Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK VA INGLIZ MULOQOTIDA HAQORATNING NOVERBAL VOSITALAR ORQALI IFODA ETILISHI
SCIENCE SHINE · AND ENGLISH COMMUNICATION · Xaydarova Mohidilxon Xamidullo qizi
Свет науки · 1 · 23–63 · 2025
Аннотация
Ushbu ilmiy maqola O’zbek va ingliz tillarida haqoratning noverbal vositalar orqali ifoda etilishiga bag’ishlangan. Tadqiqotda haqoratning faqat so’zlar orqali emas, balki harakatlar, tana tili, yuz ifodalari va boshqa noverbal vositalar yordamida qanday ifodalanganligi tahlil qilinadi. O’zbek va ingliz tillarida haqoratli muloqotning noverbal shakllaridagi farqlar va o’xshashliklar o’rganiladi. Maqolada, shuningdek, noverbal haqoratning madaniy konteksti, uning ijtimoiy va psixologik ta’siri, tilshunoslik va kommunikatsiya nazariyasidagi o’rni hamda konfliktlarni tushunishda noverbal vositalarning roli ko’rib chiqiladi. Haqoratli harakatlar va yuz ifodalari kabi non-verbal elementlarning ijtimoiy kontekstga ta’siri ham muhim o’rin tutadi. Tadqiqotda til va noverbal kommunikatsiya o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik aniqlanadi, bu esa tillararo va madaniyatlararo muloqotni yanada chuqurroq tushunishga imkon yaratadi. Maqola, haqoratning nafaqat verbal, balki noverbal shakllarining ham ahamiyatini ko’rsatadi. Kalit so’zlar : haqorat, mimika, jestlar, noverbal muloqot, madaniyat, proksemika, tana tili, okulesika, imo-ishora. Annotation : This scientific article is devoted to the expression of insult in Uzbek and English through nonverbal means. The study analyzes how The Insult is expressed not only through words, but through actions, body language, facial expressions and other nonverbal means. In Uzbek and English, differences and similarities in the nonverbal forms of offensive communication are studied. The article also examines the cultural context of nonverbal bullying, its social and psychological implications, its role in linguistics and communication theory, and the role of nonverbal tools in understanding conflicts. The influence of non-verbal elements such as offensive actions and facial expressions on the social context also plays an important role. The study identifies the interrelationships between language and nonverbal communication, enabling a deeper understanding of cross-language 81 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 and cross-cultural communication. The article shows the importance of insult not only verbal but also nonverbal forms. Keywords: insult, facial expressions, gestures, nonverbal communication, culture, proxemics, body language, oculesis, gestures. Muloqot – bu insonlarning o’zaro fikr almashishi va ijtimoiy aloqalar o’rnatish jarayonidir. Muloqotda nafaqat so’zlar, balki noverbal vositalar, ya’ni tilga aloqador bo’lmagan, lekin ma’no ifodalovchi harakatlar, mimikalar, tana tili kabi elementlar ham muhim o’rin tutadi. Noverbal muloqotning ahamiyati odamlar o’rtasidagi anglashuvni yanada chuqurlashtiradi va ba’zida so’zlardan ko’ra kuchliroq ta’sir o’tkazadi. Ayniqsa, haqoratli so’zlarning noverbal vositalar orqali ifodalanganida, bu nafaqat qizg’in munozaralarga, balki jiddiy ijtimoiy va psixologik natijalarga olib kelishi mumkin20. O’zbek va ingliz tillarida haqoratning noverbal ifodalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, bu esa har bir madaniyat va til tizimining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq. O’zbek madaniyatida haqoratning ifodalanishi ko’pincha bevosita so’zlar bilan bog’liq bo’lsa-da, ingliz tilida esa noverbal vositalar (masalan, yuz ifodalari, qo’l harakatlari) orqali bu haqoratlar yanada o’ziga xos tarzda ifodalanishi mumkin. Noverbal vositalar haqoratni kuchaytiradi yoki yumshatishi mumkin, bu esa tilshunoslik va madaniyatshunoslikda alohida o’rganishga arziydi 21. Mazkur ilmiy maqola O’zbek va ingliz muloqotida haqoratning noverbal vositalar orqali ifoda etilishi va bu jarayonning madaniy, psixologik va lingvistik jihatlarini o’rganishga qaratilgan. Tahlil natijalari ikki til o’rtasida haqoratni noverbal vositalar orqali ifodalashda qanday farqlar borligini aniqlashga yordam beradi. Bunda, haqoratning kontekstga bog’liq ravishda qanday o’zgarishi, shuningdek, noverbal vositalarning haqoratli ma’no yukini qanday oshirishi yoki kamaytirishi o’rganiladi. Bunday tahlil muloqotning yanada samarali va aniq bo’lishiga yordam beradi, chunki haqoratli noverbal ifodalar ko’pincha anglashilmagan yoki noto’g’ri talqin qilingan bo’lishi mumkin. Shu sababli, bu tadqiqot muloqotda haqoratni ifodalashning noverbal usullarini o’rganish orqali, bu jarayonning lingvistik va madaniy jihatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. Adabiyot sharhi : Noverbal kommunikatsiya – bu ijtimoiy munosabatlarda muhim o’rin tutuvchi, so’zsiz ifodalar tizimidir. Haqoratning neverbal vositalari 20 Ekman, P. (1992). Facial expressions and emotions. In K. R. Scherer, & P. Ekman (Eds.), Handbook of methods in nonverbal behavior research (pp. 23–63). Cambridge University Press. 21 Argyle, M. (1988). Bodily Communication. Routledge. 82 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025 millatlar va madaniyatlarga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu maqola o’zbek va ingliz tillaridag
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqola O’zbek va ingliz tillarida haqoratning noverbal vositalar orqali ifoda etilishiga bag’ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqola O’zbek va ingliz tillarida haqoratning noverbal vositalar orqali ifoda etilishiga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insult, facial expressions, gestures, nonverbal communication, noverbal muloqot, imo-ishora., jestlar, proksemika, haqorat, madaniyat, tana tili, mimika, okulesika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025