К содержанию
РецензированоUZ2025

“RUBOIYOT” JANRI O`ZBEK KOMPOZITORI TALQINIDA (Farrux Akramovning “Ruboiyot” nomli vokal turkumi misolida)

SCIENCE SHINE

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ruboiyot janrini o‘zbek kompozitorlar o‘z asarlarida qo‘llagani, oʻzbek kompozitorlik maktabining yosh namoyondalaridan biri bo‘lgan Farrux Akramovning ijodiy yo‘li va unda ruboiyot janrining ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Kompozitorning “Ruboiylar” nomli vokal turkumi mazmun, umumiy musiqiy tili kompozitsion tuzilishi kabi jihatlarga ahamiyat qaratildi. Kalit soʻzlar: ruboyiyot, vokal turkum, romans, garmoniya, lirik, sillabik. Аннотатция: В данной статье рассматривается использование жанра рубайи в произведениях узбекских композиторов, творческий путь одного из молодых представителей узбекской композиторской школы Фарруха Акрамова и значение жанра рубайи в его творчестве. Особое внимание уделено содержанию, музыкальному языку и композиционной структуре вокального цикла композитора под названием «Рубайи». Ключевые слова: рубайят, вокальный цикл, романс гармония лирик силлабик Annotation: This article discusses the use of the rubai genre in the works of Uzbek composers, the creative path of Farrukh Akramov, one of the young representatives of the Uzbek composer school, and the significance of the rubai genre in his work. Special attention is given to the content, musical language, and compositional structure of the composer’s vocal cycle titled "Rubaiyat." Key words: ruboyiyot,vocal cycle, romance, garmony, sillabik Oʻzbek kompozitorlari ijodida ruboiyot janriga murojaat etish anʼanasi asosan XX asrning ikkinchi yarmida kuchaygan. Bu davrda oʻzbek bastakorlik maktabi shakllanib, mumtoz sheʼriyatga asoslangan musiqiy asarlar yaratish rivojlana boshladi. Ruboiy janrining ohangdorligi va falsafiy mazmuni kompozitorlarni ilhomlantirib, turli janrlarda – romans, qoʻshiq va kamer-musiqiy asarlarda oʻz aksini topdi. Masalan, kompozitor Mutal Burxanov Alisher Navoiy, Umar Xayyom, ruboiylariga juda qiziqqan va shu ruboiylarga kuylar bastalagan, F.M Yanov- 150 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Yanovskiyning Umar Xayyom ruboiylariga yozgan “Ruboiylar” asari, bundan tashqari Mustafo Bafoyevning Alisher Navoiy ruboiylariga asoslangan bariton ovozi va kamer orkestri uchun “Besh ruboiy” asari, A.Ansoriyning to‘qqizta ruboiyisiga yakkaxon, ud va orkestr uchun “Najotiya” nomli vokal turkumi, Ibn Sino yettida ruboiysiga “Freski” nomli poema asarlarini yaratgan. Ruboiyot janriga murojaat qilish o‘zbek musiqasida Sharq mumtoz anʼanalarini saqlab qolish va yangicha talqinda ifodalashga xizmat qildi Ko‘pgina kompozitoirlar ruboiyotga murojatida shakl jihatidan turkumli shakl qonuniyatlariga murojaat qilishadi Turkumli shaklda bir nechta mustaqil qismlar birlashtiriladi, shaklning qismlarini xuddi mustaqil pyeasalar kabi ijro etish mumkin. Bunda qismlar orasida pauzalar, sezuralar, toʻxtalmalar uchraydi. Ba’zi vaqtlarda qismlar ketma-ketligi toʻxtalmasiz ham boʻladi va qismlari reprizasiz shakllar kabi boshqa takrorlanmaydi. Turkumli shakllar ichida yagona mazmunni ifodalaydigan romanslar to‘plamidan tashkil topgan turi mavjud. Ba`zi kompozitorlar bir nechta romaslarni yagona nomdagi turkumga birlashtiradilar40. Bu holatni biz o‘zbek kompozitorlarida xam uchratishimiz tabiiy. Musiqada romans – kamer musiqa janri, cholgʻu joʻrligida yakkaxon xonanda ijrosiga moʻljallangan musiqiy she’riy asar. Unda odatda sevgi, tuyg‘ular va ichki kechinmalar tasvirlanadi. Romanslar odatda bir ovozli vokal (yakkaxon ovoz) va musiqa cholg‘u asbobining yoki jo‘rligida ijro etiladi. Bu janr asosan Yevropa musiqa madaniyatiga xos bo‘lib, rus, ispan, fransuz va boshqa xalqlar musiqasida alohida rivojlangan. Hozirgi kunda bu janr yosh kompozitorlar ham ijodini chetlab oʻtmadi. Ayniqsa bu romans janrini ruboyiyotlar bilan uygʻunlashtirish oʻzbek kompozitorlik maktabining yosh nomoyondalaridan biri Farrux Akramov ijodida kuzatishimiz mumkin. Uning asarlarida nafaqat milliy an’analarimiz va yangicha talqindagi shakllarni ham uchratishimiz mumkin. Kompozitor badiiy she’rlarga, ruboyiyotlarga qiziqqish va asar yozishda ularga murojat qilish o‘zini ustozi kompozitor F.M Yanov- Yanovskiy asarlaridan ilhomlangan. Umar Xayyom ruboiylariga tenor va fortepiano uchun yozilgan “Ruboyiyot” vokal turkumi Farrux Akramovning ko’zga ko’ringan, samarali ijod qilingan yirik asarlaridan biridir. Turkum o’z ichiga beshta romansni qamrab oladi. Bu romanslar mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin. 40 Romans – ispan tilidan tarjima qilganimizda “romanice” ya’ni romancha, roman tiliga oid man’nolarini beradi. Bu janr dastlab adabiyotda shakllandi, keyinchalik esa musiqaga kirib keldi. 151 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 Turkumning birinchi romansi band shaklida, ya’ni to’rtta misradan iborat ruboiyga kuy yozilgan. Ruboiyning ma’nosiga ahamiyat beradigan bo’lsak, mazmun jihatidan falsafiy chuqur ma’noga ega, ya’ni unda dunyoda hechkim abadiy emasligi va insonlarning tengligini mahoratli aks ettirgan. Keksa yosh hayotga harkimki yeta

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ruboiyot janrini o‘zbek kompozitorlar o‘z asarlarida qo‘llagani, oʻzbek kompozitorlik maktabining yosh namoyondalaridan biri bo‘lgan Farrux Akramovning ijodiy yo‘li va unda ruboiyot janrining ahamiyati…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ruboiyot janrini o‘zbek kompozitorlar o‘z asarlarida qo‘llagani, oʻzbek kompozitorlik maktabining yosh namoyondalaridan biri bo‘lgan Farrux Akramovning ijodiy yo‘li va unda ruboiyot janrining ahamiyati… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ruboyiyot, vocal cycle, romance, garmony, sillabik, vokal turkum, romans, lirik, sillabik., garmoniya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники