К содержанию
РецензированоUZ2026

ADOLATLI, IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON OMILINI RIVOJLANTIRISH.

Qurbonnazarova Ziyoda Abdukarim qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Davlat va jamiyat hayotida har bir sohaning o'z o 'rni va ahamiyati bor. Har bir mamlakat o 'z fuqarolari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida islohotlar va yangilanishlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy soha va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy siyosat ham asosiy o'rin egallaydi. Mazkur maqolada bugungi kunda Yangi O'zbekistonimiz rivoji va istiqbolida muhim hisoblangan ijtimoiy siyosat, uni adolatli va oqilona yuritish hamda ushbu siyosatning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar va xulosalar keltirilgan. Kalit soʻzlar rivojlangan mamlakatlar, ijtimoiy siyosat, kategoriya, ijtimoiy makon, inson kapitali, pedagog, reabilitatsiya, mexanizm. Dunyodagi har bir davlat yuksak taraqqiyotga erishish, jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish, fuqarolari uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratib berishni xohlaydi. Buning uchun keng miqyosli islohot va bunyodkorlik ishlarini amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda ham ushbu maqsad ustuvor mavqe kasb etib, davlatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot shunga qaratilgan. Bugun oldimizga katta maqsadlar qo'yib, shunga tomon harakatlanayotgan ekanmiz, bunda jamiyatda mavjud bo'lgan barcha sohaga e'tibor qaratishimiz lozim. Mamlakat taraqqiyotida muhim rol o'ynovchi sohalardan biri bu ijtimoiy soha va u bilan bog'liq ijtimoiy siyosatdir. Ijtimoiy soha ijtimoiy hayotning bare ha muhim qismlarini o'z ichiga olgani bois davlat siyosatida unga katta e'tibor qaratiladi. Muhtaram yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarining "Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" nomli qismida quyidagi fikr keltirilgan: "Yangi O'zbekistonni o'z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo'nalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir"1 . Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun bugun qamrovi keng yangiliklar qilinmoqda. Ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy siyosatning tor ma'nodagi ta'rifi davlatning ma'lum sababga ko'ra ijtimoiy jihatdan nochor bo'lgan va o'zining moddiy holatini o'z kuchlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari yoki qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar, mehnat 20 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference nogironlari hamda kam ish haqi oluvchi ishlovchilar kategoriyalari)ni qo'llab- quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. Ijtimoiy siyosatning keng ma'nodagi ta'rifi jamiyatning barcha a'zolarining ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora- tadbirlari yig'indisidir. Adolatli ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan har bir islohotga adolat nuqtayi nazaridan yondashish, jamiyat qatlamlarining hech qaysisini e'tibordan chetda qoldirmaslik, ularga bir xilda va teng imkoniyat hamda sharoitlarni yaratib berish, jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish va boshqalardan iboratdir. Muhokama va natijalar Yurtimizni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan ko'pgina dasturlarda adolatli ijtimoiy siyosat yuritish bo'yicha rejalar va vazifalar kiritilgan. Masalan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish" deb nomlangan. Mazkur yo'nalishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Inson qadri – davlat siyosatining asosiy mezoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili – O‘zbekistonning ijtimoiy siyosatida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu yondashuvda har bir fuqaro o‘z huquq va imkoniyatlariga ega bo‘lgan teng subyekt sifatida qaralmoqda. Bunga misol sifatida: Ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlar Ijtimoiy adolat — bu jamiyatda barcha uchun teng sharoitlar yaratish demakdir. Bu borada: Soliq tizimining adolatli bo‘lishi; Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikka qarshi kurash; Ayollar va yoshlar siyosati doirasida tenglik prinsipining joriy etilishi muhimdir. Kreativ yondashuv: Masalan, "Sifatli hayot uchun fuqarolik texnologiyalari" (civic tech)ni joriy qilish orqali odamlar bevosita davlat xizmatlarining nazoratida ishtirok etishi mumkin. Bu – ishonchni kuchaytiradi. 3. Inson kapitalini rivojlantirish – uzoq muddatli sarmoyaZamonaviy rivojlanish modeli inson kapitaliga asoslanadi. Taʼlim, sog‘liqni saqlash, psixologik farovonlik – bularning barchasi milliy taraqqiyot darajasini belgilaydi. Yaxshi taʼlim olgan, sog‘lom, intiluvchan insonlar – iqtisodiyotning yangi lokomotividir. Innovatsion misol: “Bir oila – bir startap” modeli orqali aholining har bir qatlamiga o‘z biznesini yaratishga yordam berish mumkin. Bu faqat 21 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online

Доказательный фрагмент

«Davlat va jamiyat hayotida har bir sohaning o'z o 'rni va ahamiyati bor.»

Образец извлечения

Демо-превью

Davlat va jamiyat hayotida har bir sohaning o'z o 'rni va ahamiyati bor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson kapitali, mexanizm., pedagog, ijtimoiy makon, reabilitatsiya, kategoriya, ijtimoiy siyosat, rivojlangan mamlakatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники