К содержанию
РецензированоRU2025

DUNYO XALQLARI MIFLARI: TUSHUNCHA VA MAZMUN MOHIYATI

SCIENCE SHINE · Aliqulova Manzura Ravshan qizi · Karimova Zilola Ulug’bek qizi (Shahrisabz davlat pedagogika institute 1-bosqich talabasi)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В данной статье представлены взгляды на мифологию. Даны объяснения основных видов мифов – первобытных, небесных, антропогенных, культовых, этногенетических, календарных и эсхатологических мифов. Kalit so’zlar: Mif,ibtidoiy, samoviy, sig’inish, ilohlar,mifologik,xudolar, yaxshilik va yomonlik, yunon mifologiyasi Keywords: Myth, primordial, celestial, cult, gods, mythological, deities, good and evil, Greek mythology. Ключевые слова: Миф, первобытный, небесный, культ, боги, мифологический, божества, добро и зло, греческая мифология. Mif (yunoncha. ―mythos — afsona, rivoyat, asotir) — qadimgi odamlarning borliq, olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Mif qadimgi odamning voqelikka boʻlgan ongsiz munosabati ifoda etgan boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Qadimgi odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli, ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Miflar quyidagi turlarga boʻlinadi: 168 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 1) ibtidoiy miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi miflar); 2) samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar) 4) sigʻinish miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, masalan, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi miflar); 5) etnogenetik miflar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador miflar; masalan, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi mif); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq miflar, masalan, ayamajuz, ahman-dahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar); 7) esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi, masalan, oxirzamon toʻgʻrisidagi mif). Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qadimgi miflar badiiy tafakkurning shakllanishida muhimrol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi miflarning asosiy qismi soʻz sanʼatining turli janrlariga singib ketgan. O'rta Osiyo xalqlari dunyodagi boshqa xalqlar qatori o'zlarining eng qadimgi va boy madniyatiga, adabiy tarixiga ega. Grek, Xind, Xitoy, Arman tarixchilarining, Rus va Evropa olimlarining asarlarida O'rta Osiyo xalqlarining qadimgi madniyati va og'zaki ijodi to'grisida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. O'rta Osiyo xalqlarining madaniyatini, og'zaki ijodini o'rganishda rus olimalridan A.A.Kushakevich, N.Lyapunova, V.Vasilev, E.F.Kal, A.A.Divaev, A.N.Samoylovich, V.V.Rallov, V.V. Bartold, N. Volniskiy, N.P.Ostoumov kabilarning xizmatlari kattadir. Y.G'ulomov, V.Shishkin va S.P.Tolstov kabi mushxur arxeolog olimlarning O'zbekiston territoriyasida olib brogan arxeologik qidiruv ishlari ham xalqimizning eng qadimiy va boy madaniy merosga ega bo‗lganligini ko'rsatadi. Arxeologik qazilmalar natijalari eramizdan avvalgi minginchi yillardayoq bu hududlarda odamlar istiqomat qilganliklarini isbotlaydi. Eramizgacha bo'lgan O'rta Osiyoda (Xorazm, Amudaryo, Zarafshon vohalarida) yashagan xalqlarning tili, urf-odatlari va madaniyati bir- biridan katta farq qilmagan. O'rta Osiyo hududida yashagan qabilalarning bir qismi ko'chmanchilik bilan hayot kechiradigan bo'lsa, ikkinchi bir qismi o'troq holda yashagan. Ko'chmanchilik bilan hayot kechirganlari chorvachilik va ovchilik bilan shug'ullangan bo'lsalar, o‗troq holda yashaganlari dehqonchilik, hunarmandlik bilan mashg'ul bo'lganlar. 169 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Davrlar o'tishi bilan xalq sun'iy sug'orish, inshoot ishlarini keng yo‗lga qo‗ya boshlagan. Ibtidoiy kishi tasavvurida tabiatda unga do'st va dushman bo'lgan ikki xil kuch mavjud. Ana shu tasavvur zaminida turli miflar, afsonalar paydo bo'lgan. Bu haqida A.M.Gorkiy so'zlagan nutqida quyidagilarni aytgan edi: ―Qadimgi ertaklar, miflar va afsonalarning ma'lum ekanligiga shubha qilmayman, ammo men bu ertak, mif va afsonalarning asosiy mag'zini chuqurroq tushunishni istardim. Bularning asosiy g'oyasi qadimgi davrlardagi mehnat kishilarning yukini engillashtirishga, ularning ish unumini oshirishlariga, to'rt oyoqli va ikki oyoqli dushmanlariga qarshi qurollanishlariga hamda so'z kuchi-―avrash‖, ―afsun‖

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлены взгляды на мифологию.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлены взгляды на мифологию. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Myth, primordial, celestial, cult, gods, mythological, deities, good, yunon mifologiyasi, Mif, ibtidoiy, yaxshilik va yomonlik, xudolar, mifologik, ilohlar, samoviy, sig’inish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники