan tajriba orqali ko`rishingiz mumkin: Bu tajriba uchun ikkita sinf tanlandi. Tajribaviy sinf va nazorat guruhi. Tajribaviy sinf: Oyinli texnologiyalar orqali dars o`tiladi. Nazorat sinfi: An’anaviy usulda dars olib boriladi. Ko’rsatkich Tajribaviy sinf Nazorat sinfi Darsda o`quvchilar 90% 68% faolligi Mustaqil ishlash 85% 60% ko`nikmasi Qiziqish darajasi Yuqori O’rtacha Baholash natijalari 4,5 (o`rtacha) 3,4 (o’rtacha) 203 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 O`yinlli texnologiyalarni ta`lim tizimida qo’llash yuqori samaradorlik bilan bir qatorda qo`llash jarayonida turli xil qiyinchiliklar bo`lishi mumkin. o Birinchi qiyinchilik bu yuqori sifatlga ega bo`lgan o‘yin materiallari yetishmasligi; o Ikkinchi qiyinchilik esa o‘qituvchilarning yetarli tayyorgarlikka ega emasligi. Bu kabi muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchilar,va boshqa soha egalari ya’ni dasturchilar va tadqiqotchilar o’rtasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda sun’iy intelekt kundan kunga rivojlanib bormoqda. Kelajakka nazar tashlaydigan bo`lsak sun’iy intellekt yanada rivojlanishi va sun’iy intelekt yordamida individual o‘yin rejimlari, blokcheyn orqali yutuqlarni kuzatish va o‘yinga asoslangan baholash tizimlari yaratilishi kutilmoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘yinli texnologiyalar boshlang‘ich ta’limda nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkazilgan amaliy k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘yinli texnologiyalarni qo‘llashning metodik xususiyatlari, ularning ta’limva uning samaradorligiga ta’siri, metodik yondashuvlari va real dars jarayoniga integratsiyasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘yinli texnologiyalarni qo‘llashning metodik xususiyatlari, ularning ta’limva uning samaradorligiga ta’siri, metodik yondashuvlari va real dars jarayoniga integratsiyasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion metodlar., metodik yondashuv, gamifikatsiya, motivatsiya, : o‘yinli texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники