Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA HAYOTIMIZDA UNGA BO‘LGAN EHTIYOJLAR
SCIENCE SHINE · Arslonova Gulsanam Sa‘dullo qizi · Arifjonova Lolaxon Zavqiddin qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va inson hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar va internetning kundalik hayotimizga ta’siri, axborot almashinuvi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, axborotlashgan jamiyatning ta’lim, tibbiyot, biznes va davlat boshqaruvidagi roli ham ko‘rib chiqiladi. Maqola jamiyat a’zolarining raqamli savodxonligini oshirish hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning ahamiyatini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar:Axborotlashgan jamiyat, raqamli texnologiyalar, internet va sun’iy intellekt, axborot almashinuvi, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli savodxonlik,ta’lim, tibbiyot, biznes, davlat xizmatlari, muloqot, ma’lumot almashinuvi, texnologik innovatsiyalar, ish o‘rinlari, kundalik hayot qulayligi. Aslida bu tushunchani o‘rgangan olimlar uni hayotimizda qanday rol o‘ynashini isbotlab o‘tishgan, bunga misol qilib bir qancha olimlarni ayta olamiz. Axborotlashgan jamiyat tushunchasini fanga kiritgan olim Alvin Toffler. U o‘zining "Uchinchi to‘lqin" (1990) asarida axborotlashgan jamiyatni sanoat jamiyatidan keyingi bosqich sifatida tasvirlab, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida axborot texnologiyalarini ko‘rsatgan.Biz bilamizki, qaysi davlatning texnologiyalari kuchli bo‘lsa, o‘sha davlatdagi ko‘p sohalar boshqalarnikiga qaraganda yashiroq rivojlangan va ular bundanda rivojlanishga harakat qilib axborotlashgan jamiyat tushunchasini o‘zlashtirishyapdi. Shuningdek, Manuel Castells ham axborotlashgan jamiyat tushunchasini rivojlantirgan olimlardan biridir. U o‘zining "Axborot jamiyati" (1996) asarida axborot texnologiyalarining global miqyosda jamiyatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlariga ta’sirini tahlil qilgan. Bu tushuncha tahlilidan kelib chiqadiki,texnologiyalar har bir davlatning kelajagini belgilaydi chunki, hozirgi kunda ko‘pchilik odamlar zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga harakat qilmoqda ya‘ni odamlar ularni sotib olish yoki shu zamonaviy 160 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 texnologiyalar sababli boshqa davlatga ketishmoqda va bu albatta, davlatga ijtimoiy, siyosiy tarafdan yordam beradi.Castellning yana bir fikriga ko‘ra axborotlashgan jamiyat dunyodagi odamlarni savodxonlikka yetaklashi mumkin chunki, biz bilamizki bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarda foydalanganlar bugungi zamon talabiga mos keladigan dasturlar orqali ko‘plab bilimlarga erishmoqda. Bundan tashqari, oddiy holda ham zamonaviy texnologiya orqali axborotlar yokida kerakli ma‘lumotlarni olish juda oson va qulay.Castellsning yana bir fikriga ko‘ra, axborotlashgan jamiyatda bilim va axborotning ta’siri juda katta bo‘lib, bu faqat texnologik inqilob bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga olib keladi. Castells yana bir fikriga to‘xtalsak, bu tushunchani ma‘nosini yanada chuqurlashtiramiz.Raqamli texnologiyalar madaniyatni o‘zgartirishda asosiy rol o‘ynaydi, chunki internet va mobil texnologiyalar orqali yangi madaniy shakllar paydo bo‘lmoqda. Bu texnologiyalar madaniy ifodalarni tez tarqatishga, turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida yangi kommunikatsiya usullarini yaratishga yordam beradi. Madaniyat va ma’lumotlar tez va keng tarqalishi, yangi generatsiyaning madaniyatga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi. Castells, ayni paytda, bu o‘zgarishlarning faqat ijtimoiy aloqalar va madaniyatni kengaytirish bilan cheklanmasdan, ijtimoiy tengsizliklarni ham kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.Oldin aytilganidek, bugungi kunda axborotlashgan jamiyat hayotimizning har bir sohasiga kirib bormoqda va uni rivojlantirishga bir qancha qulayliklar qo‘shishga ulgurdi. Bu gapga misol qilib ingliz yozuvchisi Arnold Toynbini gaplarini olsak bo‘ladi: U o‘zining "Tarixning o‘rganilishi" asarida, jamiyatlarning rivojlanishini boshqaradigan eng muhim omil sifatida madaniy va texnologik inqiloblarni ko‘rdi. U axborotning tez tarqalishi va yangi bilimlarning jamiyat rivojiga ta’sirini tan olishni muhim deb bilgan. Toynbi, jamiyatlar axborot va madaniyatni o‘zlashtirish orqali yangi bosqichlarga o‘tishini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, axborotlashgan jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi, shuningdek, uning yangi bilim va texnologiyalarni o‘z ichiga olgan innovatsion qarorlar qabul qilishga tayyorligiga olib keladi. Bugungi kunda biz turli xil texnologiyalar orqali kundalik hayotimizniri rivojlantirishimiz va yaxshilashimiz mumkin. Ya‘ni biz turli xil texnologiyalardan foydalanib bu ishlarni amalga oshiramiz. Masalan, telefon, kompyuter, kir yuvish mashinasi,muzlatgich,changyutgich va hakoza.Marshall McLuhan — mashhur kanadalik kommunikatsiya olimning fikriga ko‘ra, telefon va boshqa kommunikatsiya vositalarini "kengaytirilgan a’zolar" deb atagan. McLuhanning fikriga ko‘ra, telefon va boshqa texnologiyalar insonni fizikaviy chegaralarini 161 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Iss
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va inson hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada axborotlashgan jamiyat tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va inson hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biznes, elektron hukumat, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, ta’lim, axborot almashinuvi, Axborotlashgan jamiyat, tibbiyot, texnologik innovatsiyalar, davlat xizmatlari, ish o‘rinlari, muloqot, ma’lumot almashinuvi, raqamli savodxonlik, kundalik hayot qulayligi., internet va sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025