Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
DUNYO XALQLARI MADANIYATIDAGI UMUMIYLIK VA FARQLAR
Beknazarova Lobar Baxtiyor qizi · Absattorova Feruza G’anisher qizi
Свет науки · 1 · 2026
Аннотация
This article analyzes the role and impact of virtual games in students’ education. The author highlights the positive aspects of games—such as increasing motivation, enhancing critical thinking, and improving social skills. At the same time, the article addresses negative effects like distraction, increased aggression, and disconnection from real life. It emphasizes the benefits of proper use of gamification in education and the importance of collaboration between educators and technology 203 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 specialists. The main conclusion is that, when approached correctly, virtual games can become powerful assistants in education rather than competitors. Keywords: virtual games, student achievement, educational technology, gamification, digital learning, motivation, critical thinking, social skills. Kirish: So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga chuqur kirib keldi. Ayniqsa, yoshlar orasida virtual o‘yinlar keng ommalashib, ularning kundalik hayotiga, xulq-atvori va bilim olish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Dastlab faqat hordiq chiqarish vositasi sifatida qaralgan o‘yinlar bugun murakkab algoritmlar, psixologik modellar va ta’limiy komponentlar bilan boyitilgan. Shu bois virtual o‘yinlar faqat salbiy oqibatlar emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ilmiy fikrlar shakllanmoqda. Ushbu maqolada virtual o‘yinlarning o‘quvchilar muvaffaqiyatiga ta’siri, gamifikatsiya jarayonining o‘rni va bu holatning zamonaviy ta’limga ta’siri tahlil qilinadi. Mavzu dolzarbligi o‘quvchilarning raqamli vositalardan to‘g‘ri foydalanishini yo‘lga qo‘yish zarurati bilan bog‘liq. Asosiy qism: Virtual o‘yinlar ko‘pincha faqat bo‘sh vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida qaralsa-da, ularning o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri ham sezilarli. Tadqiqotlarga ko‘ra, mantiqiy fikrlash, tez qaror qabul qilish, muammoni hal etish kabi ko‘nikmalar aynan strategik va rolli o‘yinlar orqali shakllanadi (Anderson & Rainie, 2021). Bundan tashqari, til o‘rganish, jamoaviy ishlash va o‘zini ifoda etish ko‘nikmalari ham ko‘p foydalanuvchili onlayn o‘yinlarda shakllanadi. Shuningdek, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishda virtual o‘yinlar samarali bo‘lishi mumkin. Masalan, qiyinchiliklarni yengib o‘tish, mukofotlarga erishish, o‘zlashtirilgan darajalar orqali o‘zini baholash imkoniyatlari ularni faol harakatga undaydi. Biroq, virtual o‘yinlarning nazoratsiz va haddan tashqari ko‘p ishlatilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. O‘quvchilarda darsga e’tibor kamayishi, uyqu buzilishi, ijtimoiy ajralish, agressivlik va ruhiy charchoq holatlari paydo bo‘lishi mumkin (Lutfiwati, 2018). Agressiv syujetlarga ega o‘yinlar yosh ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, real hayotda ham o‘zini tajovuzkor tutish ehtimolini oshiradi. Shu bilan biega, ko‘p vaqt o‘yin o‘ynash jismoniy faollikning kamayishiga, ko‘z va umurtqa muammolarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘quvchining umumiy salomatligiga tahdid soladi. Gamifikatsiya – o‘yinlarni ta’limga foydali tarzda integratsiya qilish. Zamonaviy ta’lim jarayonida virtual o‘yin elementlarini pedagogik jarayonga kiritish — gamifikatsiya orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Gamifikatsiya – o‘yin mexanizmlarini (ball to‘plash, reytinglar, bosqichlar) ta’limda qo‘llab, o‘quvchilarni faol ishtirokga undash usulidir (Zainuddin et al., 2020). Masalan, matematika yoki til 204 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 o‘rgatishda o‘yinlashgan topshiriqlarni ishlatish orqali o‘quvchilar murakkab mavzularni yengilroq va qiziqarliroq tarzda o‘zlashtiradilar. Biroq bu jarayon ham muvozanatli tashkil etilishi zarur, aks holda o‘yin asosiy maqsadni soya ostida qoldirishi mumkin. 2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda tibbiyot va stomatologiya talabalariga histologiya fanini o‘rgatishda Kahoot® platformasi orqali gamifikatsiya usuli qo‘llanilgan. Natijada talabalar o‘rtasida motivatsiya oshgan, bilimlarni eslab qolish yaxshilangan va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlangan. Xulosa: Zamonaviy ta’lim raqamli texnologiyalar ta’sirida keskin o‘zgarib bormoqda. Virtual o‘yinlar esa bu o‘zgarishlarning muhim bo‘g‘iniga aylanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘yinlar to‘g‘ri va me’yorida ishlatilganda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammo yechish ko‘nikmalari, motivatsiyasi va ijodiy salohiyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, haddan tashqari va nazoratsiz foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: darsga qiziqishning pasayishi, ijtimoiy ajralish, ruhiy charchoq va sog‘liq muammolari. Shuning uchun virtual o‘yinlardan foydalanishda muvozanatni saqlash, ularni gamifikatsiya vositasi sifatida ta’limga integratsiya qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. O‘yinlarning ta’limdagi o‘rni doimo yangilanib boray
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role and impact of virtual games in students’ education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role and impact of virtual games in students’ education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual games, student achievement, educational technology, urf-odatlar, globallashuv, madaniy almashinuv, umumiylik., o‘ziga xoslik, an’ana, madaniyat, xilma-xillik
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025